Veterinariya virusologiyasi


Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari



Download 9,02 Mb.
bet179/190
Sana28.04.2022
Hajmi9,02 Mb.
#587529
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   190
Bog'liq
2 5190427342530417793

Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. VGS kasalligini davolash usullari ishlab chiqilmagan. CHet el olimlari antibiotik (oksitetratsiklin) va antiseptik (metilen ko‘ki) lardan foydalanishni tavsiya qilmokdalar. Bular virusni o‘ldirmasada, biroq ikkilamchi infeksiyaning rivojlanishini oldini oladi va kasallikning kechishini biroz engillashtiradi.
Kasallikni oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari kompleks umumiy veterinar-sanitariya, baliqchilik-meliorativ va biotexnologik tadbirlardan iborat bo‘lib, qo‘yidagi larga qaratilgan bo‘lishi kerak:
-epizootologiya zanjirni uzish (parazit-xujayin);
-baliqlarning tabiiy rezistentligini oshirish;
-tashqi muhitda qo‘zg‘atuvchining umumiy miqdorini kamaytirish;
-veterinariya va baliqchilik ma’daniyatini oshirish.
Vet san ekspertiza. VGS qo‘zg‘atuvchisi odam va va hayvonlar uchun xavfli emas. Agarda, nosog‘lom xo‘jaliklardan ovlangan baliqlar tovarlik ko‘rinishi va sifati talabga javob bersa, hech kanday cheklovsiz is’temolga chiqariladi. Agarda, talabga javob bermasa vetvrach-ixtiopatologning tavsiyasiga ko‘ra qaynatilgandan so‘ng qishloq xo‘jalik hayvonlariga edirish mumkin.
2. Qizamiq (krasnuxa) - bu o‘ta xafvli, keng tarqalgan infeksion kasallik hisoblanadi. Bu kasallik asosan Ukrainada, SHimoliy Kav-kazda, Markaziy Osiyo respublikalarda, hamda G‘arbiy evropa mamla-katlarida keng tarqalgan. Kasallikka karp va uning yovvoyi turi – sazan moyil. Kasallik bilan kamroq karas, lin, oq amur, peshona-do‘ng kabi baliqlar kasallanadi.
Etiologiyasi. Krasnuxaning yuqumli kasallik ekanligi ancha ilgaridan ma’lum. Uning qo‘zg‘atuvchisi to‘g‘risida uzoq muddat davomida aniq bir fikr yo‘q edi. XX asrning 30-chi yillarda V.SHeperklaus uning bakteriyalar ko‘zg‘atilishi haqidagi gipotezani aytadi. Uning fikricha, krasnuxaning qo‘zg‘atuvchisi suvdagi saprofit Aeromonas punstata bakteriyasining virulentli formasi hisoblanadi, qaysikim suv havzalarning tubida uchratish mumkin. Ushbu bakteriyani sog‘lom baliqlarning ichaklaridan, to‘qimalaridan ajratib olish mumkin. Baliqlar uchun noqulay sharoit vujudga kelganida bular virulentli bo‘lib kasallik chaqirishi mumkin. Sheperklausning ma’lumot berishicha, kasallik qish faslining oxirida kuzatiladi. Sheperklausning gipotezasini hozirgacha ko‘pchilik MDX va chet el olimlari qo‘llab quvvatlaydilar. Sog‘lom baliqka Aeromonasning kuchli kulturasini yuborilganida krasnuxa kasalligini eslatuvchi, o‘lim bilan tugagan kasallik sodir bo‘lgan. Biroq, kasallikni o‘rganish jarayonida bu gipotezaga qarama qarshi fikrlar paydo bo‘ldi. Masalan, krasnuxa bilan kasallangan baliqlar organizmida hamma vaqt ham Aeromonas bakteriyasini topishga erishilmaydi. Kasal baliqlardan ajratib olingan bakteriyalar sog‘lom baliqlardan ajratib olingan bakteriyalardan hech qanday farq qilmagan. XX asrning 30-chi yillarda G.V.Epshteyn, M.A.Peshkov, G.D.Goncharov va boshqalar krasnuxaning virusli tabiati haqida o‘zlarining muloxazalarini aytishdi. Ularning fiklarini keyinchalik bir qancha chet el olimlari ham ma’qulladilar. Enshteyn kasal baliqlarning bosh miyasidagi xujayrada eozinofilli tanachalar borligini aniqlagan, lekin sog‘lom va bakteriyasining kulturasini yuborilgan baliqlarda bunday tanachalar yo‘qligini aniqlangan. Fiyan xodimlari va Svillenberg bilan birga elektron mikroskopda virusni tekshirganlar. Uning uzunligi 70-180 nm bo‘lib, shakli uzunchoq, o‘qsimon shaklda. Varionlarning bir tomoni yumaloq, ikkinchi tomoni yassi. Krasnuxa kasalligining virusini rabdoviruslar guro‘higa kiritilib, uni Rabdovirus karpio deb nomlangan.
Epizootologik ma’lumotlar. Kasallikka karp turdagi baliqlar, sazan, ularning gibridlari moyil. Kasallik bahor faslining oxiridan boshlab yoz oylarida eng yuqori cho‘qqisiga etib, kuzda kelib kamayib boradi. Ko‘pincha 2-3 yoshdagi baliqlar kasallanadi. Kasallik manbai bu kasal baliqlar, ular ajratilayotgan chiqindilar, o‘lgan baliqlar, infeksiyani tashuvchi sog‘lom baliqlardir. Suv havzalarida qo‘zg‘atuvchi suv orqali, kasal baliqlar orqali hamda ovda ishlatiladigan asbob-uskunalar orqali kiritiladi. Baliqlarda viruslar shikastlangan teri orqali, jabrasi orqali qo‘zg‘atuvchi kirib kasallikni chaqiradi. Kasallanib sog‘aygan baliqlar organizmida nisbiy immunitet hosil bo‘ladi.

Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish