Ba’zi bir dori moddalarining qon zardobidagi terapevtik diapazoni (kengligi)
Dorilarning nomi
|
Terapevtik diapazoni (kengligi)
|
Qon tomirlariga ta’sir qiluvchi dorilar
|
Digitoksin Digoksin Lidokain Xinidin
|
10—20 ng/ml 0,8—2 ng/ml 2—7 mkg/ml 3—6 mkg/ml
|
Markaziy asab tizilmasiga ta’sir qiluvchi dorilar
|
Amitriptilin Galoperidol Diazepam (seduksen) Imipramin (imizin) Litiy Nortriptilin Oksazepam (tazepam) Xlordiazepoksid (elenium) Xlorpromazip (aminazip)
|
100—250 ng/ml 20—250 ng/ml 10—100 ng/ml 100—250 ng/ml 0,6—1,2 Ye/ml 50—150 ng/ml 1 — 2 mkg/ml 1 — 3 mkg/ml 50—300 ng/ml
|
Talvasaga qarshi dorilar
|
Karbamazepin (trigretol) Fenitoin (difenin) Fenobarbital
|
5 — 10 mkg/ml 10—20 mkg/ml 10—40 mkg/ml
|
Boshqa dorilar
|
Asetaminofen (parasetamol) Varfarin Indometatsin "Geofillin Tolbutamid
|
1—10 mkg/ml 1 — 10 mkg/ml 0,5 — 3 mkg/ml 5—20 mkg/ml 50—100 mkg/ml
|
Ba’zi bir dorilar uchun individual chegara o‘rtacha sezuvchan miqoridan kam farq qiladi, shu sababli bu miqdorni individual davolash maqsadlarida bexavotir ishlatsa bo‘ladi. Ba’zi bir dorilar, masalan, ko‘pgina falajlovchi moddalar uchun organizmning individual sezuvchanligi katta diapazonda yotganligi sababli, ularning o‘rtacha terapevtik miqdori individual farmakoterapiya uchun qo‘l kelmaydi.
Dorilarning terapevtik diapazonini (ta’sir doirasini) aniqlashni qiyinlashtiradigan omillardan biri faol metabolitlar hosil bo‘lishidir. Bu holatlar qon zardobini dori va uning faol metabolitlari miqdorini aniqlashga tekshirishni taqozo etadi. Dori metabolitlari samarasi nativ dorining samarasiga teng bo‘lganda ular (dori va metabolitlari)ning miqdorini qo‘shish bilan kifoyalanib qolinadi. Biroq ko‘p hollarda metabolit samarasi dorining samarasidan farq qiladi, bu dorining terapevtik diapazonini aniqlashni qiyinlashtiradi. Maxsus topilgan usullarni qo‘llash yo‘li bilan metabolitlar o‘rnini va ularning samarali va toksik miqdorini aniqlash mumkin.
Dorilarning terapevtik diapazonini va ularning o‘rtacha farmakokinetik ko‘rsatkichlarini aniqlash yo‘li bilan dorilarni qondagi o‘rtacha terapevtik diapazonda ushlab turadigan kiritish rejimini aniqlash mumkin. Individual farmakoterapiyaning vazifasi bunday hollarda individual kasalda dorilarning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga asoslangan holda kiritish rejasini aniqlashdan iborat bo‘ladi.
Masalan, ma’lum sabablarga ko‘ra kasalda dorining klirensi sog‘lom hayvonlarda topilgan o‘rtacha ko‘rsatkichdan kam bo‘lgan holatlarda bu kasalda erishilgan samarani saqlab turish maqsadida dorini kamroq miqdorda yuboriladi, aks holda dorining salbiy ta’siri ortishi mumkin. Yarim ajralib chiqish davri o‘rtachadan kam bo‘lgan individlarga dorini tez-tez kiritish tavsiya qilinadi, aks holda davolash samarasiz bo‘ladi.
Davolash kursi davomida (ayniqsa, davolash boshlangan davrda) dorining qon plazmasidagi miqdorini aniqlab borishni terapevtik monitoring (kuzatuv) deyiladi. Bu kuzatuv yuborilayotgan dori miqdori har bir hayvon uchun aniqlangan samarali diapazon chegarasida yoki uning ortib ketganligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bunday kuzatuvlar, ayniqsa qisqa terapevtik diapazonli dorilar (litiy preparatlari, talvasaga qarshi dorilar, antiaritmik, yurak glikozidlari, trisiklik antidepressantlar, aminoglikozidlar) yuborilganda katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |