Mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibi.
Suv mikrob hujayrasi hayot faoliyati bog‘liq bo‘lgan asosiy komponentlardan
biridir. Uning miqdori o‘rtacha 75- 85 % ni tashkil etib, birikkan va erkin holatda
bo‘ladi. Hujayra sporasida suv birikkan, vegetativ shaklida esa erkin holatda bo‘ladi.
Sitoplazma tarkibiy qismi sifatida suv- oqsil, uglevod, yog‘ molekulalari va boshqa
birikmalari bilan birikkan bo‘ladi. Shuning uchun erituvchi bo‘lolmaydi. Erkin suv
kristall moddalar uchun erituvchi, ionlar va elektr zaryadlarini harakatlantiruvchi muhit
sifatida xizmat qiladi. Suv ishtirokida hujayrada fiziologik va biokimyoviy jarayonlar
kechadi.
Mikroblarning 15- 25 % ni quruq moddalar tashkil etadi: 8-15 % azot, 45- 55 %
uglerod, 25-30 % kislorod, 6-8 % vodorod, 2-15 % mineral moddalar(makroelementlar
– oltingugurt, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir, sisiliy, xlor va mikroelementlar –
margenes, molibden,sink, mis, kobalt, nikel, vanadiy, bo‘r) Ana shu organogenlar va
ularning birikmalaridan mikroorganizmlar oqsil, uglevod, lipid, nuklein kislotalari,
fermentlar, vitaminlar va h.k larni sintezlaydi.
Organik moddalar ichida oqsil hujayraning eng muhim hayotiy moddasi
hisoblanadi. Patogen mikroblar tanasida
oqsil
quruq moddalarning yarmidan ko‘pini,
boshqalarida esa 80 % gacha miqdorini tashkil qiladi. Antigen, toksin, fermentlar –
oqsil bo‘lib, mikrob hujayrasi hayotida ularning ahamiyati katta.
Uglevodlar
mikrob hujayrasida polisaxaridlar bilan ifodalanadi. Sitoplazmada
uglevodlar kraxmal va glikogen donachalari ko‘rinishda bo‘ladi. Ular asosan energetik
material sifatida xizmat qilib, mikrob hujayra sida 12 dan 18 % cha bo‘ladi.
Azotabakteriyalar, kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi va h.k. lar kabi kapsulali mikroblar
uglevodlarga boy.
Har bir mikroorganizmda ma‘lum polisaharid bo‘lib, mikrobni farqlash ga imkon
beradi. Uglevodlardan tarkib topgan patogen mikrob kapsulasi ularning virulentligini
oshirib, himoya vazifasini bajaradi.
Lipidlar
. Ularning miqdori 3,8 dan 40 % cha bo‘ladi. Lipidlar sitoplazmaning
ma‘lum tuzilishini qo‘llab turadi va sitoplazmatik membrana tarkibiga kiradi. Lipidlar
mikrob hujayrasida bir xilda taqsimlanmagan. Sitoplazmaning yuza qavati va hujayra
qobig‘ida ko‘proq uchraydi. Lipid va lipoidlar mikroblarning kislota va boshqa
moddalarga
chidamliligini
oshiradi.
Tuberkulyoz,
cho‘chqa
saramasining
qo‘zg‘atuvchilarini spora va kapsulasi bo‘lmasa-da, lipidlar yordamida ular tashqi
muhitning noqulay sharoitlarida uzoq vaqt saqlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |