Veterinariya virusologiyasi



Download 9,02 Mb.
bet49/190
Sana28.04.2022
Hajmi9,02 Mb.
#587529
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   190
Bog'liq
2 5190427342530417793

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

  1. Otlarda renopnevmoniya kasalligini qaysi oilaga va avlodga kiruvchi viruslar chaqiradi?

  2. Otlarda gripp kasalligini qo’zg‘atuvchi virusning kriptogrammasi qanday?

  3. Otlarda renopnevmoniya va gripp kasalliklarining klinik belgilari?


15. Mavzu: Parrandalarda kasallik chaqiruvchi viruslar haqida umumlashtiruvchi ma’lumot.
Reja:

  1. Yuqumli laringotraxeit kasalligi virusi

  2. Marek kasalligi

  3. N’yukasl kasalligi virusi

  4. Yuqumli bronxit kasalligi virusi

  5. Parrandalarning yuqumli laringotraxeit kasalligi virusi.

Asosiy adabiyotlar.

  1. Syurin V.N., Belousova R.V., Fomina N.V. Veterinarnaya virusologiya. Uchebnik M.Kolos 1984 g.

  2. Trotsenko N.I., Belousova R.V., Preobrajenskaya E.A. Praktikum po veterinarnoy virusologii. M. Agropromizdat 1989 g.

  3. Syurin V.N., Fomina N.V. Chastnaya veterinarnaya virusologiya. Spravochnaya kniga M: Kolos 1979 g.

  4. X.K.Bazarov., A.B.Abdulakimova “Veterinariya Virusologiyasi” Samarqand – 2017y.

  5. N.James MacLachlan & Edward J.Dubovi “Fenner’s Veterinary Virology” USA 2011.

Qo‘shimcha adabiyotlar:
6. S.Luriya., Dj Darnell., D Baltemor., E.Kempbell. Obchaya virusologiya. Izd. «Mir»M. 1981 g.
7. P.N.Burgasov. Rukovodstvo po vaksinnomu i sivorotochnomu delu. M. Meditsina 1978 g.
8. M.V.Zemskov., M.N.Sokolov., V.M.Zemskov. Osnovi obchey mikrobiologii, virusologii i immunologii.Izd. «Kolos» M.1972g.


TAYANCH IBORALAR


Gastro enterit, koronovirus, sitopatik o’zgarishlar, alimentar, deskvamativ-nekrotik kamar, fluoressiyalanuvchi antitelolar, formaldegid.
Yuqumli laringotraxeit virusi kontagioz respirator kasallik bo‘lib tovuq, kurka va fazanlar kasallanadi. Kasallik sanoat parrandachiligi rivojlangan barcha mamlakatlarda uchraydi.
Klinik belgilari va patologoanatomiyasi YULT ning inkubatsion davri 2 kundan 30 kungacha bo‘lishi mumkin. Uning davomiyligi virusning virulentligiga, dozasiga, organizmga kiritish usuliga va parrandaning fiziologik holatiga bogliq bo‘ladi. Eng qisqa inkuvatsion davr 40 soattga teng bo‘lib intranizal usulda yuqtirilganda kuzatiladi.
YULT o‘ta o‘tkir, o‘tkir va surunkali kechadi. Kasallikning engil va atipik shakllari, lokalizatsiyasiga qarab esa laringotraxeal va konyuktival shakllari farqlanadi.
Birinchisi odatda yutal, bo‘gilish, xirillash bilan o’tadi. Konyuktival shakl jo‘jalarda kuzatiladi va kataral yoki fibrinoz konyuktivit bilan xarakterlanadi.
Laringotraxeal shaklda yorib ko‘rilganda asosiy o‘zgarishlar xiqildoqda tiqilishini va shilliq pardasida notekis, qizg’ish tusda shishgan, qalinlashgan.
Kekirdak epiteliy hujayralarida zararlashdan 12 soat o‘tgandayoq yadro ichki kiritmalini (A tipi) ko‘rish mumkin (Zeyfrid 1931 yilda aniqlagan).
Virus bo‘lakchasining o‘lchami 87-97 nm va bitta qalinligi 10 nm bo‘lgan qobiqga ega, nukleoidlari strukturasi bo‘yicha sezilarli farqga ega.
Laringotaxeit virusi lipotitik moddalar issiq va dezinfektantlar ta’siriga sezuvchan. Liofillangan holatda yoki -20-600C da uzoq vaqt saqlanadi. 550C da virus 10-15 daqiqada va 380 da 48 soatda parchalanadi. 370 da kekirdak shillig‘ida virus 44 soatgacha, 250C da xorioallantois pardasida 5 soatgacha saqlanadi. Kasal parrandalar kekirdagidan olingan patologik materialda -8-100C darajada virus 370 kungacha saqlanadi, muzlatilgan parranda go‘shtida 19 oydan ortiq faolligini saqlaydi. 1% li o‘yuvchi natriy va 3 %li krezol eritmalarida virus 30 soniya ichida to‘liq inaktivatsiyalanadi.
Virusning gemagglyutinatsiyalovchi xususiyati GAR, GATR lar yordamida aniqlanadi. Tabiiy sharoitda virus barcha yoshdagi tovuq va fazanlarni zararlaydi.
Virus asosan nafas yo‘llaridan, kamroq jigar va taloqdan ajratiladi. Kasallanib sog‘aygan hayvonlar 2 yilgacha virus tashuvchi bo‘lib qolishi mumkin.
Kasallikning manbai kasal va kasallanib sog‘oygan hayvonlar hisoblanadi.
Diagnoz epizootologik ma’lumotlar, klinik belgilari, patologoanatomik o‘zgarishlar va laboratoriya tekshirishlari bilan qo‘yiladi.
Kasallikni oldini olishda turli xil vaksinalar qo‘llaniladi.

Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish