6. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsienti:
Kqf =
|
Q haqiqiy
|
Qloyiha. - (Qijara. + Qkonserv.)
|
Q haqiqiy. – haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulot xajmi;
Qloyiha.- maksimal, loyihaviy ishlab chiqarish quvvati
Qijara. –ijaraga berib yuborilgan quvvatlarga mos keluvchi mahsulot xajmi;
Q konserv. – konservatsiya qilingan quvvatlarga mos keluvchi mahsulot xajmi;
Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsienti 0.5 dan yoki tarmoq bo‘yicha o‘rtacha qiymatdan kichik bo‘lsa, korxonada ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish past darajada deb qabul qilinadi.
7. Eskirish koeffitsenti (Kesk) eskirish summasining asosiy vositalar boshlang‘ich qiymatiga nisbati sifatida quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Kesk= Av.es/Av.bq
Bunda:
Ave – asosiy vositalar eskirish summasi;
Avbq – asosiy vositalarninig boshlang‘ishlab chiqarish qiymati;
Asosiy vositalarni eskirish koeffitsenti 0.5 dan yuqori bo‘lmasligi lozim.
“Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra korxonalarning to‘lovga qobiliyatligi yoki nochorligini aniqlovchi parametrlar belgilab berilgan.
Iqtisodiy xatarli korxona uchun to‘lov qobiliyati koeffitsienti hamda xususiy va qarzga olingan mablag‘lar nisbati koeffitsienti me’yordan dan kichik bo‘lsa, moliyaviy mustaqillik koeffitsienti 0,5 dan kichik bo‘lsa, xususiy aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti 0,2 dan kichik bo‘lsa korxonalar iqtisodiy xatarli korxona deb topiladi.
Iqtisodiy nochor korxona uchun pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha 3 oydan ortiq qarzi bor bo‘lishi lozim.
Pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha 3 oydan ortiq qarzi bor bo‘lib, shu bilan birga To‘lov qobiliyati tiklash imkoniyati bor bo‘lsa, ya’ni to‘lov qobiliyati koeffitsienti (Ktq)me’yorda, rentabelli va xususiy aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti (Kxm) yuqori bo‘lsa “To‘lov qobiliyati tiklash imkoniyati bor” deb qabul qilinadi
Pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha 3 oydan ortiq qarzi bor bo‘lib, uning qiymati eng kam ish xaqining 500 baravaridan yuqori bo‘lsa va Aktivlar rentabelligi. (Ra)past, to‘lov qobiliyati koeffitsienti (Ktq)kichik, xususiy aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti (Kxm)past bo‘lsa korxona “To‘lov qobiliyati tiklash imkoniyati yo‘q” deb qabul qilinadi
Korxona nochorligi, demak, xo‘jalik faoliyatining samarasizligi to‘g‘risidagi yakuniy qaror, nochorlik parametrlarining umumiy summasi yuqoridagi me’yorlardan kichik bo‘lgan holda qabul qilinadi.
Xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish juda ham murakkab jarayon bo‘lib, buning hamma uchun to‘g‘ri keluvchi yagona yo‘li mavjud emas. Har bir korxona bu masalani yechishda o‘z imkoniyatlari va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda harakat qiladi. Biroq barcha hollarda ham samaradorlikning asosida foydani maksimallashtirish yoki xarajatlarni minimallashtirish yotadi.
SHartli misol keltirib o‘tamiz. Aytaylik, korxonaning 10 mln so‘m miqdorida mablag‘i bo‘lib, bu mablag‘larni ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflash mo‘ljallangan. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, korxona 10 mln so‘m sarf qilganda qo‘shimcha 11 mln so‘mlik mahsulot ishlab chiqaradi, ya’ni foyda 1 mln so‘mni yoki qo‘shilgan kapitalning 10 % qismini tashkil qiladi.
Agarda korxona ushba mablag‘ni bankka yiliga 12 %li depozit hisobiga qo‘yganida, foizlar uchun 1,2 mln so‘m foyda olgan bo‘lar edi. Demak, muqobil xarajatlarni hisoblaganda korxona 0,2 mln so‘m miqdoridagi qo‘ldan chiqarib yuborilgan foydani ham hisobga olishi lozim. Biroq ishga bunday yondashishning, bugungi bozor munosabatlari sharoitlarida keng tarqalgan bunday usulida, ya’ni eng ko‘p foydaga ega bo‘lish tamoyili asosidagi usulda, korxona foydani maksimal darajaga chiqarsada, ishlab chiqarishni kengaytirishga erisha olmaydi. Ishlab chiqarishni kengaytirish esa, barchaga ma’lum bo‘lganidek, iqtisodiyotning rivojlanishi uchun eng muhim talablardan biri hisoblanadi.
6.4. Korxona faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari va omillari
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo‘jalik yuritishning bozor tizimi hamda har qanday davrning muhim talabidir. Samaradorlik istalgan korxonaning iqtisodiy barqarorligi va faoliyat yuritish qobiliyatini aks ettiradi. Har qanday ishda, jumladan, korxonalar faoliyatida samaradorlikning, ijobiy natijalarning mavjud bo‘lmasligini, obrazli qilib aytganda, ovoragarchilik, vaqt, kuch va resurslarni yo‘qotish bilan izohlash mumkin.
Fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib kelgan va hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Mazkur omildan quyidagi yo‘llar bilan foydalanish mumkin:
ishlab chiqarish va mehnatni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish hamda kompleks ravishdagi mexanizatsiyalashtirish;
asosiy texnologik jarayonlarni robotlashtirish;
progressiv, mehnat hamda resurslarni tejashga yo‘naltirilgan texnologik jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan keng foydalanish;
xom ashyo va materiallar (mehnat predmetlari) zamonaviy turlarini yaratish va ulardan foydalanish;
ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, hisoblash texnikasidan foydalanish;
ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilish.
Amaliyotda fan-texnika taraqqiyotining, jumladan, uning tarkibiy qismlarining ahamiyati va rolini inkor qiluvchi yoki tushunmovchi korxonani topish amrimahol. Biroq ushbu omilni amalga oshirish uchun faqatgina hohish va istaklarning o‘zigina yetarli emas. Buning uchun birinchidan, fan-texnika taraqqiyotining ayni paytda zarur bo‘lgan yo‘nalishlarini izlash va aniqlash, ikkinchidan, pul mablag‘larini va boshqa zarur bo‘lgan resurslar (investitsiyalar) izlab topish, uchinchidan, zamonaviy ilmiy-texnikaviy ishlamalarga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik, texnologik va boshqa ilmiy muassasalar bilan kerakli aloqalarni “bog‘lash”, to‘rtinchidan, o‘z ilmiy-texnikaviy maqsadlarining samaraliligini hisoblab chiqish talab qilinadi.
Fan-texnika taraqqiyoti so‘nggi paytlargacha evolyutsion ravishda rivojlanib kelmoqda edi. Asosiy e’tibor amaldagi texnologiyalarni takomillashtirish, mashina va uskunalarni qisman zamonaviylashtirishga qaratilgan edi. Bunday chora-tadbirlar ma’lum bir cheklangan natijalarga olib kelardi.
Yangi texnikalarni ishlab chiqish va amaliyotga kiritishdan manfaatdorlik talab darajasida emasdi. Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning xorijiy progressiv texnologiyalari “ekspluatorlik belgisi” sifatida, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish esa ishsizlikning asosi sifatida qabul qilinar edi. Xorij tajribalariga kapitalistik tajriba deb qaralardi hamda bu tajribalarning keng tarqalishiga yo‘l qo‘yilmas edi.
Bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi sharoitlarda, chuqur sifat o‘zgarishlari, tamoyillari yangi texnologiyalar va so‘nggi avlod texnikasiga o‘tish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini fan va texnikaning eng yangi yutuqlari asosida qayta qurollantirish zarur. SHu bilan bir qatorda olimlar, konstruktorlar, muhandis va ishchilarning ijodiy ruhda mehnat qilishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy manfaatdorlikni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Yaponiya korxona va firmalarida ijodiy guruhlar, sifat guruhlari tashkil qilingan, ya’ni fan-texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lmish universitetlar, ilmiy markaz va laborotoriyalar bilan aloqalar rivojlantirilmoqda. Yaponiyaning bugungi kunda robotlar hamda zamonaviy texnika va texnologiyalarning boshqa turlarini yaratishda birinchi o‘rinlarda turishi ham bejiz emas.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishning muhim omillaridan yana biri sifatida mavjud ishlab chiqarish salohiyati - asosiy va aylanma fondlar, ishchi kuchidan tejamkorlik asosida, iloji boricha unumliroq foydalanishni ko‘rsatish mumkin. Bundan tashqari ularga buyumlashgan mehnat sarflanganligi, ya’ni korxonaning bugungi egalaridan tashqari avvalgi avlod vakillarining ham mehnati mavjudligi bilan izohlash mumkin.
Bozor sharoitlarida ishlab chiqarish salohiyatidan unumli foydalanish zaruriyati haqida qayta ta’kidlashga ehtiyoj yo‘q: birinchidan, bozor “vakuumni”, harakatsizlikni, xo‘jasizlikni va yo‘qotishlarni kechirmaydi, ikkinchidan, o‘z imkoniyatlari va resurslaridan yetarlicha foydalanmaydigan korxona istiqbolga ega bo‘lmaydi hamda bankrotga uchrashga asos yaratadi. SHu sababli barcha turdagi resurslardan samarali foydalanish va ayniqsa ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘inlarida tejamkorlikka rioya qilish har bir korxona faoliyatining muvaffaqiyat qozonishining garovi hisoblanadi.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishda tashkiliy-iqtisodiy omillar, jumladan, boshqaruv ham muhim o‘ringa ega. Ularning ahmiyati ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi va xo‘jalik aloqalarining murakkablashishi bilan ortib boradi. Bu omillar qatoriga birinchi o‘rinda, oqilona ishlab chiqarish shakllarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish - kontsentratsiya, ixtisoslashtirish, kooperatsiya va kombinatsiya qilishni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |