Vi mavzu: ishlab chiqarishdagi shikstlanishlar


Organizmning umumiy muzlashi



Download 91,81 Kb.
bet10/11
Sana19.02.2022
Hajmi91,81 Kb.
#457591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
мавзу 6. Очиқ ва ёпиқ шикастланишлар

Organizmning umumiy muzlashi butun tanaga past haroratni uzoq vaqt ta’sir etishi natijasida vujudga keladi. Umumiy muzlash yurak va nafas, hayotiy zarur organlarning faoliyatini keskin buzilishi, tana haoratini 340 C dan pasayishi bilan xarakterlanadi.
Umumiy sovishning engil, o'rtacha va og'ir darajalari mavjud:
Engil darajada tana harorati 32-340 C tushishi, teri oqargan yoki o'rtacha ko’k rangga ega, "g'oz terisi", titroq, nutqda qiyinchiliklar paydo bo'lishi, puls 1 daqiqada 60-66 taga tushishi, qon bosimi normal yoki ozgina ko'tarilgan, nafas buzilmagan, I-II darajali muzlash ehtimoli bo’lishi mumkin. Organizmning umumiy muzlashida birinchi yordam ko’rsatishning samarali usuli jabrlanuvchini Iliq vannaga ( 170 C li suvga) tushirish va suvning haroratini sekinlik bilan 240 C gacha ko‘tarish kerak.
O'rta darajada tana harorati 29-320 C tushishi, uyquchanlik, ongning pasayishi, teri rangpar, siyanotik, ba'zan marmar rangga ega, puls 1 daqiqada 50-60 taga tushishi, qon bosimi bir oz pasaygan, nafas 1 daqiqada 8-12 taga tushishi va sayoz, I-IV darajali yuz va oyoq-qo'llarning muzlashi kuzatilishi mumkin.
Og’ir darajada tana harorati 310 C dan tushishi, es-hushning yo'qligi, tutqanoq, qayt qilish, teri rangpar, siyanotik, puls 1 daqiqada 36 taga tushishi, qon bosimining sezilarli pasayishi, nafas olishi yuzaki, 1 daqiqada 3-4 marta kuzatiladi.
Organizmning umumiy muzlashining o'rta va og'ir darajalarida davolash intensiv terapiya (reanimatsiya) bo'limida o'tkaziladi.
Birinchi yordam ko‘rsatish:
1. Muzlagan kishini sekin-asta, ehtiyotlik bilan isitiladi.
2. Iliq vannaga ( 170 S li suvga) tushirish va suvning haroratini sekinlik bilan
370 C gacha ko‘tarish kerak.
3. Ehtiyotlik bilan oyoq-qo‘llarni uqalash.
4. Yurak preparatlari beriladi, sun’iy nafas oldiriladi.


Ochiq shikastlanishlar va ularda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.

Mexanik ta’sir natijasida organ va to‘qimalarning teri va shilliq qavatlar butunligining buzilishi bilan bo‘ladigan shikastlanishga ochiq jarohat deyiladi. Jarohat beruvchi jism ta’sirida to‘qimalar orasida qon ivimalari, o‘lgan to‘qimalar bo‘laklari, suyak parchalari va yot narsalar bilan to‘lgan yoriq hosil bo‘ladi. Bu yoriqni jarohat kanali deb ataladi.


Jarohat beruvchi jismning kuchi, shakli, harakat yo‘nalishiga qarab, jarohatlar quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladilar:

  • Sanchilgan jarohat - o‘tkir uchli qurollarni sanchilishi natijasida vujudga keladi (nina, mix, o‘tkir suyak, bigiz va b). Bunday jarohatni kirish teshigi to‘qimalarning qisqarishi natijasida kichik bo‘lib, undan chiqadigan ajralma (qon) deyarli bo‘lmaydi.

Sanchilgan jarohatlarning xavfli tomoni shundaki, hayot uchun zarur bo‘lgan organlar zararlanishi mumkin (yurak, tomirlar, kovak organlar, miya) to‘qima va organlar mikroblar bilan ifloslanishi mumkin.

  • Chopilgan jarohat – o‘tkir, ammo og‘ir qurollar (bolta, qilich, ketmon, chopqi va boshqalar) bilan urilganda paydo bo‘ladi, jarohatning chetlari tekis, ammo yumshoq to‘qimalar birmuncha ezilgani bo‘ladi, shikastlangan joy kattagina bo‘lib, ko‘pincha suyaklar ham shikastlanadi.

  • Kesilgan jarohatlar o‘tkir tig‘li jismlar ta’sirida vujudga keladi (pichoq, lezviya, shisha, skalpel). Jarohatning chetlari tekis, atrofdagi to‘qimalar kam zararlanadi. Jarohat chetlari bir-biriga tegmaydi, shuning uchun jarohatdan ko‘p qon oqib turadi va u bilan ma’lum miqdordagi mikroblar chiqib ketadi. Bunday jarohatlar kamroq yiringlaydi, tezroq bitadi.

  • Tishlangan jarohatlar – hayvon yoki odam tishlashidan vujudga keladi. Bunday jarohatlarga odam yoki hayvonning mikroflorasining tushishi oqibatida ko‘proq yiringlaydi. Hatto tishlangan jarohat quturish virusi bilan zararlangan bo‘lishi mumkin.

  • Zaharlangan jarohatlar – ilon yoki chayon chaqishi, natijasida sodir bo‘ladi.

  • O‘q tekkan jarohatlar - o‘q otuvchi qurollar qo‘llanilishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunday jarohatlar kirish teshigi, jarohat kanali yoki jarohat bo‘shlig‘i, o‘q teshib o‘tganda esa – chiqish teshigi bilan farqlanadi.

Kelib chiqishiga ko‘ra jarohatlar:

  1. Ataylab sodir etilgan;

  2. Tasodifiy jarohatlarga taqsimlanadi.

Hamma tasodifiy jarohatlar bakteriyalar bilan ifloslangan bo‘ladi. Jarohatni mahalliy belgilari: og‘riq, shish, giperemiya, mahalliy tana haroratining ko‘tarilishi. Og‘riq ayniqsa jarohatlanish vaqtida kuchliroq seziladi va shu joyni sezuvchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Og‘riqni kuchayishi jarohatni yiringlaganini bildiradi.
Birinchi tibbiy yordam:

  • Jarohatlangan soha sovuq suvda yuviladi.

  • Jarohatlangan soha dezinfektsiya qilinadi: spirt, yod, margantsovka, furatsillin eritmasi, perekis vodorod eritmalari yordamida.

  • Jarohatlangan sohaga streptotsid kukuni sepiladi.

  • Antibakterial maz surtilib, bint bilan bog‘lanadi.

Jarohatning asoratlari:

  1. Qon oqish – agar yirik qon tomirdagi qon oqayotgan bo‘lsa, xavfli. Ba’zan

kuchli og‘riq natijasida travmatik shok bo‘lishi mumkin.
2. Qolgan hollarda asosiy xavf – jarohat infektsiyalanishi natijasida yiringlashi
hisoblanadi. Ba’zan qoqshol, gazli gangrena va quturish kabi xavfli
kasalliklarga sabab bo‘ladi.
Jarohatlar quyidagicha tasniflanadi:
Qisman: bunda hodim hali ham ishlashi mumkin, lekin jarohati tufayli barcha mehnat majburiyatlarini bajara olmaydi, bu ko‘pincha barmoq sinishi yoki oyoq barmog‘ining ajralishi kabi hollarda yuz beradi.
To‘liq: bunda hodim mehnatga yoki ish joyida muhim majburiyatlarini
bajarishga qobiliyatsiz bo‘ladi, bu ko‘pincha belning og‘ir jarohatlanishi yoki ko‘zning ko‘rmay qolish kabi holllarda yuz beradi.
Vaqtincha: bunda hodim to‘liq tiklanishi kerak, oyoq yoki qo‘lning sinishi,
paylarning shikastlanishi hollarda yuz beradi.

  • Doimiy: bunda hodim jarohat oqibatlaridan butun umr azob chekadi, chopilib ketgan qo‘l yoki oyoq, ko‘r bo‘lib qolish yoki garang bo‘lib qolish kabi hollar shular jumlasiga kiradi.

Kasalliklar o‘tkir va surunkali bo‘lishi mumkin, ular cheklanmagan, teri kasalliklari, nafas olishning buzilishi yoki zaharlanishlar shular jumlasidandir.

Download 91,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish