32
Mikro va makroorganizm o‟rtasidagi munosabat.
Infeksion jarayonlarda mikro
va makroorganizmlar o‘rtasida murakkab munosabatlar mavjud.
Bu esa moslanish
natijasi bo‘lib, mikrob hujayralarining
miqdori va virulentligi, rezistenligiga bog‘liq.
Makroorganizm rezistentligi esa boshqa qator faktorlarga bog‘liq. Infeksion jarayonning
rivojlanishi va kasallik belgilarining paydo bo‘lishi uchun
mikrob hujayralarining
ma‘lum miqdori va qulay sharoit bo‘lishi kerak.
Ko‘pchilik hayvonlar patogen mikroblarni tashuvchi bo‘lib,
ularda kasalllik
belgilari namoyon bo‘lmaydi. Moyil emas organizmda ko‘p mikroblar o‘zlari
uchun
qulay sharoit topa olmaydi va ko‘pchiligi o‘ladi. Infeksion
jarayonning rivojlanish
tezligi qo‘zg‘atuvchining kirish joyiga bog‘liq,
joylashib,
rivojlanadigan joyiga
yaqinroq bo‘lsa, kasallik tezroq paydo bo‘ladi. Masalan tuberkulyozda qo‘zg‘atuvchi
o‘pkaga tushsa, qutirishda-nerv to‘qimasiga tushsa ayniqsa
bosh yoki orqa miyaga
yaqin joyda infeksion jarayon tez rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: