Tayyorlangan dori vositalarini tarqatishdan oldingi nazorati
Barcha tayyorlangan dori vositalari tarqatishdan oldin nazoratdan o‘tkaziladi, uning doirasida quyidagilarga mosligi tekshiriladi:
a) dori vositasi o‘rov-idishining uning tarkibiga kiruvchi dori moddalarining fizikaviy-kimyoviy xossalariga mosligi;
b) retsept, talabnoma rekvizitlarining tayyorlangan dori vositasining o‘rov-idishida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mosligi;
Ko‘rsatib o‘tilgan nomuvofiqliklardan birortasi aniqlangan taqdirda, tayyorlangan dori vositasi tarqatilmaydi.
3-Mavzu. Dori moddalarni farmakokinetik o‘zaro ta’sir xususiyatlari.
Darsning maqsadi. Talabalarga dorilarning so‘rilish, tarqalish, bitransformatsiya, chiqib ketish jarayonlari haqida tushunchalar berish.
Dorilarning so‘rilish, tarqalish, bitransformatsiya, chiqib ketish jarayonida bir dori tomonidan ikkinchi dorining qondagi miqdori o‘zgarishi natijasida farmakokinetik o‘zaro ta’siri kuzatiladi. Buning natijasida dorining maxsus qurilmalar bilan bog‘lanib, farmakologik ta’sir chaqiradigan sof holdagi qismi kamayadi.
Dorilarning so‘rilishi jarayonidagi o‘zaro ta’siri oshkozonichak tizilmasining hamma qismlarida yuz berishi mumkin. Klinik nuqtai nazardan dorilarning so‘rilish tezligi va to‘liqligining o‘zgarishi ahamiyatga ega.
Oshqozon va ichak muhitining o‘zgarishi dorilar molekulasining ionlanish qobiliyatini, ularning moylarda eruvchanligini o‘zgartirib, so‘rilishni buzishi mumkin. Shu sababli antatsid moddalar, oshqozon shirasi rn ini ko‘paytirib, kislotali muhitga (antikoagulyantlar, ba’zi bir sulfanilamidlar, salitsilatlar, butadion) ega bo‘lgan dori moddalarining ionlanishini ko‘paytirib, ularning so‘rilishini kamaytiradi.
Bundan tashqari, antatsidlar oshqozon motorikasini susaytiradi, ko‘p dorilar bilan birikma hosil qilib, ularning so‘rilishini buzadi, ya’ni boshqa dorilar bilan o‘zaro ta’sirini oldindan aytish mushkul masala
Bo‘lib qoladi.
Oshqozon motorikasini sekinlashtiruvchi moddalar ular bilan bir vaqtda ishlatilgan dorilar so‘rilishini buzadi. Xolinblokatorlar, tritsiklik antidepressantlar, opiatlar oshqozonichak motorikasini o‘zgartiradi. Narkotik og‘riq qoldiruvchilar bilan birga ichishga berilgan antiaritmik dorilar so‘rilishini sekinlashtiradi. Fenobarbitalgrizeofulvin va dikumarin so‘rilishini kamaytiradi: kontratseptik steroidlar s vitaminning qondagi miqdorini ko‘paytiradi, folat kislota so‘rilishini buzadi. Pask — rifampitsin, metotreksat so‘rilishini kamaytiradi. Oshqozonichak tizilmasida qon aylanishining kamayishi (o‘tkir va surunkali yurak yetishmovchiligida) dorilar so‘rilishini kamaytiradi.
Ichak florasining o‘zgarishi ham dorilar so‘rilishiga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, antibakterial moddalar ta’sirida ichak mikroblarining buzilishi k vitamini sintezini buzadi, bu esa o‘z navbatida bilvosita ta’sir qiluvchi qon suyultiruvchi dorilar (antikoagulyantlar) ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Ovqat moddalari ham dorilar so‘rilishiga va biologik o‘zlashtirilishiga ta’sir qilishi mumkin. Ovqat moddasi kaptopril, aspirin so‘rilishini kamaytirsa, aksincha gidrolazin, labetolol, propranalol, spirolaktonlar so‘rilishini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |