Veterinariya virusologiyasi



Download 9,02 Mb.
bet112/190
Sana28.04.2022
Hajmi9,02 Mb.
#587529
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   190
Bog'liq
2 5190427342530417793

50-rasm. Virusning yuqumlilik ta’siri virusning miqdoriga bogliqligini ko‘rsatuvchi grafik.


Har bir 10 karrali suyultirilgan virus saqlovchi material bilan ushbu virusga sezgir bo‘lgan test ob’ektlarga (sichqonlar, tovuq homilasi yoki o‘stirilgan hujayra) bir xil hajmda yuqtiriladi.
Bunda har bir guruhda eng kamida 4-6 test-ob’ekt bo‘lishi kerak, agarda bu sondan kam bo‘lsa, virusning titrini statistik hisoblaganda,virus titrini o‘lchash kattaligida juda katta xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi. Ob’ektlarga yuqtirilgach virusning ta’sir natijasini (o‘lim,klinik alomatlari, patologoanatomik o‘zgarishlar yoki SPT) hisoblab, virusning qaysi turi aralashtirilgani 50% sezgir ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatganligi aniqlanadi.
50%-ta’sir ko‘rsatgan aralashma to‘gri chiziqli interpolyatsiya usuli bilan hisoblanadi. Qachonki shunday,yuqtiriladigan hajmdagi virus aralashmasi topilsa,aralashtirish tufayli topilgan miqdor (50% ta’sirga to‘gri keladi) bir NM50 saqlaydi. Shu hajmdagi suyultirilmagan virus saqlovchi material necha marta ko‘p (NM50) saqlashi, 1NM50 bergan material necha marta aralashtirilganligi aniqlanadi.
So‘ngra 50% yuqumli ta’sir ko‘rsatuvchi virus,(ml) hajmdagi virus saqlovchi materialda nechta shunday birlik saqlashini hisoblab chiqamiz, bu esa shu materialdagi virus titrini ifodalaydi. Aytilganlarni aniq misollarda yechamiz.
Demak, biz 12ml ektromeliya virusi suspenziyasini oldik va zamburuglardan ozod qilinganligiga, bakteriologik nazorat paytida ishonch hosil qildik. Vazifamiz ko‘rsatilgan suspenziyadagi virusning titrini aniqlash.
Avvalo, shu virusga sezgir bo‘lgan tirik laboratoriya sistemalaridan tanlab olamiz. Ektromeliya virusi sichqonlarning qorin pardasining ichiga yuqtirilganda o‘ldirishini tushuntiramiz.
Suspenziyamizdagi virusni oq sichqonlardan foydalanib titrlashga kirishamiz. Buning uchun ogirligi bir xil va kasallik belgilari bo‘lmagan 60-ta sichqonni tanlab olamiz. 10 katakchaga 6 sichqondan qo‘yib chiqamiz (yoki 10 litrlik og‘zi keng bankalarga) so‘ngra har bir yashik nomerlanadi.
Tekshirilayotgan virus suspenziyasidan 10 karrali ketma-ket qator aralashma tayyorlaymiz.
Suyultirish miqdori molj‘allangan virusning titriga bogliq (qancha yuqori bo‘lsa,shuncha ko‘p aralashtirish kerak). Ularni shunday aralashtirish kerakki, eng oxirgi (ancha yuqori) aralashtirish umuman yuqumli ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
Agar virusning ehtimolli titr doirasini bilish qiyin bo‘lsa, yaxshisi u vaqtda ko‘p suyultiriladi,ortiqcha suyultirish virusning titrini aniqlashga hech qachon halaqit bermaydi, oxirgi aralashtirilgan nol ta’sir ko‘rsatmasa u holda virusni titrini aniqlash qiyin yoki umuman mumkin bo‘lmaydi.
Aralashtirish darajasining kattaligiga qarab shunga mos ravishda laboratoriya hayvonlari ham tanlanadi va shularda virus titrlanadi (bizning misolimizda virusdan 10 aralashma tayyorlangan edi, shunga mos qilib sichqonlarni 6 tadan 10 guruhga bo‘lib chiqdik).
Tekshirilayotgan virus suspenziyasidan 10 ketma-ket aralashma tayyorlash uchun 10 dona tiqini bor probirka shtativga olinib, nomerlangach har biriga 9ml steril fiziologik eritmadan quyib chiqamiz, so‘ngra birinchi probirkaga tekshirilayotgan virus suspenziyasidan 1ml quyiladi, suspenziyani oxirgi tomchilarini tushirish uchun rezina nok yordamida puflanadi, shu paytda pipetkaning uchi fiziologik eritmaga tegmasligi kerak.Virus suspenziyasi olingan pipetka (3% natriy gidrookisi (NaOH), yoki kaliy gidrookisi (KOH) quyilgan idishga botiriladi.
Yangi steril pipetka yordamida probirkadagi suyuqlik pipetkaga olinadi va qaytadan probirkaga qo‘shilishi tufayli yaxshilab aralashtiriladi.
Navbatda birinchi probirkadagi aralashmadan 1ml olinib, ikkinchi probirkaga fiziologik eritmaga tegizmasdan quyiladi. Undan so‘ng uchinchi steril pipetkaga olinib, ikkinchi probirkadagi aralashma yaxshilab aralashtirilgach 1 ml ikkinchi probirkadan uchinchi probirkaga o‘tkaziladi va shunday yo‘l bilan o‘ninchi probirkagacha takrorlanadi.
Natijada virus aralashmasining 10 karrali ketma-ket qatori hosil bo‘ladi.
Probirkaga 9 ml fiziologik eritma, olinishi so‘ngra ketma-ket 1ml dan o‘tkazib quyish shart emas. Bu hajmni 2,5 yoki 10 barobar kamaytirish ham mumkin. Demak 4,5 ml fiziologik eritmadan quyib chiqib 0,5 ml dan o‘tkazish yoki 1,8 ml fiziologik eritma quyib chiqish 0,2 ml dan o‘tkazish, yoki 0,9 ml fiziologik eritma quyib chiqib 0,1 ml dan o‘tkazish ham mumkin. Shuni bilish kerakki, qanchalik hajmni kam olsak, shunchalik o‘lchash noaniq bo‘lib virusning titrini aniqlashdagi aniqlik ham kam bo‘ladi.
10-karrali ketma-ket suyultirish jarayonini quyidagi jadvaldagidek ko‘z oldimizga keltirishimiz mumkin.




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish