Veterinariya virusologiyasi


MAVZU: Diagnostik masalalarni echish



Download 9,02 Mb.
bet141/190
Sana28.04.2022
Hajmi9,02 Mb.
#587529
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   190
Bog'liq
2 5190427342530417793

MAVZU: Diagnostik masalalarni echish


Mashg‘ulotning maqsadi-talabalarning virus kasalliklariga diagnoz qo‘yish usullari bo‘yicha bilim saviyasini oshirish, diagnoz ishlarida dastlabki malaka hosil qilishni oshirish va viruslar bilan ishlashning umumiy usullarini tajribada qo‘llash bo‘yicha tushunchalar berish.
Diagnoz qo‘yish jarayonini diagnostika deb ataladi.
Diagnostika esa kuzatishdan va kasal hayvonni tekshirishdan olingan patmateriallarni tekshirishdan, tekshirish natijalarini baholash va tahlil qilishdan iborat. Kasallikning chiqish sababini va kasallikning shaklini va kasal hayvon organizmining holati to‘g‘risida xulosa qilish.
Yuqumli kasalliklarni samarali davolash usullari ishlab chiqilmaguncha ular bilan kurashish diagnoz qo‘yib unga qarshi profilaktik tadbirlar o‘tkazish bilan chegaralaniladi xalos;
Shuning uchun virus keltirib chiqaradigan yuqumli kasalliklarga diagnoz qo‘yish ularga qarshi kurashish tadbir choralar sistemasida hal qiluvchi o‘rinni egallaydi.
Tez va to‘g‘ri qo‘yilgan diagnoz virus kasalliklarining kelib chiqishini bartaraf etishni ta’minlaydi, bu esa epizootik holatni konkret aniqlashga imkon beradi va sog‘lomlashtirish tadbir-choralarini maqsadga muvofiq o‘tkazishga yordam beradi.
Noto‘g‘ri qo‘yilgan diagnoz yoki kechiktirilgan diagnoz esa, kelib chiqqan kasallikning tarqalishiga imkon yaratadi, uni bartaraf qilish tadbir-choralarini o‘tkazishni qiyinlashtiradi, ko‘plab iqtisodiy zarar etkazadi, ayniqsa tez tarqaluvchi yuqumli virus kasalliklarida (oqsil yoki juda og‘ir kechuvchi chochqalarning o‘lati) misol bo‘la oladi.
Shu sababli virus kasalliklariga diagnoz to‘g‘ri va tez qo‘yilishi kerak. Afsuski bu ikki talab bir-biriga zid, diagnoz qancha shoshilinch ravishda qo‘yilsa, natijasi ham uncha to‘g‘ri bo‘lmaydi, shuningdek diagnoz qancha kech qo‘yilsa natijasi aniqroq bo‘ladi.
Ko‘pchilik hollarda diagnoz qo‘yish uchun, bir qancha tahlil va bir butun har xil ma’lumotlar majmuasini to‘plash kerak.
Shuning uchun diagnoz uzoq va o‘ylab qilingan mehnatning natijasidir. Odatda o‘rganiladigan ma’lumotlar majmuasi quyidagilardan iborat: kasallikni kelib chiqishi haqidagi epizootologik ma’lumotlar; kasallikning belgilari; organizm a’zolaridagi va to‘qimalardagi patologoanatomik o‘zgarishlar; hayvonlardan olingan patologik materialni laboratoriyada tekshirish natijalari.
Virus kasalliklariga diagnoz qo‘yish qoidaga asosan ikki bosqichni o‘z ichiga oladi: kliniko-epizootologik (laboratoriyagacha) diagnoz xo‘jalikda amalga oshiriladi va kasallikga dastlabki diagnoz qo‘yish imkonini beradi. Laboratoriya diagnozi ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarda o‘tkaziladi (yoki laboratoriya bo‘limlarida) va oxirgi diagnoz qo‘yishga imkon beradi.
Olingan ma’lumotlar diagnostikaning birinchi bosqichida ishlatiladi. Bularga esa kasallikning klinik belgilari, epizootologik ma’lumotlari va yorib ko‘rish natijalari (patologoanatomik o‘zgarishlar) jalb qilinadi.
Epizootologik ma’lumotlar hayvonlarni kasallanish sababi, xududlarga tarqalish tezligi, kasallangan hayvonlarning turlari, kasallikning kechishi va rivojlanish sur’ati haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Kasallikning alomatlari deb klinik tekshirish paytida kuzatilgan kasallikning belgilariga aytiladi.
