27– PARAGRAF
1. Chingizxon Chig’atoyga qaysi hududlarni beradi ? Sharqiy Turkiston , Yettisuv va Movorounnahrni
2. Mo’g’ullar bosib olgan hududlarni qanday ma’muriy birliklarga bo’lib boshqargan ? Uluslarga
3. Chingizxon vafotidan keyin kim mo’g’ullar davlatining ulug’ xoqoni bo’ladi ? O’qtoy
4. Mo’g’ullar davlatida uluslarning hukmdorlari nima deyilgan ? Xon
5. Mo’g’ullar davlatida ulug’ xoqonning qarorgohi qaysi shaharda bo’lgan ? Qoraqurum
6. Mo’g’ullar nechanchi yillarda Rus davlatini zabt etadi ? 1236-1241-yillarda
7. Mo’g’ullar tomonidan 1236-1241-yillarda Rus davlati yerlari zabt etilib, qaysi davlatga asos solinadi ? Oltin O’rda
8. Mo’g’ullar tomonidan Eron nechanchi yilda batamom bosib olinadi ? 1256-yilda
9. 1256-yilda mo’g’ullar tomonidan Eron to’liq bosib olingach, bu yerda qaysi davlatga asos solinadi ? Xulokiylar davlatiga
10. Arab xalifaligida hukm surgan abbosiylar sulolasiga qachon va kim tomonidan hotima beriladi ? 1258-yilda Xuloku tomonidan
11. Mo’g’ullar yagona markazlashgan davlat tuza olmaganligini asosiy sababi nima ? Ulus xonlari ulug’ xoqonga nomigagina bo’ysunib, amalda mustaqil ish yuritishgan
12. Chig’atoy ulusi qaysi hududlarda tashkil topgan ? Movorounnahr , Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududida
13. Chig’atoy ulusi qachon tashkil topgan ? XIII asrning 20-yillarida
14. Chig’atoyxonning ulusni boshqaradigan o’rdasi qayerda edi ? Elsuvi (Ili) daryosi bo’yida
15. Chig’atoy viloyat va hunarmandchilik shaharlarini boshqarishda kimlardan foydalangan ? O’ziga bo’ysundirilgan xalqlarning yuqori tabaqa vakillaridan
16. Movorounnahr zabt etilmasdan turib uni boshqarishni Chingizxon kimga topshirgan edi ? Xorazmlik Mahmud Yalavochga
17. Mahmud Yalavoch qaysi shaharni o’ziga qarorgoh qilgan edi ? Xo’jand
18. Chig’atoy ulusida harbiy hokimiyat, aholini ro’yhatdan o’tkazish , soliq yig’ish ishlari qaysi amaldorlar qo’lida bo’lgan? Dorug’achi va tavg’ach
19. Chig’atoy ulusida mahalliy hokimlar nima deyilgan ? Mo’g’ul bosqoqlari
20. Movorounnahrni idora qilgan Mahmud Yalavoch kimlarga tayanib mo’g’ul xoqonlari talabini ijro qilgan va o’zining cheksiz hukmronligini amalga oshirgan ? Mo’g’ul bosqoqlariga tayanib
21. Chig’atoy ulusida ziroatchilardan hosilning 1/10 qism miqdorida olinadigan yer solig’i nima deyilgan ? Kalon
22. Chig’atoy ulusida chorvadorlardan olinadigan soliq nima deyilgan ? Qopchur
23. Chig’atoy ulusida davlat xazinasi uchun aholidan yig’iladigan oziq – ovqat solig’i nima deyilgan ? Shulen
24. Chig’atoy ulusida qaysi soliq har bir podadan ikki yashar qo’y, qimiz uchun har ming otdan bir biya hisobida olingan ? Shulen
25. Chig’atoy ulusida hunarmandlar va savdogarlardan qanday soliq olingan ? Targ’u
26. Chig’atoy ulusida qaysi soliq ishlab chiqarilgan mahsulot yoki sotilgan molning o’ttizdan bir (1/30) qism hajmida olingan ? Targ’u
27. Chig’atoy ulusida kalon, qopchur, shulen, targ’u soliqlaridan tashqari yana qanday soliqlar solingan ? Tuz solig’i, jun va kumush solig’i
28. Mahmud Tarobiy qo’zg’oloni qachon va qayerda ko’tarilgan ? 1238-yilda Buxoroning Tarob qishlog’ida
29. Mahmud Tarobiy qo’zg’olonining ko’tarilishiga nima sabab bo’lgan ? Soliqlarning oshirib yuborilganligi va majburiy hashar ishlarining og’irligi
30. Mahmud Tarobiyning kasbi nima bo’lgan edi ? G’alvir yasovchi hunarmand
31. Mahmud Tarobiyning yaqin safdoshi kim bo’lgan ? Shamsiddin Mahbubiy
32. Mahmud Tarobiy qayerni o’ziga qarorgoh qilib oladi ? Buxoro shahri ichidagi Robiya saroyini
33. Mahmud Tarobiy o’zini Buxoro va atrof viloyatlarining halifasi deb e’lon qilgach kimni sadr deb e’lon qiladi ? Shamsiddin Mahbubiyni
34. Mahmud Tarobiy qo’zg’oloniga qarshi Mahmud Yalavoch va mo’g’ullar qayerda kuch to’plab Buxoro ustiga yurish qiladi ? Karmana yaqinida
35. Mo’g’ullar bilan bo’lgan jangda Mahmud Tarobiy va Shamsiddin Mahbubiylar halok bo’lgach kimlar boshliq etib tayinlanadi ? Tarobiyning ukalari Muhammad va Alilar
36. Mahmud Yalavoch qachon noiblikdan chetlashtiriladi ? 1238-yilda
37. 1238-yilda Mahmud Yalavochning o’rniga kim noib etib tayinlanadi ? O’g’li Ma’sudbek
38. Ulug’ xoqon O’qtoy Mahmud Yalavochni qayerga hokim qilib tayinlaydi ? Pekin shahriga
39. Chig’atoy ulusida chorva mollari bosh sonining 2,5 % miqdorida olinadigan soliq qaysi bo’lgan ? Qopchur
Do'stlaringiz bilan baham: |