39 - PARAGRAF
1.Temuriylar davrida Movorounnahrning hunarmandchilik markazlari qaysi shaharlar bo’lgan ? Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruxiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi
2. Usti gumbazli bozor nima deyilgan ? Tim va toq
3. O’rta Osiyoda o’rta asr hunarmandchiligida eng rivoj topgan sertarmoq soha qaysi bo’lgan ? Kulolsozlik
4. Temuriylar davrida g’isht terib imorat qaddini bino qiluvchilar nima deyilgan ? Banno
5. Temuriylar davrida pardozlovchi ustalar nima deyilgan ? Ustoz
6. XV asrda O’rta Osiyoning qaysi shahrida shishasozlar mahallasi bo’lgan ? Samarqandda
7. Go’ri Amir va Shohizindaning oyatlar bitilgan naqshinkor eshiklari nechanchi asr xalq ustalarining yog’och o’ymakorligi san’atidagi eng nodir na’munalari hisoblanadi ? XV asr
8. Temuriylar davrida Samarqand hunarmandchiligida alohida o’rin tutgan soha qaysi ? Qog’oz ishlab chiqarish
9. XV asrda temuriylar qaysi hududlar bilan savdo-sotiq qilgan ? Xitoy, Hindiston, Tibet, Eron, Rus, Volgabo’yi va Sibir bilan
10. XV asrda temuriylar davlatiga Xitoydan nima keltirilgan ? Ipak, shoyi matolar, xususan, atlas va parchalar, choy, chinni, la’l, gavhar va mushk
11. XV asrda temuriylar davlatiga Hindistondan nima keltirilgan ? Nafis oq rangli matolar, nil (bo’yoq), xushbo’y ziravorlar
12. XV asrda temuriylar davlatiga Erondan nima keltirilgan ? Surp, marvarid, durlar
13. XV asrda temuriylar davlatiga Rus, Tatariston va Sibirdan nima keltirilgan ? Qimmatbaho mo’yna, teri va mum
14. XV asrda Samarqandga Yevropa mamlakatlaridan nima keltirilgan ? Farang gazmollari, movuti, cherkas pichog’i
15. XV asrda Samarqanddan Rus, Tatariston va Sibirga nima chiqarilgan ? Ip matolar, xususan, bo’z, duxoba, shoyi gazlama, qog’oz, quruq meva, guruch, paxta, kalava (yigirilgan) ip
16. Qaysi temuriy hukmdorlar Xitoy bilan muntazam ravishda elchilar almashib turishgan ? Ulug’bek va Shohrux
17. 1418-yilda kim boshchiligidagi Shohrux elchilari Xitoyda bo’ladi ? Ardasher
18. 1419-yilda kimlar Xitoydan Samarqand va Hirotga elchi bo’lib kelishadi ? Li Do va Jong Fu
19. Nechanchi yilda Ulug’bek va Shohrux o’z elchilari bilan birga 530 nafar savdogardan iborat savdo karvonini Xitoyga jo’natishadi ? 1420-yilda
20. 1420-Xiotyda jo’nab ketgan Ulug’bek va Shohrux elchilari qachon Vataniga qaytib keladi ? 1422-yilda
21. Shohrux va Ulug’bek zamonida qaysi hududlar bilan yaxshi qo’shnichilik munosabatlari o’rnatiladi ? Tibet va Hindiston
22. Nechanchi yilda Tibetdan Buxoro va Samarqandga elchilar keladi ? 1421-yilda
23. Nechanchi yilda Shohrux Hindistonga Vijayanagar saroyiga elchi yuboradi ?1441-1442-yillarda
24. Shohrux Hindistonga Vijayanagar saroyiga kim boshchiligida elchi yuboradi ? Abdurazzoq Samarqandiy
25. Abdurazzoq Samarqandiy qaysi hududlar orqali Hindistonga sayohat qiladi ? Kermon, Xurmuzd, Fors qo’ltig’i orqali
26. Ulug’bek qachon fulusiy pullari islohotini amalga oshiradi ? 1428-yilda
27. Ulug’bek qaysi shaharlarda fulusiy pullarini zarb qiladigan zarbxonalar tashkil qiladi ? Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruxiya, Andijonda
28. Ulug’bek zarb ettirgan pullar xalq orasida qanday nom oladi ? “fulusi adliya”
29. Ulug’bek tashqi savdodan davlat xazinasiga tushadigan daromadni ko’paytirish maqsadida qaysi soliqni bir muncha oshiradi ? Tamg’a
30. Temuriylar davrida savdo boji; savdogarlardan olinadigan soliq qaysi bo’lgan ? Tamg’a
31. Misdan yasalgan mayda chaqa pul nima deyilgan ? Fulus
Do'stlaringiz bilan baham: |