6-afsona. Suiqasd haqidagi suxbatlar insonni o’z joniga qasd qilish niyatini jiddiylashtirishi mumkin.
Suiqasd haqidagi suhbatlar uni amalga oshirilishining sababi bo’la olmaydi. Agar bu mavzuda suhbatlashilmasa u holda mavjud xavfni sezmay qolish mumkin. Ko’p xollarda dildan suhbat qurish suitsidentni rejalarini oldindan sezishga imkon beradi.
7-afsona. Agar inson o’z joniga qasd qilishga uringan bo’lsa, u hayotining oxirigacha suitsidal shaxs bo’lib qoladi va kelajakda suiqasdni yana takrorlaydi.
Suitsidal inqiroz vaqtinchalik xolat hisoblanadi. U bir umr davom etmaydi. Agar insonga vaqtida yordam ko’rsatilsa (pisxologik yoki boshqacha), unda u bu inqirozdan chiqib ketishi va suiqasd fikridan butunlay qaytishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |