Buxoro shahar A.Jomiy ko’chasi 5-uy 13-xonada yashovchi S.Umedovaga
Nusxasi: Bandlik bosh boshqarmasiga
Sizning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishonch telefoni” orqali Buxoro shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga ishga joylashtirish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaatingiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, Siz bilan murojaatda ko’rsatilgan telefon raqami (91 924-23-78) orqali olib borilgan suhbat jarayonida maʼlumotingiz oʼrta ekanligini bildirdingiz.
Sizga Buxoro shahar Obodonlashtirish boshqarmasi taqdim etgan oʼzining boʼsh (vakant) ish oʼrinlari toʼgʼrisidagi axborot-hisobotida boʼsh ish oʼrni mavjud emasligi tushuntirib oʼtilgan. Sizga markazda mavjud boʼsh ish oʼrinlari tanishtirilib, quyidagi; Buxoro shahar 30-son umumiy o’rta ta’lim maktabida “xizmatchi” (oylik maoshi 800 ming soʼm), VMning 799-son qaroriga binoan “jamoat ishlari ishchisi” (oylik maoshi 826 ming soʼm) kabi boʼsh ish oʼrinlari taklif qilinganda, Siz faqatgina Buxoro shahar Obodonlashtirish boshqarmasida ishlash istagingiz borligini bildirib, taklif qilingan ish oʼrinlarini rad qildingiz.
Sizga Buxoro shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga ishga joylashishingiz uchun har oydagi yangilanib boriladigan boʼsh ish oʼrinlari bilan tanishib borishingiz uchun Аholi Bandligiga koʼmaklashish markaziga murojaat qilishingiz mumkinligi maʼlum qilindi.
O’g’lingiz V.Nikolaev Oʼzbekiston Respublikasining “Аholi bandligi toʼgʼrisida”gi Qonunning 28-moddasiga muvofiq markazda ish qidirayotgan shaxs sifatida roʼyxatga olindi.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori T.Safarov
Ijrochi: H.Yoshuzoqov
Tel: 221-25-27
Buxoro shahar Mustaqillik ko’chasi 74/4-uy 52-xonada yashovchi N.Mironovaga
Nusxasi: Bandlik bosh boshqarmasiga
Sizning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishonch telefoni” orqali oʼgʼlingiz Nikolaev Vladimirni ishga joylashtirish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaati markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, o’g’lingiz V.Nikolaev bilan olib borilgan suhbat jarayonida maʼlumoti oʼrta ekanligini bildirdi.
O’g’lingiz V.Nikolaevga markazda mavjud boʼsh ish oʼrinlari tanishtirilib, quyidagi: Sharq Temir Beton MChJda “ishchi” (oylik maoshi 1 mln soʼm), Jihoz Nur Konstruksiya MChJda “ishchi” (oylik maoshi 1 mln 1 ming soʼm) kabi boʼsh ish oʼrinlari taklif qilinganda, o’g’lingiz V.Nikolaev hozirgi kunda norasmiy ravishda ustachilik faoliyati bilan band ekanligini bildirib, taklif qilingan ish oʼrinlarini rad qildi.
Siz va oila a’zolaringizda kelgusida ishga joylashish istagi paydo boʼlganda, har oydagi yangilanib boriladigan boʼsh ish oʼrinlari bilan tanishib borishingiz uchun Аholi Bandligiga koʼmaklashish markaziga murojaat qilishingiz mumkinligi yoki Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi “ish.mehnat.uz” sayti orqali oʼzingizga mos va maqbul keladigan ishlar bilan tanishish imkoniyati mavjudligi maʼlum qilindi.
O’g’lingiz V.Nikolaev Oʼzbekiston Respublikasining “Аholi bandligi toʼgʼrisida”gi Qonunning 28-moddasiga muvofiq markazda ish qidirayotgan shaxs sifatida roʼyxatga olindi.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori T.Safarov
Ijrochi: H.Yoshuzoqov
Tel: 221-25-27
Do'stlaringiz bilan baham: |