- kuz mavsumida ya’ni joriy yilning 10 dekabriga qadar hududning iqlimiga mos bo’lgan manzarali, mevali daraxt buta ko‘chatlari va terak qalamchalarini ekish tashkil etildi.
-ko‘chat ekish va ekilgan ko’chatlarni to’liq undirib olish uchun barcha amaliy tadbirlar, jumladan sug’orish, ishlov va o‘g‘it berish, ekinlar ko’chatlarni parvarishlash, ularni zararkunandalardan himoya qilish va payhon etilishini oldini olish ustidan nazorat o’rnatildi.
468;
09.11.2021
Oliy ta'lim muassasalari rahbar kadrlarining faoliyat samaradorligini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida
|
Oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlari faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va samaradorligini baholashning tashkiliy sxemasi 1-ilovaga;
oliy ta'lim muassasalari rahbar kadrlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishini baholashning asosiy mezonlari hamda har bir oliy ta'lim muassasasining 2021-yilning IV chorak yakuniga qadar erishishi lozim bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
|
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
E.Muxtorov
Tel:+99891 2431714
|
Oliy ta'lim muassasalari rahbar kadrlarining faoliyat samaradorligini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 9-noyabrdagi 468-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut direktorining 2021-yil 15-noyabrdagi 27 У sonli ichki buyrug‘i ishlab chiqildi.
|
470;
09.11.2021
Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida "Yil talabasi - 2021" Respublika tanlovini yuqori saviyada o'tkazish to'g'risida
|
1.Oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning har tomonlama raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishlariga shart-sharoit yaratish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, ularning o'z iqtidorlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, talabalik nufuzini oshirish hamda yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlarni rag'batlantirish maqsadida "Yil talabasi - 2021" Respublika tanlovi (keyingi o'rinlarda - Tanlov) o'tkazilsin.
2. Tanlovni o'tkazish bo'yicha vazirlik Tashkiliy qo'mitasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq, tanlov Nizomi 2-ilovaga muvofiq, tanlovni o'tkazish sxemasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oliy ta'lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlari tanlov nizomiga kiritilgan o'zgartirishlardan kelib chiqqan holda 7 ta nominatsiyaning har biri bo'yicha g'olib bo'lgan ishtirokchilar (7 nafar) to'g'risidagi ma'lumotlar yig'ma jildini belgilangan muddatlarda Tashkiliy qo'mitaga taqdim etsin.
|
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i
S.Rajabov
Tel:+998909332810
|
Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida "Yil talabasi - 2021" Respublika tanlovini yuqori saviyada o'tkazish to'g'risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 9-noyabrdagi 470-sonli buyrug‘i ijro uchun qabul qilindi va institut direktorining 2021-yil 19-noyabrdagi 30 У sonli ichki buyrug‘i ishlab chiqildi.
|
472;
09.11.2021
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "lqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta'lim shakliga suhbat natijalariga tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2021-yil 4-noyabrdagi 675-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida
|
1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "lqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo'lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta'lim shakliga suhbat natijalariga tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2021-yil 4-noyabrdagi 675-son qarori bilan "Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo'lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta'lim shakliga suhbat natijalariga tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risida"gi Nizom (keyingi o'rinlarda Nizom deb yuritiladi) tasdiqlanganligi hamda ushbu Nizom 2022-yil 1-maydan kuchga kirishi ma'lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oliy ta'lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga 2022-yildan boshlab oliy ta'lim muassasalari qabul komissiyasi raisi buyrug'i bilan tashkil etiladigan alohida suhbat komissiyasi tomonidan har yili 20-avgustdan 30-avgustgacha bo'lgan muddatda tavsiyanomaga ega bo'lgan abituriyentlar bilan suhbat o'tkazishda Nizom talablariga qat'iy amal qilgan holda tashkil etish vazifasi yuklansin.
|
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
E.Muxtorov
Tel:+99891 2431714
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "lqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta'lim shakliga suhbat natijalariga tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2021-yil 4-noyabrdagi 675-son qarori ijrosini ta'minlash to'g'risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 9-noyabrdagi 472-sonli buyrug‘i ijro uchun qabul qilindi va institut direktorining 2021-yil 18-noyabrdagi 29 У sonli ichki buyrug‘i ishlab chiqildi.
