Patalogoanatomik o‘zgarishlar. O‘lgan itlarning o‘pkasida yallig‘lanish o‘choqlari, oshqozon va ichaklar shilliq pardasi qizarish belgilari kuzatiladi
Tashxis. Tashxis kasal itlarning axlatini bir necha marta yuvib alyariy tuxumlarini topishga asoslanib qo‘yiladi.
O‘lgandan keyin organ va to‘qimalarda alyariy qurtchalarini topishga asoslangan.
Degelmintizatsiya. Oshqozon-ichaklardagi alyariylarni yo‘qotish maqsadida arekolin bilan degelmintizatsiya qilinadi, miqdori 0,002-0,003 g/kg.
Oldini olish va qarshi kurashish. Buning uchun itlarga alyariylarni qo‘shimcha va rezervuar xo‘jayinlarini eyishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Alyariy tuxumlarini suvga tushishini oldini olish maqsadida itlarning axlati har kuni yopiq idishga yig‘ishtirilib axlatxonalarda yo‘qotiladi.
Dirofilyarioz (Dirofilariosis)
Dirofilyarioz – transmissiv, zoonoz invazion kasallik bo‘lib, yurak, o‘pka, jigar va buyrakning zararlanishi bilan xarakterlanadi. Dirofilyarioz bilan it, mushuk, yovvoyi go‘shtxo‘rlar va odam kasallanadi.
Qo‘zg‘atuvchi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi – nematodalar Onchocercidae oilasiga mansub Dirofilaria immitis, D. repens va boshqalar. D. immitis yurakning o‘ng qorinchasida, o‘pka arteriyasida, venada, D. repens esa teri osti kletchatkasida parazitlik qiladi. Ayrim hollarda dirofilyariyalar odatli bo‘lmagan joylarda aniqlanadi: qorin bo‘shlig‘ida, ko‘z, bosh va orqa miyada.
D. immitis va D. Repens ancha katta nematodalar, rangi och-sariq, uchi noziklashgan. D. Immitisning etuk urg‘ochisining uzunligi 25-30 sm, D. Repensning uzunligi 10-17 sm, ular tirik tug‘adigan, lichinkalari (mikrofilyariylar)ning uzunligi 0,22-0,30 mm, eni 0,005-0,007 mm bo‘ladi.
Rivojlanishi. Dirofilyariyalarning oraliq xo‘jayini Culex, Aedes va Anopheles avlodiga mansub pashsha (chivin)lar.
Dirofilyariyalarning urg‘ochisi qonga lichinkalarni tug‘ib tashlaydi, ayniqsa kechqurun va kechasi pashshalar faol bo‘lgan davrda ular periferik qonda yig‘iladi. Bitta otalangan urg‘ochi 5-30 mingtagacha lichinka tashlaydi, ular qonda katta parazit o‘lgandan keyin ham ikki yarim yil sirkulyasiya qiladi. Lichinkalar qon bilan chivin organizmiga tushadi, malpigiev tomirlardan o‘tib 10-15 kunda invazioniga aylanadi, shundan so‘ng chivinni boshiga o‘tib og‘iz apparatida yig‘iladi. CHivin og‘iqlanganda lichinkalar hayvonning qoniga tushadi, qon tomirlarda migratsiya qiladi va 3-4 oydan keyin ikki marta tullab doimiy joylashish joyiga boradi, chunonchi D. Immitis lichinkasi yurakning va o‘pkaning katta tomiriga va yurakka, D. Repens teri osti kletchatkasiga boradi. D. Immitis 7-9 oyda, D. Repens 6-8 oyda jinsiy voyaga etadi.
Tarqalishi. Dirofilyarioz asta-sekin subtropik iqlimdan boshqa iqlim sharoitiga tarqalmoqda. Dirofilyarioz Amerika, Osiyo, Avstraliya va Janubiy Evropa uchun endemik hisoblanadi. D. Immitis ning invaziya hollari Buyuk Britaniya, Niderlandiya, SHvetsiya, Vengriya, Bolgariya, Rumыniya, SHveysariya, Avstriya, Polsha va Germaniyada aniqlangan. Sobiq SSSR davlatlaridan Markaziy Osiyo, Kavkaz orti, Rossiya, Qozog‘iston, Ukrainada kasallik kuzatilgan. O‘zbekistonda dirofilyarioz kasalligi Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida itlar orasida aniqlangan.
Dirofilyarioz uchun mavsumiylik xos. Hayvon va odamlarda kasallikning yuqishi chivinlarni ko‘payishi bilan bog‘liq (apreldan noyabr oylarigacha).
Do'stlaringiz bilan baham: |