40 – PARAGRAF
1.Ulug’bek qaysi yunon olimlari asarlari bilan tanishib chiqqan ? Aflotun , Arastu, Gipparx, Ptolomey
2. Ulug’bek farmoni bilan Buxoroda nechanchi yilda madrasa quriladi ? 1417-yilda
3. Ulug’bek farmoni bilan Samarqandda nechanchi yilda madrasa quriladi ? 1420-yilda
4. Ulug’bek farmoni bilan G’ijduvonda nechanchi yilda madrasa quriladi ? 1433-yilda
5. “Bilim olish har bir musulmon erkak va ayolning burchidir” bu xitobnoma Ulug’bekning qayerdagi madrasasi darvozasiga yozilgan ? Buxorodagi
6. Samarqanddagi Ulug’bek madrasasida qaysi diniy ilmlar o’qitilgan ? Qur’on, hadis, tafsir, fiqh
7. Riyoziyot bu – matematika
8. Handasa bu – geometriya
9. Ilmi hay’at bu – astranomiya
10. Ilmi aruz bu – nazm
11. 1420-yilda ochilgan Samarqand madrasasi necha qavatli, necha hujrali bo’lgan ? ikki qavatli, ellik hujali
12. Samarqand madrasasida har bir hujra qanday xonalarga bo’lingan ? Qaznoq, yotoqxona va darsxona
13. Qaznoq nima ? omborxona
14. 1420-yilda ochilgan Samarqand madrasasida kim yetakchi mudarris bo’lgan ? Shamsiddim Muhammad Havofiy
15. 1420-yilda ochilgan Samarqanddagi Ulug’bek madrasasida kimlar dars bergan ? Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshoniy, Mirzo Ulug’bek, Alouddin Ali Qushchi
16. 1420-yilda ochilgan Samarqanddagi Ulug’bek madrasasida birinchi darsi kim o’qigan? Shamssiddin Muhammad Havofiy
17. Shamssiddin Muhammad Havofiyning birinchi darsida necha nafar tolibi ilm qatnashadi? To’qson nafar
18. 1420-yilda ochilgan Samarqanddagi Ulug’bek madrasasida ilmi hay’atdan kim dars bergan? Qozizoda Rumiy
19. 1420-yilda ochilgan Samarqanddagi Ulug’bek madrasasida toliblar necha yil ta’lim olishgan? 15-16 yil
20. 1420-yilda ochilgan Samarqanddagi Ulug’bek madrasasida kimlarga sanad yozib berilgan? Madrasa dasturi bo’yicha fanlarni to’la o’zlashtirgan va imtihonlarda o’z bilimini namoyish qila olgan tolibi ilmlarga
21. Mirzo Ulug’bek rasadxonasi nechanchi yillarda va qayerda qurilgan ? 1424-1429-yillarda Samarqand shahri yaqinidagi Obiraxmat anhori yaqinida
22. Ulug’bek rasadxonasining balandligi qancha bo’lgan ? 31 metr
23. Ulug’bek rasadxonasi joylashgan bu mavze aholi orasida qanday nom olgan? “Naqshi jahon”
24. Ulug’bek rasadxonasidagi rasadxonaning asosiy olchov asbob-uskunasi – sekstant kim boshchiligida o’rnatiladi ? G’iyosiddin Jamshid
25. Ulug’bek tomonidan qurilgan rasadxona qoshida ulkan kutubxona tashkil etilib, bu kutubxonada qancha kitob saqlangan ? o’n besh ming jild
26. Ulug’bek rasadxonasi tevaragida Ulug’bek tomonidan ikkita chorbog’ barpo etilib ular nima deyilgan ? Bog’i Maydon va Chinnixona
27. Qozizoda Rumiy o’z davrida qanday nom olgan ? “Aflotuni zamon”
28.Ali Qushchi o’z davrida qanday nom olgan ? “O’z davrining Ptolomeyi”
29.Ulug’bek rasadxonada ilmiy kuzatishlar natijasida nechta qo’zg’almas yulduzlarning o’rni va holatini aniqlaydi? 1018 ta
30. Ulug’bek rasadxonasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida qaysi fanlarga oid nodir asarlar yaratiladi ? matematika va astronomiya
31. Ulug’bekning shoh asari qaysi ? “Ziji jadidi Ko’ragoniy”
32. “Ziji jadidi Ko’ragoniy” asari ikki qismdan iborat bo’lib, bular qaysilar ? 1-qismi keng muqaddima, 2-qismi 1018 ta qo’zg’almas yulduzlarning o’rni va holati aniqlab berilgan jadval
33. Ulug’bekning tarixga oid asari qaysi ? “Tarixi arba ulus” (To’rt ulus tarixi)
34. Ulug’bek musiqa ilmiga bag’ishlangan nechta risola yozgan ? Beshta
35. “Ulug’bek Samarqandda bo’lib akademiyaga asos soldi. Yer sharini o’lchashni buyurdi va astronomiyaga oid jadvallarni tuzishda ishtirok etdi” deb kim yozgan ? Volter
36.Fransiyalik Volter yashagan yillar ? 1694-1778-yillar
Do'stlaringiz bilan baham: |