Alyarioz (Alariosis)
Alyariozning qo‘zg‘atuvchisi – trematoda Alaria alata, etilgan davrida it va boshqa go‘shtxo‘r hayvonlar oshqozon va ichagida joylashadi. Bu trematoda ko‘pgina davlatlarda uchraydi.
Morfologiyasi. Alyariylarning uzunligi 2,4-4,4 mm, eni maksimal 1,2-2,1 mm. Tanasining old tomoni yalpoq, orqa tomoni silindrik shaklda. Parazitning xarakterli belgisi bu og‘iz so‘rg‘ichi oldida quloqsimon bo‘rtiqlar mavjud. Alyariylarning jinsiy organlari gelmintni orqa silindrik qismida joylashadi. Jinsiy teshik tanasini orqa uchida joylashadi. Sariq rangdagi tuxumlarning uzunligi 0,107-0,131 mm, eni 0,063-0,093 mm.
Rivojlanishi. Invaziyalangan itlarning axlati bilan alyariylarni tuxumi suvga tushadi, unda ikki haftadan keyin qurtcha – mirotsidiy chiqadi, ular faol harakat qilib oraliq xo‘jayin mollyuskalar Planorbis planorbis va P.vortex ning tanasiga kirib oladi. Ular organizmida miratsidiyalar serkariy bosqichigacha rivojlanadi, bu 1 ½-2 ½ oy davom etadi. Mollyuskadan chiqqan serkariyalar qo‘shimcha xo‘jayin itbaliq va baqalar to‘qimasiga faol kirib borib metatserkariyagacha rivojlanadi.
It, tulki, shog‘ol va boshqa itsimon oilasiga kiruvchi hayvonlar alariozni metatserkariy bilan invaziyalangan itbaliq, baqalarni eb yuqtiradi. Itlar organizmida parazitni jinsiy balog‘atgacha o‘sish davri 30-45 kun davom etadi. Alyariylarning metatserkariylari itning hazm qilish traktiga tushgani bilan birdaniga jinsiy balog‘at davrigacha rivojlana olmaydi. Ular oldin sista pardalaridan chiqib oshqozon yoki ichak devorini perforatsiya qilib qorin bo‘shlig‘iga tushadi. Keyinchalik diafragmadan o‘tib ko‘krak bo‘shlig‘iga o‘tib o‘pkaning parenximasiga kiradi. Bu erda ikki hafta ichida birinchi bosqich rivojlanishi tugaydi va o‘pkadan bronx, kekirdak va xalqum qizilo‘ngach orqali itlarni oshqozon-ichak traktiga tushib, u erda tez orada jinsiy balog‘atga etadi. Alyariylarning rivojlanish davrida rezervuar xo‘jayinlar qatnashadi, ularga sichqon, ko‘r sichqon, sassiq quzan, sobol, norka va boshqalar kiradi. Rezervuar xo‘jayinlar alyariyni metatserkariylari bilan zararlangan baqa yoki itbaliqlarni eyishi natijasida invaziyaga uchraydi.
Patogenez. Itning oshqozonidan qorin bo‘shlig‘iga, undan keyin o‘pkaga metatserkariyalar migratsiya qilganda organ va to‘qimalarda, ayniqsa o‘pka parenximasida yallig‘lanish o‘choqlari paydo bo‘ladi. alyariylarni intensiv invaziyasida oshqozon va ingichka ichaklarni shilliq pardasida yallig‘lanish rivojlanadi.
Klinik belgilar. Sust invaziyada klinik belgilar sezilmaydi. YOsh itlar ko‘p miqdorda metatserkariylarni yutsa bir necha kundan keyin tna harorati ko‘tariladi, jabrlanish boshlanadi, nafas olish qiyinlashadi, o‘pkada xishillash tovushi eshitiladi, bu o‘pkani kataral yallig‘lanish belgilari bo‘lib, o‘lim darajasini ko‘paytiradi, asosan yosh itlar orasida. Kuchli invaziya bo‘lganda ishtaha pasayadi va qayt qilish, ich ketish kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |