36 - PARAGRAF
1.Qachon Shohrux Samarqanddan Hirotga qaytish oldidan o’n besh yoshli o’g’li Ulug’bekni Movorounnahr va Turkistonga hokim qilib tayinlaydi ? 1409-yilda
2. Ulug’bek nechanchi yillarda yashagan ? 1394-1449-yillar
3. Ulug’bek 1409-yilda Movorounnahr va Turkistonning hokimi deb e’lon qilinsada, uning hokimiyati chegaralari qaysi hududlar bilan cheklangan edi ? Samarqand, Buxoro va Nasaf
4. Shohrux tomonidan Farg’onadan to O’zgangacha kimga berilgan ? Amirak Ahmadga
5. Shohrux tomonidan Hisori Shodmon kimga berilgan ? Muhammad Jahongirga
6. Shohrux tomonidan Turkiston kimga berilgan ? Shayx Nuriddinga
7. Shayx Nuriddin 1410-yilda kimlar bilan ittifoq tuzib Samarqandga yurish qiladi ? Muhammad Jahongir, Yangi va Sayram viloyatlarining hokimi Amir Abdulxoliq, Oq O’rdalik xonzodalardan Chingiz o’g’lonlar bilan
8. Shayx Nuriddin ittifoqchilari va Ulug’bek qo’shinlari o’rtasidagi jang qachon va qayerda bo’ladi ? 1410-yil 20-aprelda Samarqand yaqinida Qizilravot mavzeyida
9. Ulug’bek Shayx Nuriddin bilan bo’lgan jangda mag’lubiyatga uchrab qayerga chekinadi ? Kalifga
10. Ulug’bekka qarshi ko’tarilgan Shayx Nuriddin isyonini kim bostiradi ? Shohrux
11. Nechanchi yildan Movorounnahr va Turkistonni boshqarish to’liq 18 yashar Ulug’bek qo’liga o’tadi ? 1412-yildan
12. Ulug’bek Farg’ona va Qoshg’arni qachon egallaydi ? 1414-yilda
13. Shohrux tomonidan Xorazm nechanchi yilda Oltin O’rda xonlari tasarrufidan qaytarib olinadi ? 1413-yilda
14. Ulug’bek Mo’g’uliston ustiga qachon yurish boshlaydi ? 1425-yil bahorida
15. Ulug’bek qo’shinlari va mo’g’ul qo’shinlari o’rtasidagi jang qayerda bo’ladi ? Issiqko’l yaqinida
16. Ulug’bek ikki bo’lak nefrit toshini kimlar bilan bo’lgan jangda ko’lga kiritadi ? Mo’g’ullar
17. Ulug’bek ikki bo’lak nefrit toshidan kimning maqbarasi uchun qabrtoshi yasattiradi ? Amir Temur
18. Ulug’bek Mo’g’uliston ustidan qozongan g’alabasi haqidagi zafarnomani qayerda va qachon yozib qoldirgan ? Xijriy 828-yilda (1425-yil) Jizzax yaqinidagi Ilono’tti darasi ichida
19. Ulug’bekning Dashti Qipchoqqa qilgan yurishi mag’lubiyatga uchrab uni halokatdan kim qutqarib qoladi ? Shohrux
20. Shohrux qachon halok bo’ladi ? 1447-yil 12-martda
21. Shohrux qayerda va kimni isyonini bostirishda halok bo’ladi ? Ray viloyatida, nabirasi Sulton Muhammad isyonini bostirishda
22. Xurosonda Shohrux vafotidan keyin taxtga kim o’tiradi ? Boysung’urning o’g’li Alouddavla
23. Alouddavla nechanchi yilda Abdulatifni qo’shinini yengib o’zini asirga oladi ? 1447-yil bahorda
24. Ulug’bek va Alouddavla o’rtasida tuzilgan sulhga ko’ra ... Abdulatif ozod bo’ladi, Ulug’bek Hirot va Xurosonga bo’lgan da’vosidan voz kechadi
25. Ulug’bek va Abdulatifning birlashgan 90 ming kishilik qo’shini qachon Hirotga yurish qiladi? 1448-yilning bahorida
26. Ulug’bek va Abdulatifning birlashgan qo’shini va Alouddavla qo’shinlari o’rtasidagi jang qayerda bo’ladi ? Tarnob yaqinida
27. Abdulatifni Ulug’bekka qarshi chiqishiga nima bahona bo’ladi ? G’alaba to’g’risidagi fathnomada Adulatifning ismi ukasi Abdulazizdan keyin tilga olingani, Ixtiyoriddin qal’asidagi xazina Ulug’bek tomonidan olib qo’yilganligi
28. Abdulatif Hirotda necha kun hokimlik qiladi ? 15 kun
29. Abdulatifni Hirotni tashlab Movorounnahrga qochishiga nima sabab bo’ladi ? Abulqosim Boburni Hirotga yurishi
30. Abdulatif kimni farmoni bilan Balxga noib etib tayinlanadi ? Ulug’bek
31. Abdulatif qanday yo’l bilan Balxda savdogarlarni o’z tomoniga og’dirib oladi ? “tamg’a” solig’ini bekor qilib
32. Ulug’bek va Abdulatif qo’shinlari o’rtasidagi jang qachon va qayerda bo’ladi ? 1449-yil oktabrda, Damashq qishlog’i yaqinida
33. 1449-yil oktabr oyida qaysi Samarqand amiri Samarqand darvozalarini berkittirib Ulug’bekni ichkariga kirishiga yo’l qo’ymaydi ? Mironshoh Qavchin
34. Qaysi Samarqand shahri qozisi Abdulatifga qarshilik bildirgan ? Shamsiddin Muhammad Miskin
35. Ulug’bek necha yoshida halok bo’ladi ? 55 yoshida
Do'stlaringiz bilan baham: |