VAZIYATLI MASALALAR Prostaglandin sintezi membrana fosfolipidlarining ikkinchi uglerod atomida joylashgan to’yinmagan yog' kislotalari ajralishidan boshlanadi. Qaysi ferment poli-to'yinmagan yog' kislotalarni ajralishida ishtirok etadi?
Yallig'lanishga steroid preparatlari fosfolipaza aktivligini va prostaglandinlar hosil bo’lishini ingibirlaydi. Bu yallig'lanish pasayishiga olib keladi. Bu preparatlarning ta’sir mexanizmi qanday sodir bo’ladi?
Oshpaz ehtiyotsizlik qilib qo’lini kuydirib oldi. Qandaydir moddaning zararlangan joyda to’planishidan qizarish, shish va og’riq kelib chiqdi. Bunga qaysi modda sababchi?
Shifoxonaga 7 yoshli bola keltirildi. Unda qovoqari chaqishidan keyin allergik shok rivojlangan. Qonda gistamin konsentratsiyasi ortdi. Bu modda qanday reaksiya mahsuloti hisoblanadi?
Bemorda bosh miya chayqalishidan so’ng epileptiform tutqanoqlar, takror-takror kuzatila boshladi. Qaysi biogen aminning hosil bo’lishi buzilgan?
Psixiatriya amaliyotida ba’zi MNT kasalliklarini davolashda biogen aminlar ishlatiladi. Ulardan tormozlanish mediatorini aniqlang.
Odamda qo’rquv hissi miyaning limbik sistemasida sintezlanadigan dioksifenilalanin (DOFA) ta’sirida yuzaga keladi. DOFAning sintezi qaysi moddadan boshlanadi?
Bemorni gipersezuvchanlikka tekshirish testida teri ostiga allergen yuborildi. Natijada terida qizarish, shish, gistamin ta’siridan og’riq vujudga keldi. Bu biogen amin gistidinning qanday o’zgarishi natijasida hosil bo’ladi?
Biogen aminlar: gistamin serotonin, dofamin va b. – organizmning turli fiziologik funksiyalariga ta’sir etuvchi aktiv moddalar. Organizmda bu moddalar qanday jarayon natijasida hosil bo’ladi?
Antidepressantlaning farmakologik ta’siri ularni bosh miya neyronlarining mitoxondriyasida noradrenalin, serotonin kabi biogen aminlarning parchalanishini katalizlaydigan fermentlarni bloklash (ingibirlash) bilan bog’liq. Bu jarayonda qaysi ferment ishtirok etadi?
Depressiya, emotsional zo’riqishlar bosh miyada dofamin, noradrenalin, serotonin va shu kabi biogen aminlarning yetishmovchiligi ta’siridir. Antidepressantlar orqali ularning sinapslardagi miqdorini orttirish mumkin. Antidepressantlar qaysi fermentni tormozlaydi?
42 yoshli bemor revmatoid artrit bilan xastalangan. Uning dori preparatlari kompleksiga prostaglandinlar sintezi ingibitori aspirin ham kiritilgan. Prostaglandinlar qaysi kislotadan sintezlanadi?
Homilador ayolga tug’ruqni kuchaytirish maqsadida shifokor prostaglandin E2 belgiladi. U nimadan sintezlanadi?
Uzoq vaqt ko’p miqdorda aspirin iste`mol qilinishi prostaglandinlarni sintezlovchi qaysi fermentni ingibirlaydi?
Ateroskleroz, yurakning ishemik kasalliklari va bosh miyada qon aylanishi buzilishi kasalliklarini profilaktikasi uchun odam kuniga 2-6 g essensial ko’p to’yinmagan yog’ kislotalari iste’mol qilishi kerak. Bu kislotalar nima uchun kerak bo’ladi?