Bu o‘zgarishlar (normaga qaraganda) quyidagilardan iborat, tana harorati, nafas olishning soni va shakli, tomir urishining soni, ishtahaning buzilishi, xulq atvorning o‘zgarishi, terining va shilliq pardalarning holati, ovqat hazm qilish va chiqarish organlarining faoliyati va boshqalardir.
Patologoanatomik o‘zgarishlar o‘lgan va majburiy o‘ldirilgan hayvonlarni yorib ko‘rish natijasida aniqlanadi. Ular mikroskopik o‘zgarishlar ya’ni hujayralarda, to‘qimalarda yuz beradi va gistologik usullar bilan aniqlanadi, hamda sog‘lom hayvon organizmi a’zolarida uchramaydigan o‘zgarishlarga (shakli, kattaligi, rangi konsistensiyasi, holati, tugunchalar paydo bo‘lishi, qon quyilishlar) bo‘linadi.
Kasallikning yuqumli yoki yuqumsizligini aniqlash uchun olingan ma’lumotlar etarli bo‘ladi. Yuqumli kasallikda, to‘plangan ma’lumotlarni diqqat bilan tahlil qilish va ularni taqqoslash tufayli qaysi kasallik mavjud ekanligini aytib berish mumkin.
Shuningdek ularning har qaysi (virus va boshqa qo‘zg‘atuvchilar chaqiruvchi) o‘ziga xos ajralib turadigan klinik belgilar kompleksi epizootologik holat va patologoanatomik o‘zgarishlar bilan kechadi. Bunday holatda qo‘yilgan klinikoepizootologik diagnoz ishonchli hisoblanadi. Ammo ko‘p hollarda u dastlabki va taxminiy diagnoz hisoblanadi; ayniqsa viruslar chaqiruvchi bir qator yuqumli kasalliklarda epizootologik ma'lumotlar, klinik belgilar va ulardagi patologoanatomik o‘zgarishlar bir-biriga juda o‘xshash bo‘lganligi tufayli kasallikni to‘lasincha ishonch bilan aniqlashning imkoni bo‘lmaydi.Undan tashqari kasallik bir yoki bir nechta etiologik faktorlarga (masalan, ikki xil virus bilan yoki bir vaqtda virus va bakteriyalar bilan kasallik chaqirganda) diagnoz qo‘yish jarayoni yanada murakkablashadi.
Ayrim vaqtlar kasallikning klinik belgilarini kuzatib epizootologik va patologoanatomik ma’lumotlarni o‘rganib ishonchli diagnoz qo‘yish mumkin.
Masalan, kasallik yirik shoxli hayvonlarni va cho‘chqalarni bir vaqtda zararlab, juda o‘tkir kechishi va nihoyatda tez tarqalib qisqa vaqt ichida sruv-sruv hayvonlarni kasallantirsa, otlar esa bu kasallikga chalinmasa, kasallangan hayvonlarning og‘zida aftalar hosil bo‘lib ko‘p so‘lak ajralib tursa va tuyoqlarining orasida ham jarohatlar kuzatilsa u holda bemalol oqsil kasalligi deb diagnoz qo‘yish mumkin. Bunday paytda oqsil kasalligi qo‘zg‘atuvchisining turini va variantini aniqlash kerak bo‘ladi.
Dastlabki diagnozning taxminiy xarakteri juda ham katta ahamiyatga ega, chunki diagnoz juda qisqa vaqt ichida qo‘yiladi va veterinar vrachlar birdaniga bir necha kasallikka shubha qiladi.
Virus kasalliklarining oxirgi diagnozi ko‘p hollarda laboratoriya tekshirishlarining natijalari asosida qo‘yiladi. Odatda laboratoriyada tekshirishlarini o‘tkazish uchun kasal hayvonlardan olingan patologik materiallar talab qilinadi.
Tekshirishning vazifasi patologik materialda virus antigenlarini topish va ularning turini aniqlashdan iborat.
Virusning aktiv shakllarini unga sezgir laboratoriya hayvonlarida biologik sinab ko‘rishni o‘tkazish yo‘li bilan topiladi yoki kam hollarda–gemagglyutinatsiya reaksiyasi yordamida topiladi.
Hayvon organizmida viruslarning borligini qon zardobida virusga qarshi antitelolarning borligidan va ulardan olingan patmaterialda esa virus antigenlari mavjudligini bilamiz. Ularni topish va farqlash serologik reaksiyalar yordamida bajariladi. Shu bilan bir qatorda organizmda virusning borligini patmateriallarda virusning kiritma-tanachalarini topish yo‘li bilan ham aniqlanadi.
Bularning barchasi mikroskopik usullar bilan topiladi. Virus kasalliklarining laboratoriya diagnostikasini uch guruhga bo‘lish mumkin.

Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish