Kasallikni kechishi va klinik belgilari. Kasallikni yashirin davri 3-7-kunni tashkil qiladi. Kasallikni boshlang‘ich davrida sog‘lom nasllarni turli joylarida bitta-yarimta kasal lichinkalarni uchratish mumkin, keyinchalik ularning soni ortib boradi.
Amerika chirish kasalligi bahorda paydo bo‘lib, yozga kelib o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga etadi. Dastlab ba’zi bir mum inlaridagi ayrim va nobud bo‘lgan lichinkalar kasallanadi. O‘lgan lichinkalar ustidagi katakchalar qapqoqchalari qoraya boshlaydi, teshiladi. Kasallikni boshlarida lichinkalar tanasi segmentatsiyasini yo‘qotadi, ko‘kimtir tusga kiradi, so‘ngra esa sut aralashgan kofe rangiga kiradi.
Lichinkalarning terisi qalinlashadi, tezda yirtiladigan bo‘ladi, jarayonning rivojlanishi natijasida, ya’ni kasallikni to‘rtinchi haftasiga kelib lichinkalar to‘q-kofe tusiga kiradi. To‘qimalari to‘kila boshlaydi va to‘q-kofesimon shakldagi elimga aylanadi. Ushbu elimga o‘xshagan suyuqlik katakchalarni yon devorining pastini to‘liq egallab turadi. Agarda bakteriologik ilmoqchani (petli) tegizib oladigan bo‘lsak, uzunligi 10-15 sm keladigan ipsimon cho‘ziladi. CHirib yotgan lichinkalar eritilgan duradgor elimining hidini beradi.
Qurigan lichinka tanasi mum katakchaning devoriga yopishib qolgan qobiqqa aylanadi va undan qiyin ajraladi. Kasallikning xarakterli belgilaridan biri shuki, nasli bor mum inlar ichidagi naslning holatiga qarab ola-bula bo‘lib qoladi.
Diagnoz va differensial diagnoz. Kasallikni tashqi belgilari va patologik materialni laboratoriyada tekshirib, uning natijasiga asoslanib qo‘yiladi.
Mum katakchalari qoraygan, teshilgan va ichiga tortilgan holatda bo‘ladi, sog‘lom nasl orasida kasal, o‘lgan va chirigan lichinkalarning mavjudligi, elimsimon massadan duradgor eminining hidiga o‘xshash hidning borligiga qarab diagnoz qo‘yiladi.
Chirigan lichinkalardan surtma tayyorlanib, mikroskop ostiga tekshirilganda, uzunchoq ipsimon Bacillus larvae mikrobini yoki mayda yumaloq sporalarini ko‘rish mumkin.
Laboratoriyada tekshirish uchun eng ko‘p kasal lichinkali mum inlarini ajratib, undan 10x15 sm kattalikdagi bo‘lakni olib, hamma nusxalari qog‘ozga o‘ralmasdan yashikka solinadi. Nusxalarni tagiga va yonboshiga, ustiga yog‘och plyonka qo‘yib yashikka tegmaydigan qilib qo‘yiladi. Har bir namunaga olingan oilaning nomi yozilgan qog‘oz osib qo‘yiladi. SHu bilan birga ilova va xat tuziladi, unda tashkilot nomi yoki asalari egasining familiyasi, nomi, otasining ismi, manzili, patologik material olingan kun, kasallik aniqlangan vaqt, kasal bo‘lgan oila soni ko‘rsatiladi. Veterinar vrach qo‘l qo‘ygan ilova xat tezlik bilan veterinariya laboratoriyasiga jo‘natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |