Kultural xususiyatlari.
Trixofiton avlodi zamburug‘lari oziqa muhitlarda sekin
o‘sadi. Uni o‘stirish uchun saburo agariga ekiladi. Qo‘zg‘atuvchi-aerob, 26-28
0
C da
o‘stirilganda 10-20 sutkada silliq, terisimon, qatlam-qatlam ba‘zida unsimon qatlamli
koloniyalar hosil bo‘ladi. Koloniyalardan oziqa muhitga kuchli, chuqur shoxlanish
paydo bo‘ladi. Qo‘zg‘atuvchining to‘rt xil mikrokonidiysi bor: endo-, yoki artrosporalar
(3-7 mkm); xlamidosporalar (7-10mkm),shuningdek makrokonidiylari (uzunligi 15-
20mkm,eni 3-5mkm, 5-8ta kameradan tarkib topgan yirik,urchuqsimon sporalar)
miseliy uchlarida bitta yoki to‘p bo‘lib joylashadi.
Chidamliligi.
Trixofiton turlarining tashqi muhit ta‘siriga chidamliligi har xildir.
G. S. Ryabovoy ma‘lumoti bo‘yicha zax, qorong‘u, shamollatib turilmaydigan
molxonalarda zamburug‘lar 10 yilgacha saqlanadi. Patmaterialda virulentligi 1,5 yil
tuproqda 2 oy saqlanadi. Ultrabinafsha nurlari zamburug‘larni kulturada ham,
patmaterialda ham 30 daqiqada o‘ldiradi. 80-90
0
C qizdirilgan suvda 7-10 daqiqa,
qaynatish 7-10 daqiqa, quruq issiqlik (60-62
0
C)
Do'stlaringiz bilan baham: |