Litsiy. Taxminan eradan avvalgi 459-380-yillarda yashab o‘tgan. Afinada yashab o‘tgan eng mashhue sitsiliyalik notiq-logograf.
Qadimgi yunonlarning fikriga ko‘ra, Litsiy butun ijodi davomida uch yuzga yaqin nutq yozgan. Shundan bizgacha sud nutqlaridan iborat o‘ttiz to‘rttasi saqlanib qolgan.
Litsiy logografik kasbi davomida unga ishi tushib kelgan kishilarning hojatini bitirishdan oldin, ularning dunyoqarashini, psixologiyasi va tabiatini chuqur o‘rganib, keyin ularga o‘z qo‘llari bilan va tillaridan yozganday qilib nutq yozib beradi. Litsiy nutq yozib berishdan oldinundan yordam so‘rab kelgan buyurtmachini o‘rganadi. Shundan keyingina u odamga ijtimoiy kelib chiqishiga, jamiyatda tutgan o‘rniga, shaxsiy xarakteri va tabiatiga moslab nutq yozib bergan. Litsiy san’atkorligining asosiy siri shundaki, u nutq yozishga kirishar ekan, bir maqsadni ko‘zlaydi, sudda gapirayotgan kishi haqida sud hay’atlari ko‘nglida ishonarli taassurotlar qoldirish, so‘zlovchinig har bir gap-so‘zi, qalbidan chiqayotgan samimiy gaplar ekaniga ishontira olishdir. Litsiy buyurtmachilari orasida olifta, o‘ziga bino qo‘ygan, dimog‘dor shaxsmi, tiyinni-tiyinga urib foyda ko‘raman deb yurgan xasis olibsotarmi, xotini izmida yurgan, o‘z fikri bo‘lmagan laqma ermi yoki shallaqi ayolmi, maqtanchoqmi, ayyormi yoxud sodda omi insonmi, kim bo‘lishidan qat’iy nazar – Litsiy ularning har biri xarakter xususiyatiga, tabiatiga, bilimiva jamiyatdagi mavqeyiga mos keladigan o‘z nutqi bilan tinglovchilarni ishontiradigan uslubni topadi. Litsiy uslubiga xos husn va latofat ham nutq tilining sodda, aniq va fikrning lo‘ndaligida ko‘rinadi. Litsiydagi bi mahorat – ya’ni har kimni o‘z tilida, o‘z tabiatiga mos gapirtirish, gapiruvchining qiyofasini to‘la ko‘rsata olish, yunon tarixida o‘tgan logograflarning birortsida uchramaydigan hodisa.
Litsiy tomonidan btilgan har bir nutq sud minbaridan turib gapirayotgan qonunshunosning safsata gaplari emas, balki mohir notiq qalamiga mansub bir asar sifatida ahamiyatli. Uni ijro etayotgan odam go‘yo sud minbari sahnasida rol ijro etayotgan aktyorni eslatib, tinglovchilar ongiga hikoyasini singdirib, ular qalbini junbushga keltiradi.
Yunonlarda notiqlik san’atining quloch yoyishi sud notiqligidan so‘ng, harbiy notiqlik va siyosiy notiqlik turlarining, sal o‘tmay epidektik – tantanali notiqlik paydo bo‘lishiga olib keldi.
Epidektik notiqlikda balandparvoz so‘zlar ishlatilar, shu bois ham bunday nutq matnini tayyorlash anchagina izlanishni talab qilardi. Natijada logograflar o‘zlaridan oldingi voizlarning merosiga va xalq og‘zaki ijodiga murojaat eta
boshladilar. Shu tariqa chiroyli so‘zlash san’ati sata-sekin shakllanib, badiiy adabiyotning rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Ya’ni, tragediya, komediya va roman janrlarining tug‘ilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Eng muhimi, notiqlik san’atining rivoji adabiy tilning shakllanishiga, shuningdek, notiqlik san’ati nazariyasi bo‘lmish “ritorika” ilmining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Rimdagi barcha shoirlar va notiqlar shu maktabdan, ya’ni ritorikadan ta’lim olganlar.
Notiqlar tomonidan yaratildan nutq matnlari nasriy va poetik ijod namunasi sanalgan. Bunday ijodkor notiqlarning nomi o‘z mamlakati doirasidan chiqib, jahonga ma’lum va mashhur bo‘lgan. Aristotel, Demosfen va Sitseronlar shular jumlasidandir.(5.18-22-b.)
Do'stlaringiz bilan baham: |