Buxoro shahar A.Somiy ko’chasi 28-uy 38-xonada yashovchi S.Latipovaga
Nusxasi: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
Buxoro shahridagi Xalq qabulxonasiga
Sizning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi orqali ishga joylashtirish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaatlaringiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, Siz bilan olib borilgan suhbat jarayonida ma’lumotingiz oliy Buxoro Davlat Universitetining “o’zbek tili filologiyasi” mutaxassisligi bo’yicha tugatganligingizni bildirdingiz.
Sizga markazda mavjud bo’sh ish o’rinlari tanishtirilib, quyidagi: Barkamol Avlod Bolalar markazida “uslubchi” (oylik maoshi 1.0 mln so’m), Buxoro Tibbiyot Institutida “kabinet mudiri” (oylik maoshi 950 ming so’m) kabi bo’sh ish o’rinlari taklif qilinganda, Siz mazkur korxona va tashkilotlarda ishlash istagingiz yo’qligini bildirib, rad qildingiz.
Sizda kelgusida ishga joylashish istagi paydo boʼlganda, har oydagi yangilanib boriladigan boʼsh ish oʼrinlari bilan tanishib borishingiz uchun Аholi Bandligiga koʼmaklashish markaziga murojaat qilishingiz mumkinligi yoki Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi “ish.mehnat.uz” sayti orqali oʼzingizga mos va maqbul keladigan ishlar bilan tanishish imkoniyati mavjudligi maʼlum qilindi.
Siz Oʼzbekiston Respublikasining “Аholi bandligi toʼgʼrisida”gi Qonunning 28-moddasiga muvofiq markazda ish qidirayotgan shaxs sifatida roʼyxatga olindingiz.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori M.Saidov
Ijrochi: H.Yoshuzoqov
Tel: 221-25-27
Buxoro shahar Urganjiyon ko’chasi 55-uyda yashovchi Sh.Shodiyevga
Nusxasi: Bandlik bosh boshqarmasiga
Sizning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishonch telefoni” orqali ishga joylashtirish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaatlaringiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, Siz bilan olib borilgan suhbat jarayonida ma’lumotingiz o’rta ekanligingizni bildirdingiz.
Sizga markazda mavjud bo’sh ish o’rinlari tanishtirilib, quyidagi: OFS MChJda “omborchi” (oylik maoshi 1 mln 500 ming so’m), Sharq Temir Beton masulotlari MChJda “betonchi” (oylik maoshi 1 mln 500 ming so’m) kabi bo’sh ish o’rinlari taklif qilinganda, Siz hozirgi kunda norasmiy ravishda maishiy chiqindilarni yig’ish hamda sotish bilan band ekanligingizni bildirib, rad qildingiz.
Sizda kelgusida ishga joylashish istagi paydo boʼlganda, har oydagi yangilanib boriladigan boʼsh ish oʼrinlari bilan tanishib borishingiz uchun Аholi Bandligiga koʼmaklashish markaziga murojaat qilishingiz mumkinligi yoki Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi “ish.mehnat.uz” sayti orqali oʼzingizga mos va maqbul keladigan ishlar bilan tanishish imkoniyati mavjudligi maʼlum qilindi.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori M.Saidov
Ijrochi: D.Navruzova
Tel: 221-25-27
Do'stlaringiz bilan baham: |