Buxoro shahar T.Farog’iy ko’chasi 68-uy 36-xonada yashovchi M.Raxmatullayevaga
Nusxasi: Bandlik bosh boshqarmasi
Sizning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ishonch telefoni” orqali ishga joylashtirishda amaliy yordam so’rab qilgan murojaatlaringiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, siz bilan olib borilgan suhbat jarayonida maʼlumotingiz oʼrta ekanligini bildirdingiz.
Sizga markazda mavjud boʼsh ish oʼrinlari tanishtirilib, quyidagi: Asilbek Nurli kelajak MCHJ da “paket stanok ishchisi” (oylik maoshi 800 ming so’m), Buxoro ko’p tarmoqli bolalar shifoxonasida “yollanma ishchi” (oylik maoshi 900 ming so’m) kabi bo’sh ish o’rinlari taklif qilinganda, Sizni mazkur korxona va tashkilotlardagi oylik mao
shi qanoatlantirmaganligi sababli rad qildingiz.
Sizda kelgusida ishga joylashish istagi paydo boʼlganda, har oydagi yangilanib boriladigan boʼsh ish oʼrinlari bilan tanishib borishingiz uchun Аholi Bandligiga koʼmaklashish markaziga murojaat qilishingiz mumkinligi yoki Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi “ish.mehnat.uz” sayti orqali oʼzingizga mos va maqbul keladigan ishlar bilan tanishish imkoniyati mavjudligi maʼlum qilindi.
Siz Oʼzbekiston Respublikasining “Аholi bandligi toʼgʼrisida”gi Qonunning 28-moddasiga muvofiq markazda ish qidirayotgan shaxs sifatida roʼyxatga olindingiz.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori T.Safarov
Ijrochi: D.Navruzova
Tel: 221-25-27
Buxoro shahar Avshormahalla ko’chasi 43-uyda yashovchi M.Xamroyevga
Nusxasi: Bandlik bosh boshqarmasi
Sizning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi orqali ishga joylashtirish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaatlaringiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, Siz bilan olib borilgan suhbat davomida maʼlumotingiz oʼrta ekanligini bildirdingiz.
Sizga markazda mavjud boʼsh ish oʼrinlari tanishtirilib, “Buxoro Koʼpriklardan foydalanish” UKga markazning №1706401-3-672 sonli yoʼllanmasi asosida yuborildingiz.
Siz tashkilotning joriy yil 23 mart kunidagi №5 son buyrugʼi asosida “yoʼl ishchisi” vazifasiga ishga qabul qilindingiz.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori M.Saidov
Ijrochi: H.Yoshuzoqov
Tel: 221-25-27
Do'stlaringiz bilan baham: |