Nusxasi: Bandlik bosh boshqarmasiga
Sizning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “veb-sayti” orqali ishga joylashtirish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaatlaringiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, Siz bilan murojaatda ko’rsatilgan telefon raqami (90 512-50-90) orqali olib borilgan suhbat jarayonida ma’lumotingiz o’rta-maxsus Buxoro Neft va gaz kollejining “neft gazni qayta ishlash” mutaxassisligi bo’yicha tugatganligingizni bildirdingiz.
Sizga markazda mavjud bo’sh ish o’rinlari tanishtirilib, ish taklif qilish jarayonida Siz faqatgina o’z mutaxassisligingiz bo’yicha ishga joylashish istagingiz borligini bildirib o’tdingiz.
Sizga o’z mutaxassisligingiz bo’yicha ishga joylashishingiz uchun yirik ishlab chiqarish zavodlariga yoki o’sha hududdagi ABKMga murojaat qilishingiz tushuntirib o’tildi.
Siz Oʼzbekiston Respublikasining “Аholi bandligi toʼgʼrisida”gi Qonunning 28-moddasiga muvofiq markazda ish qidirayotgan shaxs sifatida roʼyxatga olindingiz.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori M.Saidov
Ijrochi: H.Yoshuzoqv
Tel: 221-25-27
Buxoro shahar T.Farog’iy ko’chasi 68-uy 22-xonada yashovchi K.Djamolovga
Nusxasi: Bandlik bosh boshqarmasiga
Sizning Buxoro viloyat Bandlik bosh boshqarmasi orqali ishga joylashtirish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaatlaringiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, Siz bilan olib borilgan suhbat jarayonida ma’lumotingiz o’rta ekanligini bildirdingiz.
Sizga markazda mavjud bo’sh ish o’rinlari tanishtirilib, quyidagi: viloyat Bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazida “yordamchi ishchi” (oylik maoshi 800 ming so’m), Sharq temir-beton mahsulotlari MChJda “ishchi” (oylik maoshi 1 mln 200 ming so’m) kabi bo’sh ish o’rinlari taklif qilinganda, Siz mazkur korxona va tashkilotlarda ishlash istagingiz yo’qligini bildirib, rad qildingiz.
Sizda kelgusida ishga joylashish istagi paydo boʼlganda, har oydagi yangilanib boriladigan boʼsh ish oʼrinlari bilan tanishib borishingiz uchun Аholi Bandligiga koʼmaklashish markaziga murojaat qilishingiz mumkinligi yoki Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi “ish.mehnat.uz” sayti orqali oʼzingizga mos va maqbul keladigan ishlar bilan tanishish imkoniyati mavjudligi maʼlum qilindi.
Siz Oʼzbekiston Respublikasining “Аholi bandligi toʼgʼrisida”gi Qonunning 28-moddasiga muvofiq markazda ish qidirayotgan shaxs sifatida roʼyxatga olindingiz.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori M.Saidov
Ijrochi: D.Navruzova
Tel: 221-25-27
Do'stlaringiz bilan baham: |