Buxoro shahar Kosagaron ko’chasi 30-uy yashovchi O.Azimovga
Nusxasi: Bandlik bosh boshqarmasiga
Sizning Buxoro viloyat prokuraturasi orqali ishga joylashtirish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaatingiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, Siz bilan olib borilgan suhbat jarayonida ma’lumotingiz o’rta ekanligini bildirdingiz.
Sizda markazda mavjud bo’sh ish o’rinlari tanishtirilib, ish taklif qilish jarayonida, Siz hozirgi vaqtda xususiy korxonada IT texnologiyasi bo’yicha mutaxassis vazifasiga ishga joylashganligingizni hamda ishga muxtoj emas ekanligingizni bildirdingiz.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori M.Saidov
Ijrochi: H.Yoshuzoqov
Tel: 221-25-27
Buxoro shahar T.Farog’iy ko’chasi 46-uy 55-xonada yashovchi A.Hasanovga
Nusxasi: Bandlik bosh boshqarmasiga
Sizning Buxoro viloyat Bandlik bosh boshqarmasi orqali ishga joylashtirish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaatingiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, Siz bilan olib borilgan suhbat jarayonida ma’lumotingiz o’rta ekanligini bildirdingiz.
Sizda markazda mavjud bo’sh ish o’rinlari tanishtirilib, quyidagi: viloyat Xalq ta’limi boshqarmasida “elektr ustasi” (oylik maoshi 750 ming so’m), Buxoro Energomarkaz AJda “navbatchi elektrik” (oylik maoshi 1 mln 500 ming so’m), Sharq Temir Beton MCHJda “ishchi” (oylik maoshi 1 mln 500 ming so’m) kabi bo’sh ish o’rinlari taklif qilinganda, Siz mazkur korxona va tashkilotlarda ishlash istagingiz yo’qligini bildirib rad qildingiz.
Sizning “Ishsizlik nafaqa” tayinlash to’g’risidagi murojaatingiz yuzasidan O’zbekistn Respublikasining 2020 yil 20 yanvardagi “Aholi bandligi to’g’risidagi” qonunning 45-moddasiga asosan “taklif etilgan maqbul keladigan ishni ish qidirayotgan shaxs sifatida roʼyxatga olingan kundan eʼtiboran oʼn kun ichida uzrli sababsiz ikki marta rad etgan shaxslar” ishsiz deb e’tirof etilmasligi belgilab qo’yilganligi tushuntirib o’tildi.
Sizda kelgusida ishga joylashish istagi paydo boʼlganda, har oydagi yangilanib boriladigan boʼsh ish oʼrinlari bilan tanishib borishingiz uchun Аholi Bandligiga koʼmaklashish markaziga murojaat qilishingiz mumkinligi yoki Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi “ish.mehnat.uz” sayti orqali oʼzingizga mos va maqbul keladigan ishlar bilan tanishish imkoniyati mavjudligi maʼlum qilindi.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori M.Saidov
Ijrochi: D.Navruzova
Tel: 221-25-27
Buxoro viloyat
Do'stlaringiz bilan baham: |