Morfologiyasi va tinktorial xususiyatlari.
Cl. botulinum
bo‘yalgan preparatlarda
uchlari qayrilgan, uzunligi 4-9 mkm, eni 0,6-0,8 mkm tayoqchalar ko‘rinishida bo‘ladi.
Bakteriyalar alohida yoki juft, ba‘zida qisqa zanjir shaklida joylashadi. Mikrob
harakatchan- peritrix. Sporalari oval shaklida bo‘lib, hujayra markazida yoki chekkalariga
yaqin joylashadi. U teniis raketkasi shaklini eslatadi. Kapsula hosil qilmaydi. Vegetativ
hujayralari anilin bo‘yoqlar bilan yaxshi bo‘yaladi. Yosh kultura va to‘qimadan
tayyorlangan preparatlarda grammusbat, eski kulturalarda- grammanfiy bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |