Nojo‘ya ta’sirlari
Nerv tizimi tomonidan: qo‘zg‘alish, havotirlik, tremor, bezovtalik, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tutqanoq xurujlari, reflekslarni kuchayishi. Preparat uzoq vaqt qo‘llanilgandan keyin to‘satdan bekor qilinganda – markaziy nerv tizimiga ta’sirini kuchayishi, yuqori toliqish, uyquchanlik, mushak tarangligi, depressiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini his qilish, ko‘krakda qisilish hissi, taxikardiya, aritmiyalar, arterial bosimni oshishi.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi.
Immun tizimi, teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi, shu jumladan toshma, qichishish, eshakemi, natriy va kalsiy chiqarishini oshishi, qon plazmasida siydik kislotasining konsentratsiyasini soxta oshishi, bu Bittner usulida aniqlanadi, siydikda 5-gidroksiindolsirka kislotasi, vanililbodom kislotasi va katexolaminlarning konsentratsiyasini ahamiyatsiz oshishi.
Boshqalar: siyish tez-tezligini oshishi, burunni bitishi, uzoq vaqt qo‘llaganda – ko‘nikib qolish, medikamentoz qaramlik.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ksantin hosilalari va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; yuqori qo‘zg‘aluvchanlik; uyqusizlik; arterial bosimni yaqqol oshishi; ateroskleroz; yurak-qon tomir tizimining organik kasalliklari, shu jumladan miokard infarkti; paroksizmal taxikardiya; arterial gipertenziya; glaukomalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta’siri
Preparatni boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda quyidagilar kuzatilishi mumkin:
alfa va beta-adrenomimetiklar, analgetik-antipiretiklar, klozapin, ksantin hosilalari, psixostimulyatsiya qiluvchi vositalar, yurak glikozidlari, tireotrop vositalar bilan yuqoridagi dori vositalarning samarasi kuchayadi;
anksiolitiklar, opioid analgetiklar, uxlatuvchi va sedativ vositalar bilan- yuqoridagi dori vositalarning samarasi susayadi;
antiaritmik preparatlar (meksiletin), gormonal peroral kontraseptivlar, disulfiram, enoksatsin, eritromitsin, izoniazid, metoksalen, norfloksatsin, ofloksatsin, simetidin, siprofloksatsin bilan – kofeinning samarasi kuchayadi;
antidepressantlar, barbituratlar, beta-adrenoblokatorlar, primidon, tirishishga qarshi dori vositalari (gidantoin hosilalari, ayniqsa fenitoin), xolestiramin, xinolitiklar bilan – kofeinning samarasi susayadi;
markaziy nerv tizimini rag‘batlantiruvchi dori vositalari, kofein saqlovchi ichimliklar bilan – markaziy nerv tizimini haddan tashqari rag‘batlantirilishi;
MAO ingibitorlari, prokarbazin, furazolidon bilan – yurakning xavfli aritmiyalari yoki arterial bosimni yaqqol oshishi;
ergotamin bilan – ergotaminni ovqat hazm qilish yo‘llarida so‘rilishini kuchayadi;
kalsiy preparatlari bilan – kalsiy preparatlarini ovqat hazm qilish yo‘llarida so‘rilishini susayadi;
litiy preparatlari bilan – litiy preparatlarini siydik bilan chiqarilishi kuchayadi;
nikotin bilan – kofeinni siydik bilan chiqarilishi kuchayadi.
Preparat katexolaminlar va vanililbodom kislotasining konsentratsiyasini ahamiyatsiz darajada oshiradi, bu feoxromotsitoma va neyroblastoma diagnostikasi testlarining soxta-musbat natijalariga olib kelishi mumkin. Testlarni o‘tkazish vaqtida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |