Belgilari.
Barcha turdagi hayvonlar uchun xos klinik belgilar - teri
qoplamasining dag’allashishi, tuyoqlar va shoxlar yaltiroqligining, teri
136
elastikligining pasayishi, terida burmalar toshmalar va junlar to’kilgan
joylarning paydo bo’lishi, yosh hayvonlarning o’sish va rivojlanishdan
qolishi, kasalliklarga chidamlikning pasayishi, qorong’ida ko’rishning
pasayishi (gemeralopatiya), ko’zdan yosh oqishi, kon’yunktivit,
kseroftalmiya,
urg’ochi
va
erkak
hayvonlarda
ko’payish
xususiyatlarining, jinsiy faollikning kamayishi, ona hayvonlarning qisir
qolishi, embrion o’limining ko’payishi, ulardan hayotchanligi past bola
tug’ilishi xarakterli bo’ladi.
Yirik shoxli hayvonlarda kasallikning boshlang’ich bosqichlarida
uviz yoki sut va jigardagi karotin va retinolning miqdori kamayadi.
Kasallik paytida katta yoshdagi va 3 oylikdan katta qoramollarda qon
zardobidagi karotinning miqdori 0,4 mg/100 ml dan, retinol - 20
mkg/100 ml dan past bo’ladi. Bo’g’oz sigirlar qon zardobidagi retinol
miqdorining kritik kamayishi 16 mkg/100 ml ni tashkil etadi. Sut
davridagi buzoqlar qon zardobidagi retinolning miqdori 4-8 mkg/100 ml
gacha bo’lganda A gipovitaminozning klinik belgilari paydo bo’ladi.
Tashxis
ni aniqlashda hayvonlarni karotin yoki A vitaminiga
bo’lgan ehtiyojlarining qondirilishi, klinik simptomlar, qon, uviz (sut) va
jigardagi retinol yoki karotinning miqdori hisobga olinadi. Telyazioz,
rikketsiyali keratoqon’yunktivit nafas va hazm tizimining jarohatlanishi
bilan kechadigan yuqumli kasalliklardan farqlash lozim.
Davolash.
Karotin yoki A vitaminiga boy oziqalar: pichan, senaj,
silos, o’t uni, sabzi, yoz oylarida ko’kat oziqalar beriladi. Kasal
hayvonlarni davolashda retinol asetatning yog’li eritmalari, oziqabop
mikrovit - A, vitaminlashtirilgan baliq yog’i, trivitamin, trivit, ayevit,
tetromag va boshqa preparatlar qo’llaniladi. Ularning dozasini
belgilashda tarkibidagi retinol hisobga olinadi va bir boshga 1 sutkada
XB hisobida: qoramol va otlarga 50000 - 500000, ona cho’chqa, ona
qo’y va buzoqlarga 50000 - 100000, cho’chqa bolasi, qo’zilarga 3000 -
10000, itlarga 3000 - 40000. Davolash kursi o’rtacha 15-20 kun yoki
ko’proq davom etadi. A - gipovitaminoz bilan birgalikda uchraydigan
kasalliklar davolanadi.
Profilaktikasi.
Hayvonlar organizmininn karotin va A vitaminiga
bo’lgan ehtiyojlarini tabiiy oziqalar qondira olmaganda ularning
preparatlari qo’llanilishi mumkin. Ularning profilaktik dozalari
davolovchi dozalaridan 2 - 4 marta kam bo’ladi. Biroq sigirlar va
biyalarga tug’ishiga 4 - 6 hafta qolgandan boshlab, 600000 - 800000
XB, bo’g’oz cho’chqa 250000 - 350000 XB va sovliqlarga 150000 -
300000 XB retinol haftasiga bir marta muskul orasiga inyeksiya qilinadi.
137
Trivitamin sigirlar va biyalarga 5 - 7, ona cho’chqa va qo’ylarga 2 - 3 ml
muskul orasiga yuboriladi. Buzoqlarda A - gipovitaminozni oldini olish
maqsadida 10000 - 20000 XB retinol yog’li eritma, akvital, trivitamin
yoki boshqa preparat holida birinchi porsiya uviz so’ti bilan beriladi,
yoki bu maqsadda retinolning yog’li konsentrati buzoqlarga 75000 -
125000 XB, cho’chqa bolasi va quzilarga 40000 - 50000 XB haftasiga 1
- 2 marta muskul orasiga inyeksiya qilinadi. Buzoqlarning 2 - 3
haftaligidan boshlab vitaminga boy pichan, ko’k o’tlar, vitamin uni,
maydalangan o’tlar berila boshlaydi. Oziqalar tarkibidagi retinolni
buzilishdan saqlash uchun antioksidantlar (diludin va b.) qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |