O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Guliston davlat universiteti
Fizika kafedrasi
“Radioelektronika asoslari”
Laboratoriya ishi
Mavzu:Yorug’lik diodlarining volt-amper xarakteristikasi
Uslubiy ko`rsatma
Guliston 2021
Mazkur uslubiy ko`rsatma “Fizika” kafedrasining 20__ yil “__” ________ dagi yig’ilishida muhokama qilinib,tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.( ___-sonli bayonnoma)
Mazkur uslubiy ko`rsatma “Axborot texnologiyalar” fakulteti Kengashining 20__ yil “__” ________ dagi yig’ilishida muhokama qilinib,tasdiqlash uchun tavsiya etilgan. ( ___-sonli bayonnoma)
Mavzu:Yorug’lik diodlarining volt-amper xarakteristikasi
Elektronika
Elektronika komponentalari va elementrlari
Diodlar
Tajriba maqsadi
Turli rangdagi yorug’lik diodlarida I tok kuchining U kuchlanishga bog’liqligini o’rganish.
Nazariy asoslari
Butun zamonaviy elektronika yarim o’tkazgichli elementlarga asoslangan. Yarim o’tkazgichli diodlar bunday asboblarning eng soddasidir. Ular bir kristallda yonma-yon joylashgan n- va p- tipli o’tkazuvchanlikli sohalardan (p-n o’tishdan) iboratdir. O’tkazuvchanlik tipi har xil bo’lgan sohalar tutashgan sohada zaryad tashuvchilarning bir birlarini tutib qolishi (neytrallashi) kuzatiladi va “zaryad tashuvchilarga kambag’allashgan” soha deb ataluvchi soha paydo bo’ladi. Bu sohadan ma’lum yo’nalishdagi maydon ta’sirida elektronlar yoki kovaklar chiqib ketganida soha kengligi ortadi. Bunday maydon yo’nalishi “teskari maydon” yo’nalishi deyiladi. Agar maydon yo’nalishini “to’g’ri maydon” deb ataluvchi teskari tomonga o’zgartirsak zaryad tashuvchilarning kambag’allashgan sohaga harakati boshlanadi va p-n o’tish or’qali elektr toki o’ta boshlaydi.
Mazkur tajribada infraqizil, qizil, sariq va yashil yo’rug’lik diodlarining o’ziga xosliklari solishtirib ko’riladi.
Asbob uskunalar
A4 o’lchamli DIN uyali rastrli panel
|
1 dona
|
57674
|
Rezistor 100 Ом, 2 Вт
|
1 dona
|
57732
|
LED-diod, yashil
|
1 dona
|
578 57
|
LED- diod, sariq
|
1 dona
|
578 47
|
LED- diod, qizil
|
1 dona
|
578 48
|
LED- diod, infraqizil
|
1 dona
|
578 49
|
Ta’minlash manbai 0...12 В 3A
|
1 dona
|
5214855
|
Multimetr LDanalog 20
|
2 dona
|
531120
|
Kabellar jufti 50 sm, qizil/ko’k
|
2 dona
|
50145
|
Ulash kabeli 100 sm qizil
|
1 dona
|
500441
|
Tajriba qurilmasi
Tajribani o’tkazish tartibi
Rasmda ko’rsatilgan qurilmani yig’ing. Yashil yo’rug’lik diodini musbat qutbdan manfiy qutb tomon yo’nalishda (tok yo’nalishi bo’yicha), dioddagi uchburchak ko’rsatkich yo’nalishi bo’yicha o’rnating. Multimetrning ulanish qutblariga va o’lchash chegarasiga e’tibor qiling.
U kuchlanishni 0 V dan o’shirib borib, tok kuchini kuzating. Diod orqali o’tuvchi tok 30 mA dan ozshmasligi kerak.
U kuchlanish va I tok kuchining turli qiymatlari bilan jadvalning birinchi ikkita ustunini to’ldiring.
Tajribani qolgan boshqa rangdagi yo’rug’lik diodlari bilan ham takrorlang va jadvalning qo’lgan ustunlarini ham to’ldiring.
O’lchash namunalari
Jadval: Yo’rug’lik diodlarining volt-amper tavsifnomasi uchun kuchlanish va tok kuchi qiymatlari
Yashil
578 57
|
Sariq
578 47
|
Qizil
578 48
|
Infraqizil
578 49
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |