30 – PARAGRAF
1.A. Temur 1370-yilning baxorida kimga qarshi kurash boshlaydi ? Balx hukmdori Amir Husaynga
2. A. Temur Amir Husaynga qarshi kurashish uchun yo’lga chiqib qayerga yetganida uning yoniga Syyid Baraka keladi ? Termiz yaqinidagi Biyo qishlog’iga
3. Sayyid Baraka A. Temurga hukmdorlik ramzi sifatida nima beradi ? Tabl va yalov bayroq
4. 1370-yilda A. Temur Balx shahrini necha kun qamal qiladi ? ikki kun
5. Balx shahri A. Temurga qachon taslim bo’ladi ? 1370-yil 10-aprelda
6. A. Temur qachon Movorounnahr amiri deb e’lon qiladi ? 1370-yil 11-aprelda
7. A. Temur 1370-yil iyul oyida qaysi shaharda qurultoy chaqiradi ? Samarqandda
8. A. Temur 1370-yil iyul oyida Samarqandda chaqirgan qurultoyida kim qatnashmaydi ? Shibirg’on hokimi Zinda Chashm
9. A. Temur davlatining poytaxti etib qaysi shahar belgilanadi ? Samarqand
10. A. Temur Movorounnahr amiri deb e’lon qilingach yirik harbiy bo’linmalarning boshliqlari etib kimlarni tayinlaydi ? Ardasher Qavchin, Joku Barlos, Iskandar A’lam Shayx, Usmon Abbos, Sayfiddin Barlos
11. A. Temur tomonidan Shibirg’on qachon bo’ysundiriladi ? 1370-yilda
12. A. Temur mamlakatning sharqiy hududlarini mo’g’ullar ta’siridan ozod etish uchun Sharqiy Turkiston tomon bir necha marta yurish qilib, qaysi hududlarni o’z tasarrufiga oladi ? Farg’ona vodiysi, O’tror, Yassi va Sayram
13. A. Temur Farg’ona vodiysi, O’tror, Yassi va Sayramni bo’ysundirgandan keyin qaysi hudud amirlari A. Temur hokimiyatini tan olib, unga bo’ysunadilar ? Hisor, Badaxshon, Qunduz
14. A. Temur 1381-yilda qaysi hududlarni egallaydi ? Hirot, Seyiston va Mozandaronni
15. A. Temur Hirot, Seyiston, Mozandaronni egallagach qaysi shaharlar A. Temurga jangsiz taslim bo’ldi ? Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor
16. A. Temur nechanchi yilda Movorounnahr va Xurosonni birlashtiradi ? 1381-yilda
17. XIV asrning 60-yillari oxirida A. Temur saltanati bilan Oltin O’rda xonligi oralig’ida qaysi davlat mustaqil bo’lib olgan edi ? Xorazm
18. Xorazm mo’g’ullar bosqini davrida qanday qismlarga bo’linib ketgan edi ? Markazi Urganch bo’lgan Shimoliy Xorazm va markazi Kat bo’lgan Janubiy Xorazm
19. Xorazm mo’g’ullarning bosqinidan keyin bo’linib ketgach Shimoliy Xorazm qaysi davlatga bo’ysundirilgan edi ? Oltin O’rda
20. Xorazm mo’g’ullarning bosqinidan keyin bo’linib ketgach Janubiy Xorazm qaysi davlatga bo’ysundirilgan edi ? Chig’atoy ulusiga
21. XIV asrning 60-yillari oxirida Oltin O’rdada yuz bergan g’alayonlar vaqtida kimlar Shimoliy Xorazmda yangi sulolaning hukmronligini tiklab oladi ? Qo’ng’irot so’fiylari
22. A. Temur Xorazmga qarshi harbiy harakatlarni qachon boshlaydi ? 1372-yildan
23. A. Temur Xorazmga qarshi necha marta yurish qilgan ? Besh marta
24. A. Temur Xorazmni nechanchi yilda bosib oladi ? 1388-yilda
25. A. Temur nechanchi yilda Movorounnahr, Xuroson va Xorazmni birlashtirib yagona markazlashgan davlat tuzadi ? 1388-yilda
Do'stlaringiz bilan baham: |