Xoja Muayyad Mehnagiy o‘z zamonasining yetuk notiqlaridan bo‘lish bilan birga, oddiy mozor shayxlaridan bo‘lgan. U yuzadagi ilmlar, o‘ziga ayon bo‘lgan fanlarning hammasini o‘zlashtirgangina emas, balki ularni to‘ldirgan va rivojlantirgan ham edi. Uning va’zlari jo‘shqin o‘tgan, o‘z tinglovchilarida nutqiga nisbatan xayrixohlik qo‘zg‘ata olgan. Shuning bilan birga u tinglovchilari qalbiga qo‘l sola olgan, ularning har birini faqatgina tinglovchilikdan faol fikr yurituvchi, va’z mazmuniga nisbatan faol munosabatda bo‘luvchi ijodkor tinglovchilar darajasiga ko‘tara olgan. O‘z majlislarining qizg‘in o‘tishiga erisha olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |