Antigen tuzilishi.
Qotma klostridiylarining harakatchan shtammlari somatik-
O
va
xivchinli-
H
antigenga ega. Faqat
O
- antigen harakatsiz. Termolabil
H
-antigen
mikrobning maxsus tipligini ifodalaydi.
Laboratoriya diagnozi
. Laboratoriyaga tekshirish uchun jarohat sekreti,
zararlangan joyning eng chuqur qatlamlaridan olingan to‘qima bo‘lakchalari yuboriladi.
O‘lgan hayvonlardan bundan tashqari (5-10 ml) qon, jigar va taloq bo‘lakchalari
olinadi.
Laboratoriya tekshirishlari ikki yo‘nalishda olib boriladi: toksinni ajratish,
qo‘zg‘atuvchi kulturasini ajratib uning zararliligini aniqlash.
Patmaterialdan surtma tayyorlanadi, oziq muhitlarga ekiladi, oq sichqonlarda
biosinov qo‘yiladi va 10 kun kuzatiladi. Ijobiy natijada 2-3 kunda kasallik belgisi
namoyon bo‘ladi.
Tekshirilayotgan materialda qotma toksini ajratilsa, kulturani ajratish uchun
tekshirish o‘tkazilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |