Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qumitasi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/39
Sana24.06.2022
Hajmi2,38 Mb.
#701131
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
ҚХМ Услубий қўлланма

 
 


39 
AMALIY MASHG’ULOT №-9 
MAVZU: DON TOZALAGICHLARNI O‘RGANISH. 
 
Ishning maqsadi:
Boshoqli ekinlarni mashina bilan o’rib-yig’ib olishga 
qo’yilgan agrotexnik talablar, mashinaning tuzilishi, tasnifi hamda ishlashi haqida 
tushunchalar berish.
Jixoz va asbob uskunalar:
G’alla o’rish va yig’ish kombaynlariga oid 
plakatlar, kombaynlar asosiy ish organlarining namunalari, o’lchov lineykasi, 
klyuchlar. 
Ishni bajarish tartibi:
Don tozalash mashinalarining tuzilishi, ishlashi va rostlashlar. 
MPO-50 mashinasi. Uning yordamida kombayndan kelayotgan donli, dukkak 
donli va yorma ekinlar aralashmasi, shuningdek 20% gacha aralashmalari bor, 
dastlabki namligi 35% gacha bo’lgan hamda ularni ajratib olish to’liqligi 50% dan 
kam bo’lmagan makkajo’xori, kungaboqar va jo’xori iflos aralashmalardan 
tozalanadi.Pnevmoseparasiyalash kanali silkituvchi urgichi bor turli transportyor, 
diametral ventilyator, shnekli yi g’ish kamerasi, drossel zaslonkali havo keltiruvchi 
kanal mashinaning asosiy yi g’ish birliklaridir. 
Ish vaqtida tozalanadigan aralashma yuklash potrubkasi va shnek vositasida 
turli transportyorga uzatilib, undan yirik aralashmalar tushib ketadi va potrubka orqali 
mashinadan chiqarib tashlanadi. Donli aralashmaning qolgan komponentlari 
taminlash darchasi orqali qiya joylashgan pnevmoseperasiyalash kanaliga keladi va 
diametral ventilyator vujudga keltirayotgan havo kanalda donli aralashmadan yengil 
aralashmalar ajralib chiqadi, havo oqimi esa yi g’ish kamerasida ulardan tozalanib, 
yana ventilyatorga keladi va havo o’tkazish kanali orkali pnevmoseperasiyalash 
kanaliga uzatiladi.Tozalangan don potrubka orqali mashinadan, yengil aralashmalar 
esa shnek vositasida yi g’ish kamerasidan chiqarib tashlanadi. 
Mashinaning ish unumi donli aralashmani uzatish tezligi bilan, havo oqimining 
tezligi, yani tozalash sifati esa drossel zaslonkasini burib rostlanadi. 
Ko’chma OVP-20A aralashma tozalagichi yuklash transportyori, qabul 
kamerasi, havo sistemasi, ikkita g’alvirli stan, yuk ortish qurilmasi hamda yurish 
mexanizmidan tashkil topgan. 
Yuklash transportyori qirgichli kiya transportyor va ular bilan sharnirli 
birikkan ikkita sidiruvchi taminlagichni o’z ichiga oladi.Qabul kamerasining pastki 
qismida qovir g’ali ikkita taminlash valigi o’rnatilgan; ularning har birining ostiga 
rostlash 
klapani 
joylashgan.Havo 
sistemasi 
ikkita 
aspirasion 
(pnevmoseparasiyalovchi) kanallar, o’tkazuvchi kanal, ventilyator, yi g’ish kamerasi, 
inersion chang ajratgich va yengil chiqindilar pnevmotransportyoridan tashkil topgan. 


40 
Tebranib turuvchi g’alvirli stanga g’alvirlar B
1
, B
2
, V va G mahkamlangan. 
G’alvirlarga pastki tomondan qayta-ilgarilama xarakatlanuvchi cho’tkalar tegib turadi 
va g’alvirlar ko’ziga ilinib qolgan donlarni turtib tushiradi. 
Mashina ishlayotganda yuklash transportyori va shnek vositasida don qabul 
kamerasining taminlash valiklariga va undan keyin aspirasion kanallarga 
uzatiladi.Shnekning kojuxida rostlanuvchan nov-don to’kkich bo’lib, undan ortiqcha 
don to’kiladi.Ventilyator vujudga keltirgan havo oqimi yengil aralashmalarni yi g’ish 
kamerasiga olib ketadi, u yerda aralashmaning bir qismi cho’kib qoladi, birmuncha 
yengil aralashmalar esa pnevmotransportyorga kelib tushadi.Yengil aralashmalardan 
tozalangan don g’alvir B
1
ga keladi, u donlarni taxminan ikki teng qismga ajratib 
saralaydi. G’alvir B
2
ko’zidan barcha donlar to’ppa-to’ g’ri o’tishi zarur.Yirik 
aralashmalar esa g’alvirdan tushib ketadi.Ketma-ket qo’yilgan g’alvirlar V va G bir 
xil ko’zlidir, bunda ko’zlardan to’ppa-tu g’ri o’tgan mayda aralashmalar qiya taxta 
bo’ylab pnevmotransportyorga to’kiladi. G’alvir B
2
ko’zlari orqali o’tgan don 
yuqorigi qiya taxtaga, undan esa qabul qilgichga tushadi, bu yerga, shuningdek
g’alvir G dan tushgan donlar ham keladi.Tozalangan don yuklash transportyoriga 
to’kiladi, transportyor ularni transport vositasining kuzoviga yoki uyumga uzatadi. 
Mashinaning ish unumi dastalarni burib, taminlash valiklari bilan klapanlar 
orasidagi zazorni (yuqoriga burganda zazor kattalashadi, pastga burganda esa 
kichiklashadi) o’zgartirib rostlanadi.Aspirasion kanallardagi havoning tezligi 
aspirasion kanalni ventilyator bilan biriktiruvchi o’tkazish kanalining devoriga 
joylashgan darcha o’lchamiga qarab o’rnatiladi. 
4.2.1 -jadval 

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish