Buxoro shahar Mustaqillik ko’chasi 76/2-uy 16-xonada yashovchi E.Rajabovaga
Nusxasi: Bandlik bosh boshqarmasi
Sizning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishonch telefoni” orqali ishga joylashish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaatingiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, Siz bilan bilan olib borilgan suhbat davomida maʼlumotingiz oʼrta ekanligini shuningdek hozirgi kunda siz homilador ekanligingizni bildirdingiz.
Sizda kelgusida ishga joylashish istagi paydo boʼlganda, har oydagi yangilanib boriladigan boʼsh ish oʼrinlari bilan tanishib borishingiz uchun Аholi Bandligiga koʼmaklashish markaziga murojaat qilishingiz mumkinligi yoki Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi “ish.mehnat.uz” sayti orqali oʼzingizga mos va maqbul keladigan ishlar bilan tanishish imkoniyati mavjudligi maʼlum qilindi.
Siz Oʼzbekiston Respublikasining “Аholi bandligi toʼgʼrisida”gi Qonunning 28-moddasiga muvofiq markazda ish qidirayotgan shaxs sifatida roʼyxatga olindingiz.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori T.Safarov
Ijrochi: D.Navruzova
Tel: 221-25-27
Buxoro shahar A.Somiy ko’chasi 42-uy 75-xonada yashovchi A.Raxmatovga
Nusxasi: Bandlik bosh boshqarmasi
Sizning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi orqali turmush o’rtog’ingiz Qurbonova Rohilani kasb-hunarga o’qitish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaatlaringiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, Siz bilan murojaatda koʼrsatilgan telefon raqami (33 369-56-89) orqali olib borilgan suhbat jarayonida turmush o’rtog’ingiz R.Qurbonovada II-guruh ko’rish bo’yicha nogironligi borligini bildirdingiz.
Sizga O’zbekiston Respublikasining Aholi bandligi to’g’risidagi qarorining 44-moddasida “Oʼn olti yoshdan to pensiya taʼminoti huquqini olish yoshigacha boʼlgan, haq toʼlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʼulotga ega boʼlmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor boʼlgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʼtishga yoki malakasini oshirishga tayyor boʼlgan, ishga joylashishda koʼmak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʼyxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotganlar mustasno) ishsizlar” deb eʼtirof etilishi shuningdek ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar kasb-hunarga o’qitilishi belgilab qo’yilganligi tushuntirib o’tildi.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori T.Safarov
Ijrochi: H.Yoshuzoqov
Tel: 221-25-27
Do'stlaringiz bilan baham: |