Vi mavzu: suitsidal urinishlar sodir etgan bolaga yordam berish



Download 86,81 Kb.
bet13/29
Sana31.12.2021
Hajmi86,81 Kb.
#239478
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
2 5201992589946915548

5-reja bayoni

  • Suitsidni aniqlashga harakat qiling. Suitsidal urinishning oldini olishda do’stlar va yaqinlarning e’tibori, g’amxo’rligi bilan bir qatorda yuz berishi mumkin bo’lgan fojeaning belgilarini oldidan sezish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sizning suitsid tamoyillarini qanday kechish jarayoni haqidagi bilimlaringiz va u haqda yanada ko’proq axborotga ega bo’lishga bo’lgan ehtiyojingiz kimningdir hayotini saqlab kolishi mumkin. Bu bilimlaringizni boshqalar bilan o’rtoqlashishingiz orqali siz ko’pgina suitsidlarni oldini olishingiz mumkin.

  • Suitsidenetni shaxs sifatida qabul kiling. Inson haqiqatda ham suitsidal shaxs bo’lishi mumkin degan ehtimolga yo’l qo’yib bering. Uni o’z joniga qasd qilishga qodir emas deb hisoblang. Ba’zida kimgadir suitsidentni suitsidal urinishni amalga oshirishdan qaytarish mumkinligini rad etish qulayroq. Aynan shuning uchun ham turli ijtimoiy gurux, irq va yoshga oid minglab odamlar o’z joniga qasd qiladilar. Yodingizda bo’lsin! Siz aralashmasligingiz oqibatida kimdir bu hayotni tark etishi mumkin.

  • G’amxo’r o’zaro munosabat o’rnating. Og’ir vaziyatda qolgan insonni qabul qilishingizni o’zi uni qutqarib olish tomon tashlangan katta qadamdir. Qolgani o’zaro munosabatlaringiz sifatiga bog’liq. Hamdardlikni nafaqat so’zlar balki, noverbal vositalar bilan ham namoyish etish mumkin. Suitsidentga o’z hissiyotlarini tushinishga yordam bering.

* E’tiborli tinglovchi bo’ling. Suitsidentlar ayniqsa kuchli begonalashuv hissidan qiynaladilar. Shuning uchun ham ular sizning maslahatingizni qabul qila olmaydilar. Xuddi psixologlar kabi boshqa mutaxassis kishilar ham o’zlarida "uchinchi quloq bilan eshitish" qobiliyatini rivojlantirmoqlari zarur. Bunda noverbal hatti - harakatlar (xulq, ishtaha, kayfiyat va mimika, uyquning buzilishi, impul’siv harakatlarga tayyorlik)ga alohida e’tibor berish nazarda tutiladi. Suitsidning ilk belgilari yashirin xarakterga ega bo’lishiga qaramay e’tiborli tinglovchi ularni oldindan sezishi mumkin.

  • Bahslashmang. Suitsidal xavf bilan to’qnashgach yaqinlar va do’stlar: "O’ylab ko’r axir sen ko’pgina odamlarga qaraganda yaxshi yashamoqdasan, noshukr bo’lma. Sen taqdiringdan minnatdor bo’lishing kerak" deb javob qaytaradilar. Bu javob muhokamaga nuqta qo’yadi. Bunday gaplar shusiz ham baxtsiz odamni yanada tushkunlikka tushishiga sabab bo’ladi. Ko’p hollarda yana boshqa keng tarqalagan fikr: "Bu bilan o’z oila a’zolaringni qanchalar baxtsiz etishingni tushunayapsanmi?". Agar siz o’z joniga qasd qilish haqida gap borayotgan davrada ishtirok etib qolsangiz xech qachon o’z agressiyangiz va hayratingizni namoyish qilmang. Tushkun kayfiyatdagi inson bilan bahsga kirishar ekansiz siz nafaqat bahsda mag’lub bo’lishingiz, balki shu insonning o’zidan ham ajralib qolishingiz mumkin.

  • Savollar bering! Agar siz: "Umid qilamanki, sen o’z joningga qasd qilish haqida o’ylamayapsan?" kabi qitiqlovchi savollar bersangiz, u holda o’zingizga kerakli javobni olishingiz mumkin. Agar yaqiningiz yo’q deb javob bersa, u holda suitsidal inqirozni hal qilishga yordam bera olmaysiz. Inqirozni hal etishning eng yaxshi yo’li bu "Sen o’z joningga qasd qilishni o’ylayapsanmi?" deb to’g’ridan-to’g’ri savol berish. Agar inson bu haqda o’ylamagan bo’lsa, bu savol uni o’ylashga majbur etmaydi. Aksincha, agar u bu haqda o’ylagan bo’lsa va nihoyat o’z kechinmalari bilan qiziquvchi va suitsid haqida gaplashishi mumkin bo’lgan odamni topganligini his qilsa kayfiyatida ancha engillikni sezishi va katarsis holatini boshdan kechirishi mumkin.

  • Boshqa konstruktiv echimlarni taklif qiling. Suitsidentga: "O’ylab ko’r sening o’liming oilangga qancha g’am olib keladi?" degandan ko’ra, u o’ylab ko’rmagan boshqa echimlarni taklif qilib ko’ring. Suitsidni oldini olishning eng muhim choralaridan biri bu pisxologik diskomfortga sabab bo’layotgan narsani aniqlash. Bu qiyin bo’lishi mumkin chunki suitsid bilan bog’liq barcha narsalar maxfiylikka asoslanadi. Bunday vaziyatda berilishi mumkin bo’lgan eng to’g’ri savol: "So’nggi vaqtlarda hayotingizda qanday narsalar sodir bo’ldi?, Qachon o’zinigizni yomon his qila boshladingiz? Bu o’zgarishlar ro’y bergandan beri hayotingizda nimalar sodir bo’ldi? Atrofdagi odamlardan kimlarga buning aloqasi bor?". Suitsident muammosi identifikatsiya qilishga va chuqurlashishiga nimalar turtki bo’layotganini aniqlash kerak.

  • Umid bag’ishlang. O’z joniga qasd qilish xavfi mavjud insonlar bilan ishlash juda - juda ma’suliyatli va murakkab ish hisoblanadi. Psixoterapevtlar asosiy etiborni suitsidentlarning gapi va hissiyotlariga qaratish lozim, deb hisoblaydilar. Qachonki insonni bezovta qilayotgan yashirin fikrlar tashqariga chiqsa, muammolar echimga egadek tuyuladi. Umid insonga, tushkun kayfiyatdan chiqishga yordam berishi mumkin. Misol tariqasida, Gitler barcha yahudiylarni qirib tashlamoqchi bo’lgan bir vaqtda ular o’zini tutishini keltirish mumkin. 1940 - yildan avval o’z joniga qasd qilish holatlari bir oyda 712 ga etgan edi. Xuddi shu yilning may oyiga kelib, natsistlarning bostirib kelganidan so’ng bu raqam 371 tagacha ortib ketdi, insonlar fashistlar qo’liga tushib qolishdan qo’rqqanliklari uchun ham o’z joniga qasd qilarlar. Qo’lga tushgan yahudiylar esa ozodlik va oilalarning qayta birlashishiga umid qilganlar. Kichgina bo’lsa ham umid bor ekan suitsidlar soni ham kamroq edi. Urush abadiydek tuyula boshlagach, mahbuslar orasida suitsid epidemiya kabi yashin tezligida tarqala boshlagan. Umidsizlikni belgilaridan yana biri bu suitsident qoldirgan maktubdir. O’z joniga qasd qilish haqidagi so’nggi qaror inson optimizmining so’nggi tomchisini yo’qotganda va yaqinlar umid bag’ishlamaganda qabul qilinadi.

  • O’z joniga qasd qilish xayfi darajasini baholang. Suitsidni amalga oshirilish ehtimolini aniqlab olishga harakat qiling. O’lim haqidagi fikrlar shunchaki bir daqiqalik xayol yoki puxta o’ylangan reja bo’lishi mumkin. Shuningdek alklgolizm, narkotiklar iste’moli, emotsional buzilishlar, darajasi xulqdagi og’ishish, ojizlik hislari kabi boshqa omillarni ham hisobga olish darkor. Suitsid haqidagi fikrlar qanchalik real va puxta o’ylangan bo’lsa o’z joniga qasd qilish ehtimoli shunchalik yuqori bo’ladi.

  • O’z joniga qasd qilish yuqori bo’lgan odamni yolg’iz qoldirmang. U bilan iloji boricha uzoqroq muddat birga bo’ling. Biroq shuni unutmangki bunday vaziyatda suitsidentlarni qo’llab-kuvvatlash sizga ma’lum ma’suliyatni yuklaydi.




Download 86,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish