Vii bob. Pechlarda issiqlik



Download 3,03 Mb.
bet1/25
Sana26.04.2023
Hajmi3,03 Mb.
#931986
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
VII


VII - BOB. PECHLARDA ISSIQLIK ALMASHUV JARAYONI

7.1.Yuqori haroratli jarayonlarda issiqlikalmashuvinitashkil etish

Tayanch iboralar:kamerali pech, metall buyumlarni qizdirishga mo‘ljallangan metodik pech, aylanuvchi barabanli pech, shaxtali pech.
Sanoat pechlarida bir vaqtning uzida qator murakkab jarayonlar kechadi: yoqilg‘ining yonishi va gazlashtirilishi, ishchi bo'shliqda yonish mahsulotlarinin gharakatlanishi, issiqlik va massa almashuvi jarayonlari, ishlov berilayotgan materiallarning ekzotermik yoki endotermik kimyoviy o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar va hokazo. Bu jarayonlar o‘zaro bog‘langan bo‘lib, ularning barchasi birgalikda yig‘indi jarayonini tashkil qiladi. Bularning ichida issiqlik uzatish jarayoni eng muhimi hisoblanadi.
Pechlarda turli metall va nometall materiallar: kulolchilik buyumlari, bog‘lovchi materiallarning xom-ashyosi, kimyoviy xom-ashyo va boshqalar qizdiriladi. Eritish jarayonlarida barcha jismlar oldin qizdiriladi. Turli pechlarda metall buyumlarning yuzalari orqali qizdirish amalga oshiriladi. Bu paytda pechning ishchi bo‘shlig‘ida joylashtirilgan buyumlar harakatsiz holatda bo‘lishi yoki sekin xarakatlanishi mumkin.
Issiqlik almashuvi odatda qizdirish usuliga bog‘liq bo‘ladi.
Qizdirishning quyidagi usullari mavjud: 1) texnologik jarayonning turi bo‘yicha:
a) materialning tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari o‘zgarmaydigan yoki ularning o‘zgarishi kuzatiladigan qizdirish;
b)shixta (ruda, toshqol, yoqilg‘i va boshqalar aralashmasi) materiallarini qizdirish; 2) issiqlik tashuvchidan foydalanish usuli bo‘yicha:
a) yonish mahsulotlari bilan ochiq (to‘g‘ridan-to‘g‘ri)qizdirish;

b) yonish mahsulotlarini yoki buyumlarni ajratib qo‘yilgan (izolyasiyalangan) holda bilvosita qizdirish;

v) oraliq bug‘indagi issiqlik tashuvchining mavhum qaynash qatlamida qizdirish. 3) qizdirilayotgan materialning aerodinamik holati bo‘yicha:
a) materialning harakatsiz (zich) qatlamida qizdirish;

b) materialning “mavhum qaynash” qatlamida qizdirish;

v) muallaq holatdagi material qatlamida (uyurmali, girdobli) qizdirish.

Pechlarda qizdirish ochiq usulda va ayrim hollarda bilvosita (biror vosita yordamida) amalga oshiriladi. Ochiq qizdirish (7.1- rasm) eng oddiy usul hisoblanadi, unda tutun gazlari qizdiriladigan material bilan bevosita to‘qnashadi. Bu usul eritish, qizdirish va toblash pechlarida qo‘llaniladi.


To‘g‘ridan-to‘g‘riqizdirish amalga oshiriladigan pechlar o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi: ishchi bo‘shlig‘i katta erkin hajmga ega bo‘lgan pechlar, bo‘lakli materiallarga ishlov berish uchun mo‘ljallangan shaxtali (quduqsimon) pechlar, qaynovchi qatlamli pechlar, siklonli ( girdobli) pechlar va boshqalar.7. 1- a rasmda ishchi bo‘shlig‘i katta erkin hajmga ega bo‘lgan pechning sxemasi tasvirlangan.Qizdiriladigan material pech tubida joylashadi uning ustida esa katta erkin hajm bo‘lib, unda yoqilg‘i yoqiladi. Erkin hajmning mavjudligi yonish alangasini qizdirilayotgan materialga yaqinlashtirish imkonini beradi, bu esa juda muhimdir, chunki bu paytda issiqlik
uzatilishi jiddiy jadallashadi. Natijada pechning yuqori unumdorligi ta’minlanadi, issiqlikning solishtirma sarfi kamayadi. Bunday pechlarning ishchi bo‘shlig‘ining har bir nuqtasida taxminan bir xil harorat kuzatiladi.


Download 3,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish