boihleakifon M m ka kralba zttrb herith \maknt la M.tnitritk:
i - tumkninf ropUj >
220
m i l - ravm. fc'kk 1r o k l r d kwkopik tlü p is t ík a va cteíSbri% W dya « n U / i s h
Sun'iy ventilyatsiya to’g'ri bajarilayotgan boisa, bemomi qattiq o'ringa yotqizish lozim. To'sh suyagining pastki va o'rta uchdan bir qismi chegarasiga, xanjarsimon o'simtadan ikki enlik yuqoriga qo'lning kaft yuzasi qo'yiladi ikkinchi kaft esa uning ustiga qo'yiladi. Ko'krak qafasi umurtqa pog'onasi tomonga 4-5 sm ga bosiladi va shu holatda yarim sekundcha ushlab turiladi. Qo'lni ko'krak qafasidan uzmagan holda bosish kuchi kamaytirilsa, ko'krak qafasi o'z holatiga qaytadi. Yurak massaji samarali bo'lishi uchun ko'krak qafasiga 20-50 kg kuch bilan niqob bosish lozim. Yurak massaji daqiqasiga 60-80 marta qilinishi shart. Ayrim mutaxassislar daqiqasiga 100 martadan ortiq yoki 40 martagacha massaj o'tkazish zarur deb hisoblaydilar. Qulqaruvchi yolg'iz bo'lganida ventilyatsiya va massaj 2:15 nisbatida bajariladi ya'ni, bir marta nafas oldirilgach, 15 marta massaj qilinadi. Qutqaruvchi ikkita bo'lsa ventilyatsiya va massaj 1:5 nisbatida o'tkaziladi. Yurakning mustaqil urishi tiklanganini o'z vaqtida aniqlash uchun har ikki uch daqiqada massaj to'xtatilib, elektrokardiografik kuzatish lozim bo'ladi.
Yopiq yurak massaji quyidagi hollarda samarali deb hisoblanadi:
— uyqu va son arteriyalarida har bir massajga javoban pulsatsiya " aniqlansa; — elektrokardiografiyada bo'lma-qorincha biopotensial kompleksi
paydo bo'lib tursa; — elka arteriyasida 60-80 mm simob ustuniga teng
arteriya qon bosim paydo bo'lsa; — Sianoz tarqalib ko'z qorachig'i torayib, ko'z soqqasining harakati paydo bo'lib borsa.
Yurakning ochiq massaji quyidagi hollarda qo'llaniladi:
— ko'krak qafasi organlaridagi amaliyotlar zaminida yurak faoliyati to'xtasa;
221
o'pka shikastlangan va ko'krak qafasi bo'shlig'iga qon ketishi zaminida yurak urishi to'xtasa;
yurak tamponadasiga gumon bo'lganda;
klapanli pnevmotoraks bor bo'lganda;
o'pka arteriyasi tromboemboliyasi ro'y berganda;
gipotermiya holatidagi bemorlarda defibrillyatsiya samara bermasa va yurakni bevosita isitish zarur bo'Isa;
10-15 daqiqa o'tkazilgan yopiq massaj natija bermagan bo'Isa.
Yurakning bevosita massaj ini bajarish uchun IV qovurg'alar oralig'idan torakotomiya qilinadi. Bosh barmoq yurakning oldingi, qolgan to'rtta barmoq esa yurakning orqa yuzasiga qo'yilgan holda massaj bajariladi. Yurak katta bo'Isa, massaj ikkala qo'lning kafti bilan o'tkaziladi. Qorinchalar fibrillyatsiyasi paytida perikard kesilib massaj qilinadi. Mayda to'lqinli fibrillyatsiya va asistoliya paytida massaj boshlashdan oldin chap qorincha bo'shlig'iga adrenalin eritmasi yuborilishi lozim. Yirik to'lqinli fibrillyatsiya va miokard tonusi vujudga kelgach defibrillyatsiya o'tkaziladi.
IKKINCHI BOSQICH TADBIRLARI
Dori vositalari va davo suyuqliklaridan foydalanish quyidagi maqsadlarni ko'zda tutadi:
Yurak mushaklari metabolizmiga ta 's ir qilish. Buning uchun miokard o'tkazuvchanligi va qo'zg'aluvchanligini kuchaytiruvchi yoki miokard qo'zg'aluvchanligini pasaytiruvchi dorilar qo'llaniladi.
Qon tomirlar tonusini tiklash.
Atsidozni bartaraf qilish. Reanimatsiya paytida dorilar venaga yoki yurak ichiga inyeksiya qilinishi yoki alveolalar orqali yuborilishi mumkin. Yurak ichiga inyeksiya qilish uchun parasternal chiziq bo'yicha V qovurg'alar orasidan uzun igna yurak tomonga qarab kiritiladi. Shpritsda qon paydo bo'lishi yurak bo'shlig'iga kirganidan xabar beradi va shu zahoti dori yuboriladi.
Adrenalin 0,3-0,5 mg miqdorda venaga yoki yurak ichiga yuboriladi. 1 ml adrenalin 5 foizli glyukozaning 9 ml eritmasiga qo'shiladi, undan 0,3- 0,5 ml miqdorda, yuboriladi. Adrenalinning dozasi 1-2 mg gacha yetkazilishi mumkin.
Noadrenalin miokard atoniyasi, digitalis va xinidindan zaharlanganda, giperkaliyemiyada yaxshi natija beradi. Bu preparat venaga yoki yurak ichiga 0,1-0,2 ml miqdorda, gohida esa 5 foizli glyukozaning 250 ml eritmasiga 1-2 ml qo'shilgan holda daqiqasiga 20 tomchidan tomiziladi.
222
Miokard atoniyasi va giperkaliyemiyada 10 foizli kalsiy xlorid eritmasidan 5- 10 ml yurak ichiga yuboriladi. Miokardning qo'zg'aluvchanligi oshib ketgan va fibrillyatsiyada lidokain, novokain, novokainamid, inderal va shu kabi preparatlar ishlatiladi.
Atsidozsiz yurak to'xtashi bo'lmaydi. A t s i do z n i bartaraf qilish uchun natriy gidrokarbonat eritmasidan 1 mmol/kg hisobidan (4,2 foizli
eritmasidan 2 ml/kg) boshida va keyinchalik1 esa qon aylanishi tiklanguncha 0,5 mmol/kg hisobida har 10 daqiqada yuborib turiladi. Trisamin 0,3 ml eritma shaklida 3-6 ml/min hisobidan yuborilib turadi. Reanimatsiya mobaynida glyukokortikoidlardan gidrokortizon (200-250 mg), prednizolon (60-120 mg) qo'llanilishi shart. Elektrokardiografiya va monitoring o'tkazish orqali yurakning sust ko'rinishi va yurak urishining tiklanishi, dori-darmon terapiyasi uiiqlanadi. Elektrik defibrillyatsiya qorinchalar fibrillyatsiyasi va paroksizmal laxikardiyada qo'Ilaniladi (11 la,b-rasmlar). Defibrillyatsiya o'tkazish uchun chap kurak ostiga birinchi elektrod o'matiladi. Izolyator dastali clektrod ko'krak qafasining yurak sathiga qo'yiladi va qattiq bosib lunlgan holda elektr impulsi uzatiladi. Defibriliyatorning ikkala 1 li'ktrodi ham bir xil izolyator dastali bo'lsa, ulaming biri to'sh suyagining yuqori qismiga, ikkinchisi esa yurakning cho'qqisiga qo'yilgan holda elektr Impulsi beriladi. Defibrillyatsiya bajarish paytida bemorning badaniga, bemor yotgan larrohlik stoli yoki karavotiga tegib turmaslik, asbob va jihozlar yerga ulangan va elektr o'lchov va qayd qilish jihozlari esa o'chirilgan bo'lishi lozim. Defibrillyatsiya yirik to'lqinli fibrillyatsiya zaminida bajarilishi shart. Mayda to'lqinli fibrillyatsiya adrenalin, lidokain, kalsiy xlorid, natriy gidrokarbonati va massaj vositalarida yirik to'lqinli fibrillyatsiyaga i ntiriladi. Kattalarga 4-7 kv elektr oqimi, katta yoshdagi bolalarga 4 kv i Ic k tr oqimi va kichik yoshdagi bolalarga esa 3 kv elektr oqimidan ' defibrillyatsiya qilinadi. Defibrillyatsiyadan so'ng uyqu va son arteriyalarida mustaqil pulsatsiya paydo bo'lguncha yurak massaji davom ettiriladi. UCHINCHI BOSQLCH TADBIRLARI Yurak urishining to'xtash sababini aniqlash va uni chetlashtirish. Yuqorida k c 11i r i 1g a n tadbirlami qo'llash davom ettirilgan holda inamnestik, klmik. laborator va boshqa tashxis usullaridan foydalanib qon aylanishining to'xtash sababini aniqlash va etiologik davolash o'tkazish talab qilinadi
223
Miyani ishemik jarohatlanishdan saqlash va uning faoliyatini tiklash. Bu yo'nalishda miyaning qon aylanishi ko'rsatkichlarini va serebrospinal bosimni normallashtirish, metabolik siljishlami izga solish, antioksidant dorilar yuborish, kraniotserebral gipotermiya va detoksikatsion usullar va sun'iy o'pka ventilyatsiyasi qo'llaniladi.
Postreanimatsion davrda intensiv davolash postreanimatsion kasallikni chetlatirishga qaralilgan tadbirlardan iborat. Postreani-matsion kasallik - postishemik funksional va Struktur buzilishlar oqibatida kelib chiquvchi poliorgan yetishmovchiligidir. Postreanimatsion kasallik asosida nevrologik va psixik funks iyalaming buzilishi, qon aylanishining nosozligi, o'pkaning gaz almashtirish va boshqa funksiyalarining izdan chiqishi, gepato va nefropatiya, bakteriyemiya va autointoksikatsiya, endokrin boshqarilish va metabolizmning aynishi kabi og'ir sindromlar yotadi.
Postreanimatsion kasallikni intensiv davolash to’qimalar perfuziyasining adekvatligini tiklash, organizmning energetik talablarini qondirish, metabolik siljishlami izga solish, yiringli-septik asoratlarga qarshi kurashish va detoksikatsiya o'tkazishdan iborat bo'ladi.
VII BOB
XIRURGIK BEMORLARNITEKSHIR1SH
Ilmiy texnika taraqqiyoti tibbiyot fani va amaliyotining tarmoqlarini mukammallashtirishga va yangi yo'nalishlarining tez rivojlanishiga shart- sharoit yaratdi. Natijada xirurgik kasalliklami vaqtida aniqlash imkoniyatlari sezilarli ravishda ortdi. Tadqiqotlar qo'shimcha metodlarining ahamiyati sezilarli darajaga ko'tarildi. Bemomi tekshirish uchun jarrohlar ilgari qo'llagan ayrim usullar (laboratoriya, rentgenologiya, endoskopiya va boshqalar) zamonaviylashtirilishidan tashqari, mutlaqo yangi metodlar (funksional, ultratovush, radionuklid, immunologik va boshqalar) ishlab chiqildi va ular amaliyotda tobora kengroq qo'llanilmoqda. Diagnoz qo'yishda ulaming ahamiyati beqiyos oshmoqda. Shuni ham ta'kidlab aytish lozimki, yangi ishlatiladigan metodlar bemorni tekshirishdagi an'anaviy usullami rad etmaydi va ulaming o'mini to'la bosa olmaydi, janohning klinik tafakkuriga bo'lgan talablami kamaytira olmaydi.
Xirurgik bemorga qo'yiladigan tashxis kasallik belgilarini (simptomlarini) aniq bilishni, ulami tahlil qila olishni va shu asosda tegishli belgilardan kasallikning to'la manzarasini sintez qila bilishni talab qiladi. Bemomi tekshirishni muntazam ravishda olib borish (anamnez, ko'zdan kechirish, paypaslab ko’rish (palpatsiya), tukillatib ko'rish (perkussiya),
224
Do'stlaringiz bilan baham: |