VI MAVZU: ISHLAB CHIQARISHDAGI SHIKSTLANISHLAR,
ULARDA BIRINCHI YORDAM KO‘RSATISH.
OCHIQ VA YOPIQ SHIKASTLANISHLAR, KUYISH
VA SOVUQ OLDIRISHLAR, ULARDA BIRINCHI
YORDAM KO‘RSATISH .
Reja:
Shikastlanishlar haqida tushuncha va shikastlanish turlari.
Yopiq shikastlanishlar, uzoq vaqt ezilish sindromi (shikastlanish toksikozi) va ularda birinchi yordam ko‘rsatish.
3. Ochiq shikastlanishlar va ularda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
4. Kuyish va sovuq oldirishlar, ularda birinchi yordam ko‘rsatish .
5. Tez yordam ko’rsatish holatlari.
Shikastlanishlar haqida tushuncha va shikastlanish turlari
Shikastlanish - ishlab chiqarishdagi zararli yoki xavfli omillar ta’sirida odam organizmi to‘qimalari va a’zolarning anatomik va funktsional jihatdan buzilishi. Shikastlanish turiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
Mexanik: urilganda, yiqilganda, portlovchi to‘lqin ta’siri.
Fizik: kuyishlar, sovuq oldirishlar, elektr toki ta’siri, singuvchi radiatsiya.
Kimyoviy: kislota, ishqor va zaharli moddalar ta’siri.
Elektr quvvatidan shikastlanishlar.
Olinayotgan jarohatga ko‘ra:
Ochiq shikastlanishlar – teri va shilliq qavatlarning butunligi buzilishi bilan kechadigan shikastlanish.
Yopiq shikastlanishlar - teri va shilliq qavatlarning butunligi buzilmasdan kechadigan shikastlanish.
Shikastlanishning og‘ir-engilligiga ko‘ra:
Engil shikastlanish: mehnat qobiliyati yo‘qolmaydigan.
O‘rtacha shikastlanish: mehnat qobiliyati bir necha kun, haftalab va hatto oylab yo‘qotiladi.
Og‘ir shikastlanish: mehnat qilish qobiliyatini mutlaqo yo‘qotishga sabab bo‘lishi va nogironlikka olib kelishi mumkin.
Bugungi kunga kelib O‘zbekiston nufuzli xalqaro sport musobaqalari o‘tkaziladigan mamlakat sifatida tanildi. Xalqaro sport musobaqalari zamonaviy sport majmualarida futbol, basketbol, og‘ir atletika, tennis, gimnastika, badiiy gimnastika va boshqa sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Sportchilarda sport qoidalari, o‘quv, sport inshootlari uchun mikroiqlim talablari va ob-havo sharoitlari uchun sanitariya-gigiena talablari, sport anjomlari va jihozlariga texnik talablar, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik choralari bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini aniqlash, qo‘llash va bajarish jarohatlarning oldini olish va jarohatlarning oqibatlarini yumshatish, sport jarohatlarini kamaytirish, yo‘q qilish uchun innovatsion echimlarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Sportda olinadigan jarohatlar sportni turiga bog‘liq bo‘lib, boks, kurash, og‘ir atletika, gimnastika va mushaklarning shikastlanishlari ko‘proq uchraydi. Sport o’yinlari, atletika (sakrash, otish), gimnastika va kurash ko‘pincha suyaklarning sinishiga olib keladi. Sport jarohatlarining og‘irligi sport turiga qarab farq qiladi. Shikastlanish mexanizmi ko‘pincha shikastlanishning xususiyatlarini va shikastlanishning og‘irligini aniqlaydi.
Mamlakatimizda sportni rivojlantirish, sport mashg‘ulotlari paytida shikastlanish sabablarini aniqlash, ularning paydo bo‘lish sharoitlarini o‘rganish, innovatsion ilmiy echimlarni yaratish va qo‘llash zarurati paydo bo‘ldi.
Sportda kuzatiladigan shikastlanishlarning barcha sabablarini shartli ravishda tashqi va ichki sabablarga bo‘lish mumkin:
Tashqi omillar: o‘quv-mashq o‘tish metodikasining noto‘g‘ri ko‘llanilishi. Bunda o‘quv-mashq o‘tish metodikasi buzilishi sport shikastlanishiga olib keladi. Sabablar orasida oqilona tarzda uyushtirilmagan o‘quv-mashq, juda qisqa muddat ichida yuksak sport natijalariga erishish maqsadida mashg‘ulot davomida va sport yuklamasidan keyingi tiklanish jarayonini tezlashtirishga qaratilgan tadbirlarni tamin etmaslik muhim o‘ringa ega. O‘quv-mashq mashg‘ulotini o‘tkazish yo‘riqnomasi va nizomiga rioya qilmaslik, shu bilan birga xavfsizlik qoidalarni buzish ularga amal qilmaslik bunday shikastlanishlarning kelib chiqishida ma’lum o‘rin tutadi.
Ichki omillarga: sportchilarning tug‘ma xususiyatlari, trenirovka va musobaqalar ta’sirida yoki noqulay tashqi va ichki muhit ta’sirida ularning holatlaridagi o‘zgarishlar: charchoq va haddan ziyod toliqish, kasallik, intensiv va murakkab muvofiqlashtirish mashqlarini bajarish uchun jismoniy tayyorgarligi etarli emasligi, mushaklar va qon tomirlarining spastik qisqarishi muhim rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |