«veterinariya farmatsevtikasi» kafedrasi


-Mavzu. Uyqu chaqiruvchi moddalarni o’zaro ta’sir xususiyatlari



Download 302,98 Kb.
bet94/120
Sana13.06.2022
Hajmi302,98 Kb.
#666319
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   120
Bog'liq
Dorilarni o\'zaro ta\'sir xususiyatlari Majmua 2021

9-Mavzu. Uyqu chaqiruvchi moddalarni o’zaro ta’sir xususiyatlari


Uxlatuvchi dorilar - uyqu keltiruvchi dorilar; organizmga yuborilganda tabiiy uyquga monand holatni paydo qiladi. Uxlatuvchi dorilarning samarasi markaziy nerv sistemasining turli qismlariga tormozlovchi taʼsir koʻrsatishiga asoslangan. Uxlatuvchi dorilarning kichik dozasi tinchlantiradi.
Uxlatuvchi dorilarga barbiturat kislota hosilalari yoki barbituratlar va kimyoviy tuzilishi turlicha boʻlgan moddalar kiradi. Tinchlantiruvchi moddalar ham uyquni normallashtirishga yordam berib, hayajonni kamaytiradi, tajanglik va bezovtalikni yoʻqotib, uyqu keltiradi. Uyquning turli buzilishlarida uxlatuvchi dorilar qoʻllaniladi.
Uxlatuvchi dorilar uyqu keltirish tezligi hamda uxlatish muddatiga koʻra, uzoq muddatli va oʻrtacha muddatli dorilarga boʻlinadi. Uyqu buzilishini davolash uchun dori tanlashda bu xususiyatlarni eʼtiborga olishi lozim.
Koʻpchilik uxlatuvchi dorilar kuchli taʼsir etuvchi dori moddalari qatoriga kiradi.
Uyqu chaqiruvchi moddalar quyidagi talablarga javob berishi zarur:
-og‘iz orqali qo‘llash uchun yaroqli bo‘lishi,
- tezda uyquga hamda chuqur uyquni yuzaga kelishini ta’minlashi
- ovqat hazm qilish, nafas olish va qon aylanishini buzmasligi hamda ta’sir etish muddati tugashi bilan ba’zi bir kutilmagan salbiy oqibatlarni (uyqusirash, xarakat koordinatsiyasini buzilishi, ishlash qobilyatini pasayishi, xotirani susayishi) yuzaga keltirmasligi:
- qullangan dori vositasining ta’siri, ushbu tur hayvoni uchun tabiiy bo‘lgan uyqu davomiyligidan uzoq bo‘lmasligi;
-biron bir zaharli (terotogen, mutogen,embriotoksik va bosh.) ta’sirga, organ va to‘qimalarda to‘planib qolish (kumilyatsiya) xususiyatiga ega bo‘lmasligi;
-uxlash tartibini buzmasligi;
-uzoq qo‘llanishi natijasida, organizm o‘nga ruxiy va jismoniy jihatdan berilib yoki tobelikni keltirib chiqarmasligi, shular jumlasidandir.
Bu guruh preparatlari sun’iy yo‘l bilan olinib, ularning farmakologik ta’siri asosan, markaziy asab tizimiga qaratilgan. Ushbu moddalar terapevtik dozada tabiiy fiziologik uyquga yaqin bo‘lgan holatni yuzaga keltiradi. Kichik dozalarda tinchlantiruvchi vosita sifatida ta’sir etsa, katta dozalarda narkozni yuzaga keltirish xususiyatiga ega.
Uxlatadigan vositalar kimyoviy tuzilishi bo‘yicha ikki guruxga bo‘linadi.
A) geterosiklik birikmalar
B) alifatik birikmalar
Barcha uyqu chaqiruvchi moddalar, ta’sir etish davomiyligiga qarab 3 guruhga bo‘linadi.

  1. Qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar.

Ushbu guruh moddalari uyquga ketish holatini yengillashtirib, uyqu xarakteri va davomiyligiga kam ta’sir ko‘rsatadi. Preparatlari tiopental – natriy va geksenal kam dozalarda, midazolam. Ular yarm miqdorini organizmdan chiqib ketish davri 3,5 soatni tashkil qiladi.

  1. O‘rtacha muddatda ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar.

Uxlashni yuzaga keltirib, boshlang‘ich ta’siri davomida uyquni qo‘llab – quvvatlaydi. Preparatlari: brotizolam, zolpidem, fenobarbital, zopiklon va boshqalar. Organizmdan yarim chiqish davri 6 soatgacha.

  1. Uzoq muddat ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar.

Uyqu davomiyligini to‘liq ta’minlaydi. Preparatlari: nitrazepam, flunitrazepam, tamazepam va boshqalar. Organizmdan yarim chiqish davri 6 soatdan oshiq.

Download 302,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish