uchinchi bosqichi
suyaklarning jiddiy o’zgarishlari,
gavdaning bukchayib turishi, oyoqlarning qiyshayishi, lordoz yoki kifoz,
kuchli oriqlash xarakterli bo’ladi. Kasal hayvon ko’pincha yotadi,
o’rnidan qiyinchilik bilan turadi, sekin harakatlanadi. Lizuxa kuchayadi,
semizlik va mahsuldorlik keskin pasayadi. Osteoskleroz rivojlanishida
umurtqa pog’onasi kam haraktchan bo’ladi.
Alimentar
osteodistrofiyaning
ikkinchi
bosqichida
qondagi
gemoglobin miqdorining, eritrositlar va leykositlar sonining, umumiy va
ionlashgan kalsiy, anorganik fosfor miqdorining kuchli darajada
kamayishi va ishqoriy fosfataza fermenti faolligining ortishi qayd
etiladi.
Tashxis.
Rasionlar tahlil qilinadi, uning tarkibi, hayvonlarning
asosiy oziqaviy elementlar, biologik faol moddalarga bo’lgan
ehtiyojlarining qondirilishi, kalsiy-fosfor nisbatlari aniqlanadi.
Kasallikni ertachi diagnostika qilish uchun I.G.Sharabrin usuli
S.A.Ivanovskiy modifikasiyasi bilan beshinchi dum umurtqasida
rentgenofoto-metriya,
katta
kadrli
flyurografiya,
ultratovushli
exoosteometriya
kabi
usullar
bilan
suyaklarning
zichligi
va
minerallanish darajasi aniqlanadi. Alimentar, ikkilamchi va enzootik
osteodistrofiyalarni bir - biridan farqlash lozim.
123
Davolash.
Hayvonlarni kislotaligi yuqori bo’lgan silos senaj, barda
kabi oziqalar bilan boqishning oldi olinadi, rasiondagi kletchatkaga boy
oziqalar miqdori ko’paytiriladi. Kavshovchi hayvonlar uchun
kletchatkaning miqdori rasion quruq moddasining 15-18 foizini tashkil
etishi lozim. Hayvonlarni oqsilli, uglevodlar, vitaminlar va mineral
moddalar bilan oziqlantirish me’yorlariga amal qilinadi. Rasiondagi
kalsiyning fosforga nisbati 1,5-2:1 bo’lishi lozim. Hayvonlarda
osteodistrofiyaning belgilari kuzatilganda ularga hohlaganicha beda yoki
har xil o’tlar pichani, sifatli silos, ildizmevalilar beriladi, konsentrat
oziqalar berish ko’paytiriladi. Yoz oylarida ko’k oziqalarga qo’shimcha
sifatli pichan va konsentratlar beriladi. Oziqlantirish me’yori 20-25% ga
ko’paytiriladi.
Kalsiy, fosfor, azot va boshqa moddalarning qo’shimcha manbai
sifatida oziqabop fosfatlar (oziqabop kalsiy-fosfat, monokalsiyfosfat,
diammoniy-fosfat, oziqabop presipitat, fosfat mochevina va b.), rasionda
yetishmaydigan mikroelementlarning tuzlari, A va D vitaminlarining
yog’li konsentratlari, baliq yog’i yoki mikrogranullangan vitaminli
preparatlar qo’llaniladi. D
3
vitaminining endogen sintezini yaxshilash
uchun hayvonlarni ochiq havoda yayratish, ultrabinafsha nurlar
beradigan lampalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Falaj yoki qaltiroqlar kuzatilganda katta hayvonlarga 10 foyizli
kalsiy xlorid yoki kalsiy glyukonat eritmasidan 400 ml gacha, 10 foyizli
magniy sulfat eritmasidan 100 ml vena qon tomiriga yuboriladi, yoki 25
foyizli magniy sulfat eritmasidan 100-150 ml gacha muskul orasiga
inyeksiya qilinadi. Chunki, magniy sulfat eritmasi inyeksiya
qilinmasdan faqat kalsiy xlorid eritmasi qo’llanilishi yetarlicha samara
bermaydi. Kaliy va magniyga boy preparat sifatida kamagsol
qoramollarga 100-400 ml, otlarga 50-250 va qo’ylarga 10-20 ml vena
qon tomiriga yuboriladi. Fosforga boy preparat sifatida fosfosan
qoramollarga 1 kg tana vazniga 0,2-0,4 ml, qo’y va echkilarga 0,1-0,2
ml hisobida juda sekinlik bilan vena qon tomiriga yuboriladi. 24 soatdan
kechin inyeksiya qaytarilishi mumkin. Glyukoza eritmalari vena qon
tomiriga 0,2-0,4g/kg miqdorda yuboriladi yoki 300-500 g qand og’iz
orqali ichiriladi.
Alimentar osteodistrofiyani davolash va oldini olishda alost (tarkibi:
diammoniyfosfat, kalsiy fosfat, mgniy sulfat, natriy gidrokarbonat,
kobalt, mis, rux, marganes, yod tuzlari, melasa yoki qand, A, D, Ye
vitaminlari va to’ldiruvchi vosita) aralashmasidan foydalanish yaxshi
natija beradi. Alost aralashmasi hayvonlarga oziqalarga aralashtirilgan
124
holda 30-40 kun va undan ko’p vaqt davomida, sutkalik doza ikkiga
bo’linib, ertalab va kechqurun beriladi.
Ikkilamchi osteodistrofiyani davolashda asosiy kasallik hisoblangan
ketozning sabablari yo’qotiladi. Davolash tadbirlari kompleks tarzda
tashkil etilib, moda almashinuvlari, oziqalarning kata qorinda
hazmlanishi, endokrin a’zolar, jigar, yurak, buyrak va boshqa a’zolar
funksiyalarini tiklashga qaratilgan bo’lishi lozim. Ketost aralashmasi 30-
40 kun davomida konsentrat oziqalarga aralashtirilgan holda
qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |