23 - PARAGRAF
400. Mil.avv. III asrda tashkil topgan Qang’ davlati qaysi qabilalar ittifoqi birlashmasi natijasida vujudga kelgan ? Turkiy va sug’diylar
401. O’zbekiston hududi nechanchi asrdan “Turkiston” deb atala boshlangan ? VII asrdan
402. O’zbek xalqi nechanchi asrlar oralig’ida shakllanadi ? IX-XII asrlar
24 – PARAGRAF
403. XI asrda mo’g’ullar qanday tuzumda yashaganlar ? Urug’ – aymoqchilik tuzumida
404. XI asrda mo’g’ullarning asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Ko’chmanchi chorvachilik, ovchilik va o’zaro mahsulot ayirbosh qilish
405. Temuchin yashagan yillar ? 1155-1227-yillar
406. Temuchin qachon va qayerda xon deb e’lon qilinadi ? 1206-yil Onon daryosi bo’yida
407. Temuchin 1206-yilda qanday laqab oladi ? “ Chingizxon”
408. Cingizxon qo’shini tarkibidagi xos soqchilar qismi nima deyilgan ? Kezik (Keshik)
409. Chingizxon naymanlarni qachon bo’ysundiradi ? 1206-yilda
410. Chingizxon Enasoy havzasi, Yettisuv viloyati shimoliy qismini va uyg’urlarni nechanchi yillarda bo’ysundiradi ? 1207-1208-yillarda
411. Chingizxon nechanchi yillarda Shimoliy Xitoyning markazi Szindi shahrini egallaydi ? 1211-1215-yillarda
412. Chingizxon Sharqiy Turkiston va Yettisuv viloyatini nechanchi yillarda egallaydi ? 1218-1219-yillarda
413. Chingizxon Kuchluk davlatini nechanchi yillarda tugatadi ? 1218-1219-yillarda
414. 1218-1219-yillarda Chingizxon qaysi hududlarni o’z davlatiga birlashtiradi ? Gobi sahrosining sharqiy chegarasidan to Tangritog’ (Tyanshan) ning g’arbiy etaklarigacha
415. 1216-yilda Xorazmshox Muhammad Chingizxon huzuriga kim boshchiligida elchi yuboradi? Bahouddin Roziy
416. 1218-yilda Chingizxon Xorazmshoh Muhammad huzuriga kim boshchiligida elchi yuboradi? Xorazmlik savdogar Mahmud Yalavochni
417. 1218-yilda Xorazmshoh Muhammad Chingizxon elchisini qaysi shaharda qabul qiladi ? Buxoroda
418. Chingizxon nechanchi yilda 500 tuya va 450 savdogardan iborat katta savdo karvonini Xorazmshoh Muhammad davlatiga yuboradi ? 1218-yilda
419. Chingizxonning katta savdo karvoni 1218-yilda qaysi shaharda ushlab qolinib talanadi ? O’tror
420. Chingizxonning katta savdo karvonini talagan O’tror shahri hokimi kim ? G’oyirxon (Inolchiq)
421. Chingizxon Inolchiqni tuttirib berishni talab qilib kim boshliq elchi yuboradi ? Ibn Kafroj Bug’roni ikki mulozimi bilan
422. Szindi shahrini ikkinchi nomi ? Pekin
423. Sulton Muhammad Xorazmshoh hukmronligi davrida “Davlat Kengashi” tashkil etgan bo’lib, Kengash tarkibida nechta vakil bo’lgan ? 6 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |