Veterinariya m I k r o b I o L o g I y asi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/120
Sana20.06.2023
Hajmi0,82 Mb.
#952640
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120
Bog'liq
Veterinariya m I k r o b I o L o g I y asi

Immunitet
kasallanib, tuzalgan hayvonlarda paydo bo‘ladi. U infeksion – nosteril 
va infeksiyadan keyingi steril bo‘lishi mumkin. U organizmda qo‘zg‘atuvchining 
qancha vaqt saqlanishiga bog‘liq. 
Diagnozi
.Brusellyoz bilan kasallangan hayvonlarni o‘z vaqtida aniqlash, bunday 
xavfli kasallikni yo‘q qilishda juda muhim ahamiyatga ega. Brusellyozga diagnoz 
qo‘yish materialni laboratoriyada tekshirish (bakteriologik va serologik) hamda 
hayvonlarni xo‘jaliklarda allergik tekshirishdan iborat. Rejali serologik va allergik 
tekshirishlar kasal va kasallikka gumon qilingan hayvonlarni aniqlashning asosiy 
usullari hisoblanadi. 
Tirik hayvonlardan laboratoriyaga tekshirish uchun tashlangan homila yoki uning 
ikki tarafdan boylangan oshqozoni, plasentasi, yo‘ldoshi, sut, abssess va gigrom 
suyuqliklari, qo‘chqorlardan urug‘donning o‘zgargan qismlari, bezlar yuboriladi. 
O‘lgan hayvonlardan esa parenximatoz organlar va limfa tugunlari yuboriladi. 
Homila tashlagan hayvonlardan brusellyozga serologik tekshirish uchun qon ham 
yuboriladi. 
Bakteriologik diagnoz qo‘yish: 
1. Patmaterialdan tayyorlangan surtmalarni mikroskopiya qilish. Surtmalar Gram 
va maxsus usullardan birida bo‘yaladi. Gram usulida brusellalar qizil, boshqa 
hujayralar ko‘k rangda, Kozlovskiy usulida ham brusellalar qizil, boshqa hujayralar 
yashil rangga bo‘yaladi. 
2. Toza brusella kulturalarini oziqa muhitida ajratish. Yuqorida aytib o‘tildi. Go‘sht 
– peptonli jigarli bulon, eritrit agar. Begona mikroflora bilan ifloslangan patologik 
materialdan brusella kulturasini ajratish uchun oziq muhitga 1:100 000-1:250 000 
gensianviolet, 1:500 000 malaxit ko‘ki, yoki 1:100 000 kristallviolet qo‘shiladi. 
Ekmalar bir oy o‘stiriladi. Har haftada ko‘rib boriladi. Ajratilgan kulturaning 
xususiyatlari o‘rganiladi. 
3. 
Biosinov 
350 - 400 - gramm vaznli dengiz cho‘chqalari yuragidan qon olinib 
zardobi RA usulida brusellyozga tekshiriladi. 1 : 5 nisbatda manfiy natija olinsagina 
ularda biosinov qo‘yish mumkin. Keltirilgan patmaterialdan 1:10 nisbatda suspenziya 
tayyorlanib, 1 ml dozada dengiz cho‘chqalari sonining ich tarafiga terisi ostiga 
yuboriladi. Gigroma moddasi esa dengiz cho‘chqalariga 0,2 – 0,3 ml dozada teri ostiga 
yuborib zararlanadi. zararlantirilgandan keyin 15, 25, 40 chi kunlari dengiz 
cho‘chqalaridan 1 – 2 ml qon olinib, zardobi RA usulida 1:10 dan 1:80 nisbatgacha 
brusellyozga tekshiriladi. 
Biosinovdagi dengiz cho‘chqalarida brusellalarning sof kulturasi ajratilsa yoki qon 
zardobida RA 1:10 va undan yuqori nisbatlarda musbat natija olinsa, keltirilgan 
patmaterialdan kultura ajratilmasa ham tekshirish natijalari ijobiy ya‘ni musbat 
hisoblanadi. 
Bakteriologik tekshirish muddati – 1 oy Biologik tekshirish muddati – 2 oy

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish