Nusxasi: Bandlik bosh boshqarmasiga
Sizning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishonch telefoni” orqali ishga joylashtirish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaatingiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, Siz bilan olib borilgan suhbat jarayonida maʼlumotingiz o’rta-maxsus Buxoro Pedagogika kollejining “arxivshunoslik, ish yurituvchi” mutaxassisligi bo’yicha tugatganligingizni bildirdingiz.
Sizga Buxoro shahridagi korxona va tashkilotlar taqdim etgan oʼzining boʼsh (vakant) ish oʼrinlari toʼgʼrisidagi axborot-hisoboti tanishtirilib, quyidagi; Buxoro Tibbiyot Institutida “ish yurituvchi” (oylik maoshi 900 ming soʼm), viloyat Barkamol avlod bolalar markazida “tashkilotchi” (oylik maoshi 850 ming soʼm) kabi boʼsh ish oʼrinlari taklif qilinganda, Siz mazkur korxona va tashkilotlarda ishlash istagingiz yoʼqligini bildirib, rad qildingiz.
Siz Oʼzbekiston Respublikasining “Аholi bandligi toʼgʼrisida”gi Qonunning 28-moddasiga muvofiq joriy yil 21 aprelda №15408 son bilan markazda ish qidirayotgan shaxs sifatida roʼyxatga olindingiz shuningdek Sizga ushbu qonunning 44-moddasiga muvofiq tushuncha berildi.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori T.Safarov
Ijrochi: H.Yoshuzoqov
Tel: 221-25-27
Buxoro tuman Namozgox ko’chasi 8-uy 21-xonada yashovchi H.Ochilovaga
Nusxasi: Bandlik bosh boshqarmasiga
Sizning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishonch telefoni” orqali ishga joylashtirish toʼgʼrisida yoʼllagan murojaatingiz markaz xodimlari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganishda, Siz bilan olib borilgan suhbat jarayonida maʼlumotingiz oliy Buxoro Davlat Universitetining “geografiya fani o’qituvchisi” mutaxassisligi bo’yicha tugatganligingizni bildirdingiz.
Sizga Buxoro shahridagi korxona va tashkilotlar taqdim etgan oʼzining boʼsh (vakant) ish oʼrinlari toʼgʼrisidagi axborot-hisobotida mutaxassisligingiz bo’yicha boʼsh ish oʼrni mavjud emasligi tushuntirib oʼtilgan. Sizga markazda mavjud boʼsh ish oʼrinlari tanishtirilib, quyidagi; viloyat Barkamol avlod bolalar markazida “uslubchi-metodist” (oylik maoshi 1 mln 200 ming soʼm), Buxoro Tibbiyot Institutida “ish yurituvchi” (oylik maoshi 800 ming soʼm) kabi boʼsh ish oʼrinlari taklif qilinganda, Siz faqatgina mutaxassisligingiz bo’yicha ishlash istagingiz borligini bildirib, taklif qilingan ish oʼrinlarini rad qildingiz.
Sizga mutaxassisligingiz bo’yicha ishga joylashishingiz uchun har oydagi yangilanib boriladigan boʼsh ish oʼrinlari bilan tanishib borishingiz uchun Аholi Bandligiga koʼmaklashish markaziga murojaat qilishingiz mumkinligi maʼlum qilindi.
Siz Oʼzbekiston Respublikasining “Аholi bandligi toʼgʼrisida”gi Qonunning 28-moddasiga muvofiq markazda ish qidirayotgan shaxs sifatida roʼyxatga olindingiz.
Siz mazkur murojaatni oʼrganishdan norozi boʼlgan taqdiringizda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi tushuntirildi.
Markaz direktori T.Safarov
Ijrochi: H.Yoshuzoqov
Tel: 221-25-27
Do'stlaringiz bilan baham: |