38 - PARAGRAF
1.XV asrda tiklangan Samarqand vohasida Zarafshon daryosidan boshlangan Darg’om anhoridan chiqarilgan qadimgi kanal qaysi ? Angor kanali
2. XV asrda qaysi kanalning tiklanishi natijasida kam suvli Qashqadaryo vohasiga qo’shimcha suv chiqariladi ? Angor
3. Ulug’bek hukmronligi davrida Buxoro vohasining janubi sharqiy chegarasiga yondashgan qaysi dashtga suv chiqarilib, yangi yerlar o’zlashtiriladi ? Somonjuq
4. Shohrux tomonidan qaysi to’g’onning tiklanishi va sug’orish tarmoqlarining loyqadan tozalanishi tufayli Marv shahri va Murg’ob vohasining suv ta’minoti tubdan yashilanadi ? Sultonband
5. Kimning hukmronligi davrida Marviruddan yangi kanal chiqarilib , kattagina yer maydoni sug’orilib obod etiladi ? Sulton Husayn Boyqaro
6. A. Navoiyning tashabbusi bilan Tus viloyatining yuqori qismida qaysi suv ombori quriladi ? Turuqband
7. A. Navoiy tashabbusi bilan qurdirilgan Turuqband suv omboriga jamg’arilgan suv qayerga olib kelingan ? Mashhadga
8. XV asr davomida Movorounnahr va Xurosonda yer egaligining qanday shakllari bo’lgan ? Mulki devoniy, mulk, mulki vaqf, jamoa yerlari
9. Temuriylar davrida davlat yerlarini qanday tarzda in’om qilish keng tarqalgan ? Suyurg’ol
10. Temuriylar davrida bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga yaxshi xizmatlari uchun qanday yorliq berish an’anaga aylangan ? Tarxonlik
11. Temuriylar davrida tarxonlik yorlig’ini olganlar qanday huquqlarga ega bo’lgan ? Barcha soliq, to’lov va majburiyatlardan ozod etilgan
12. Temuriylar davrida tarxonlik yorlig’i odatda kimlarga berilgan ? Amirlar, beklar, saroy amaldorlari, sayyidlar va boshqa yuqori tabaqa vakilariga
13. Temuriylar davrida sug’orma dehqonchilik yerlaridan asosan qanday soliq olingan ? Xiroj
14.Temuriylar davrida sug’orma dehqonchilik yerlaridan olinadigan soliq nimaga qarab belgilangan ? Hosilga va yerning unumdorligiga
15. Temuriylar davrida xiroj solig’i daryo va buloq suvlari bilan sug’oriladigan obikor yerlardan qancha qism miqdorida olingan ? 1/3 qism (33 %)
16. Temuriylar davrida xiroj solig’i lalmikor yerlardan qancha qism miqdorida olingan ? 1/6 (16,5 %) dan 1/8 (12,5 %) miqdorida
17. Temuriylar davrida mulk (hususiy yerlar) yerlaridan qanday soliq olingan ? Hosilning 1/10 qism miqdoridagi ushr solig’i
18. Temuriylar davrida mulk yerlari odatda kimlarga berilgan ? Zamonasining ilm-fani, ma’rifati va ma’naviy hayotida muhim nufuzga ega bo’lgan ulamolar va mashoyihlarga
19. Temuriylar davrida chorva mollaridan qancha soliq olingan 1/40 (2,5 %)qism miqdorida zakot olingan
20. Begor nima ? Ommaviy hashar ishlari
Do'stlaringiz bilan baham: |