Biopreparatlar.
Botulizmning machsus oldini olish uchun anatoksinlar qo‘llaniladi.
Hayvonlardan faqat norkalar emlanadi.Oldini olish maqsadida norkalar botulizmga
qarshi formol kvassli anatoksin vaksina bilan emlanadi. Vaksina songa, mushaklar
orasiga 1 ml. miqdorda yuboriladi. Immunitet 2-3 haftadan keyin hosil bo‘lib, bir
yilgacha saqlanadi.
BOTULIZMNING LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI
Laboratoriyaga tekshirish uchun gumon qilingan oziqalardan namunalar (silos, don,
kombikorm, go‘sht va baliq chiqindilari), shuningdek o‘lgan hayvonlarning
oshqozonidagi massa, jigar bo‘lakchasi va kasal qayvonlarning qoni yuboriladi.
Patologik material hayvon o‘lganidan keyin 2 soatdan kechiktirmasdan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |