Kaudal anesteziya peridural anesteziyanipg bir ko'rinishi hisoblanadi. Bu usul sistoskopiya, gemorroidektomiya va ayrim urologik amaliyotlarni og'riqsizlantirish hamda homiladoming ko'z yorishi mobaynida qo'llaniladi. Kaudal anesteziya uchun 2 foiz - 30,0 ml lidokain yoki trimekain, 0,5 foiz - 20,0 ml markain, 1 foiz - 20,0 ml dikain eritmalari ishlatiladi. Kaudal anesteziya hosil qilish uchun dumg'aza suyagi oralig'idagi bo'shliqning distal qismiga anestetik yuboriladi. Yuborilgan anestetik I bei umurtqasi sathigacha tarqaladi va shu zona innervatsiyasini blokada qiladi.
Presakralanesteziya naravertebral anesteziyaning bir ko'rinishi bo'lib, dumg'aza suyagining beshala teshigidan chiquvchi nerv tolalarining o'tkazuvchanligini blokada qilishga asoslangan. Anesteziyaning bu usuli kichik chanoq organlari, urologik va proktologik amaliyotlarni bajarishda keng qo'llaniladi. Anestetik o'rnida trimekain, lidokain va novokainning 0,5 foiz eritmalari ishlatiladi.
Blokacialar. Kuchli og'riq sindromi va vegetativ nerv sistemasining jarohatlanish hollarida mahalliy anestetiklar vujudga keltiruvchi blokadalar keng ish la ti la d i. Blokadalar vositasida notsitseptiv signallarning uzatilishi to'siladi, simpatik reflektor mexanizmi va ko'ndalang targ'il mushaklar aktivligi kuchayishining oldini oladi. Akusherlik tajribasida paralservikal va jinsiy nerv blokadalari, oyoq va qo'ldagi amaliyotlarni og'riqsizlantirish uchun quymich va son nervlari hamda bilaklar futlyar blokadalari ishlatiladi, Jag'-yuz stomatologik jarrohligida blokadalaming ko'p ko'rinishlari qo’llaniladi.
Bolyin vagosimpatik blokadasi ko'krak qafasi va organlari jarohati hamda kasalligi og'riq sindromini chetlashtirishda samarali tadbir hisoblanadi. Bo'yin vagosimpatik blokadasi ni bajarish uchun to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon nnishakning orqa chekkasi va tashqi bo'yinturuq vena kesishgan nuqtadan novokainning 0,25 foizli eritmasidan 30,0 ml bo'yin umurtqasining oldingi sathiga qaratib yuboriladi.
Paranefral blokada reflektor anuriyani, oshqozon-ichak yo'li parhezi va shu singari holatlami davolash tadbiri sifatida ishlatiladi. Blokadani bajarish uchun novokainning 0 , 2 foizli eritmasidan 80,0 ml miqdorda paranefral zonaga yuboriladi.
203
UMUMiy ANESTEZIYA (NARKOZ) O'TKAZÍSH VA UNING USULLARJ
Anesteziya davrlari
Anesteziya jarayoni anesteziyaga kiritish (induksiya), amaliyot anesteziyasi va anesteziyadan chiqarish (uyg’onish) kabi uch davrga bo'linadi:
Anesteziyaga kiritish yoki induktiv anesteziya - anestetik yuborilishidan boshlab anesteziyaning jarrohlik bosqichi yaratilguncha boigan davrni o'z ichiga oladi. Bu maqsadda geksenal va natriy tiopentali keng qo'llaniladi. Bu preparatlar 1-2,5 foizli eritmalar ko'rinishida, 5-6 mg/kg dozalarda sekinlik bilan venaga yuboriladi. Ayrim hollarda geksenal va natriy tiopentali mushaklar orasiga inyeksiya qilish (15 mg/kg) yoki to'g'ri ichak orqali ho'qna ko'rinishida yuboriladi, Induksiya maqsadida sombrevin (5 mg/kg) va fentanil (0,005 mg/kg) ham ishlatiladi. Fentanil 0,5-1,0 ml/10 kg hisobidan yuborilganda, bemorning es-hushi saqlangan holda analgeziya va nafas olishining susayishi ro'y beradi. Shu zaminda sombrevinning yuborilishi traxeya va bronxlar intubatsiyasini bajarish uchun yetarli sharoit yaratib beradi. Kalipsol 2-2,5 mg/kg dozada venaga yuborilganda amneziya bilan bir paytda induksiya uchun yetarli darajadagi analgeziyani yaratib beradi. Har xil preparatlami birgalikda qo'llab induksiya uchun sharoit vujudga keltirish mumkin. Masalan, natriy tiopentali yoki geksenal fentanil yoki omnopon bilan birgalikda, altezin (0,08 mg/kg) yoki etomidat (0,8 mg/kg) dipidolor bilan birgalikda ishlatiladi. Ataralgeziya (seduksen 0,2-0,3 mg/kg) va analgeziya (fentanil 0,5-1,0 ml/10 kg) kombinatsiyasi zaiflashgan bemorlami anesteziyaga tekis kiritish uchun qulay hisoblanadi. Anesteziyaga kiritish maqsadida ftorotan, azeotrop aralashmasi (2 qiyom ftorotan va 1 qi.yom efir) va azot oksidi analgetiklar zaminida qo'llanilishi mumkin.
Anesteziyaga kiritish davrida bemor mustaqil nafas yoki sun'iy nafas rejimlarida bo'lishi mumkin. Sun'iy nafas rejimi kuchli analgetik yoki anestetik qo'llanishidan nafas olishi susaygan, mnorelaksantlar yuborilgan va endotraxeal anesteziya o'tkazilishi zarur bo'lgan hollarda qo'llaniladi.
Amaliyot anesteziyasi davri - jarroh, kesuvidan boshlanib, jarrohlik yarasi tikilib bo'lguncha davom etadi. Amaliyot anesteziyasi bir yoki bir necha komponentlardan tashkil topadi. Amneziya va analgeziya komponentlari anestetik va analgetiklar vositasida, mioplegiya esa miorelaksantlar bilan vujudga keltiriladi. Gaz almashinuvi jarayoni tabiiy
204
ventilyatsiyaning adekvatligi yoki sun'iy o'pka ventilyatsiyasi orqali qon aylanishining optimalligi esa qon va qon preparatlari quyish, yurak ishini kuchaytiruvchi va qon tomirlar tonusini normallashtiruvchi dorilar qudrati bilan ta'minlanadi.
Amaliyot anesteziyasi asosan jarrohlik bosqichining I va II sathlarida u slilab turiladi. Anesteziya sathi jarrohlik amaliyotiningko'rinishi, hajmi, bosqichlari hamda boshqa agressiv omillar kuchihihg yorqinligiga qarab o'zgartirib turiladi. Anesteziya sathining amaliyot jarohatlari oqibatlarining oldini ola bilish darajadaligi anesteziyaning adekvatligi deyiladi. Anesteziya adekvatligi yurakning urish tezligi, arterial qon bosimi, qon tarkibidagi gazlar hajmi, kislota va asoslar muvozanati, qo'l va oyoqlar perfuziyasining yetarliligi, EEG va EKG ko'rsatkichlarining turg'unligi asosida baholanadi.
Amaliyot anesteziyasini ta'minlash uchun droperidol, seduksen, kalipsol, natriy oksibutirati, markaziy analgetiklar, ftorotan, efir, azot oksidi va shu kabilar mustaqil holda yoki ulaming o'zaro kombinatsiyasi ko'rinishida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |