Viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasida Yangi O`zbekistonda 2022-2026-yillarda mo`ljallangan taraqqiyot strategiyasi mavzusida o‘tkazilgan onlayin “Siyosiy Ma`rifat soati” to`g`risida ma`lumot
Viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasida Yangi O`zbekistonda 2022-2026-yillarda mo`ljallangan taraqqiyot strategiyasi mavzusida o‘tkazilgan onlayin “Siyosiy Ma`rifat soati” to`g`risida MA`LUMOT Joriy yilning 07 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan tashkil etilgan onlayin “Siyosiy Ma`rifat soati”da viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.
“Ma`rifat soati” boshlanishidan oldin siyosiy yangiliklar namoyish etildi. 2-yanvar O`zbekiston va Xitoy Respublikalari o`rtasida diplomatiya munosabatlari o`rnatilgan kunga 30 yil to`lgani, 6-yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya Prezidenti Rejep Erdog`an, Qozog`iston Prezidenti Qasim Jomart Toqayevning telefon orqali muloqotlari bo`lib o`tgani, davlat rahbarlari sheriklik hamda iqtisodiy masalalar to`g`risida suhbatlashgani aytib o`tildi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori Tulyakov Eldor Sobirjonivichni “Yangi O`zbekistonda 2022-2026-yillarda mo`ljallangan taraqqiyot strategiyasi” mavzusidagi onlayin ma`ruzasi tinglandi. Ma`ruzada Yangi O`zbekistonda 2022-2026-yillarda mo`ljallangan taraqqiyot strategiyasi hamda “Yo`l xaritasi” ishlab chiqilgani, harakatlar strategiyasi 5 yilga mo`ljallanganligi va ushbu strategiya 7 ta ustivor yo`nalishdan iborat ekanligi 100 yaqin maqsadlar nazarda tutulgani, birinchi yo`nalish xalqparvar davlat barpo etish yo`nalishda 41 ta chora-tadbirlar belgilanganligi, harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati to`g`risida taqdimoti ko`rildi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Siyosiy fanlar doktori Usmanov Sardor Uraimovichni “Tizimli fikrlash: tamoyil va texnologiyalar” mavzusidagi onlayin ma`ruzasi tinglandi. Ma`ruzada har bir inson kundalik hayotda kasbiy faoliyatida tizimli fikrlashga duch kelishi, inson 2-toifaga mansubligi murakkab vaziyatlarda muammoni tarkibiy qismlarga bo`lib tahlil qiladi. Xalqaro munosabatlarga yondashuv deganda global muammolar tushuniladi. Talabalarimiz Singapur, Malaziya qanday rivojlanapti degan savolga javob berish mumkin 5 yildan so`ng Janubiy Sharqiy Osiyo qayerga ketyapti degan savolga javob berishga qiynaladi. Tizimli fikrlashni birinchi tamoyili keng nuqtai nazardan fikrlashdir. Tizimli fikrlashni ikkinchi tamoyili masalaning tarkibiy qismlari o`rtasidagi o`zaro bog`liklarni ko`rish. Tizimli fikrlashni uchinchi tamoyili-tizim samarali faolyat yuritishi uchun uning barcha tarkibiy qismlari ishlashi zarur ekanligi to`g`risida taqdimoti ko`rildi.
Kun tartibidagi keyingi masala yuzasidan Rajaboyev Dilmurod Quldosh o`g`li Huququy savodxonlik (hafta davomida qabul qilinganayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning ) mazmun-mohiyati to`g`risida onlayin ma`ruzasi tinglandi.
Boshqarma boshlig`i U.Tillayev