|
476;
12.11.2021
Oliy ta'lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'ullari uchun seminar tashkil etish to'g'risida
|
1.Oliy ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'ullar faoliyatini yanada jadallashtirish, ularning bugungi kunda dunyoda kechayotgan geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlar hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorlik darajasini oshirish bo'yicha o'quv-seminarlarining o'tkazilishi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2.Barcha oliy ta'lim muassasalarining tyutorlari (ta'lim-tarbiya maslahatchilari) ishtirokida tashkil etiladigan seminar-treninglar (keyingi o'rinlarda - seminar-treninglar) jadvali 1-ilovaga; fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosarlari uchun o'tkaziladigan o'quv-seminarlar (keyingi o'rinlarda - o'quv-seminarlar) jadvali 2-llovaga; tyutorlar (ta'lim-tarbiya maslahatchilari) ishtirokida tashkil etiladigan seminar-treninglar bo'yicha dastur 3-ilovaga; fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosarlari uchun o'tkaziladigan o'quv-seminarlar dasturi 4-ilovaga; ma'ruzachi-trenerlarning ro'yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oliy ta'lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga: ilovalardagi jadvallarga muvofiq oliy ta'lim muassasasining Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshliqlari rahbarligida seminar-trening o'tkaziladigan oliy ta'lim muassasasining barcha tyutorlari, boshqa oliy ta'lim muassasalarining har bir fakultetidan tyutorlar jamoasining sardori (1 nafar) seminar-treningda ishtirok etishini ta'minlash;
o'quv-seminarida har bir fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosari ishtirok etishini ta'minlash;
seminar-treninglar yakunlangandan so'ng, 2 (ikki) kun ichida unda ishtirok etgan bo'lim boshlig'i va tyutorlar jamoasining sardorlari tomonidan oliy ta'lim muassasasida boshqa (seminar-treninglarda ishtirok etmagan) tyutorlar uchun seminar-treninglarni yuqori saviyada tashkil etish;
rektor, prorektorlar, dekanlar ya tegishli o'rinbosarlarning shaxsiy ish rejasiga ularning muntazam ravishda talabalar turar joyi, ijaradagi xonadonlar ya yaqin qarindoshinikida yashayotgan talabalar holidan xabar olish masalasini kiritish hamda uni amalga oshirish;
har bir oliy ta'lim muassasasi o'tkazilgan o'quv-seminari va seminar-trening natijasi bo'yicha tahliliy ma'lumotni (asoslar, suratlar bilan) tadbir o'tgandan so'ng, 2 (ikki) kun ichida vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markaziga taqdim etishini ta'minlash vazifalari yuklatiIsin.
4.O'quv-seminar va seminar-trening ishtirokchilari hamda trenerlarning xizmat safari bilan bog'liq barcha xarajatlari ularning asosiy ish joylaridan qoplanishi belgilab qo'yilsin.
|
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i
S.Rajabov
Tel:+998909332810
|
Oliy ta'lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'ullari uchun seminar tashkil etish to'g'risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 12-noyabrdagi 476-sonli buyrug‘i ijro uchun qabul qilindi va institut direktorining 2021-yil 20-noyabrdagi 32 У sonli ichki buyrug‘i ishlab chiqildi. 24-25 noyabr kunlari Buxoro davlat universitetida bo‘lib o‘tgan seminar-treningda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i S.Rajabov, tyutorlar sardori Z.Qandov boshchiligida barcha tyutorlar ishtirok etishdi. 26-27-noyabr kuni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari S.Hamroyev,N.Jumaqulov Navoiy viloyatida tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etishdi. Seminar-trening hisoboti vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markaziga taqdim etildi.
|
482;
19.11.2021
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-noyabrdagi 694-F-son farmoyishiga muvofiq oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari hududlarida 2021-yil kuz va 2022-yil bahor mavsumlarida ko‘kalamzorlashtirish, manzarali , mevali daraxt hamda buta ko‘chatlarini ekish ishlarini tizimli va uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida
|
1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-noyabrdagi 694-F-son farmoyishi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2.Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari hududlarida 2021-yil kuz va 2022-yil bahor mavsumlarida ko‘kalamzorlashtirish, manzarali , mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari tizimli va uyushqoqlik bilan tashkil etilsin.
3. 2021-yil kuz va 2022-yil bahor mavsumlarida ko‘kalamzorlashtirish, manzarali , mevali daraxt va buta ko‘chatlarini hamda qalamchalarini ekishning hududlar va ta’lim muassasalari kesimidagi prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4.Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga:
mazkur buyruq bilan belgilangan ko‘chatlarni sotib olish yuzasidan shartnomalar tuzish, ta’lim muassasalarining mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishni amalga oshirish, ko‘chat ekish ishlarini kunlik monitoringini olib borish;
ta’lim muasasalari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash jarayonida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, har kim xohish va istagiga ko‘ra ishtirok etish bo‘yicha tegishli choralarni amalga oshirish;
ko‘chat va qalamchalarni xarid qilish uchun talaba-o‘quvchilar , xodimlar va professor-o‘qituvchilardan noqonuniy pul yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
ta’lim muassasalari hududlarida ko‘kalamzorlashtirish , manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlarini tizimli va uyushqoqlik bilan tashkil etish shuningdek, ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash, ularni zararkunandalardan himoya qilish hamda payhon qilinishidan saqlash yuzasidan choralar ko‘rish;
ko‘chat ekish va ekilgan ko‘chatlarni to‘liq undirib olish uchun sug‘orish ishlarini tashkil etish bo‘yicha yuzaga kelgan muammolarni tezkor bartaraf etish;
kuz mavsumida ekilgan ko‘chatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joriy yilning 10-dekabriga qadar hamda bahor mavsumida ekilgan ko‘chatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 2022-yilning 1-martidan 31-may kuniga qadar har haftaning juma kuni soat 15:00 ga qadar vazirlikning Texnik ta’minot va ekspluatatsiya bo‘limi (telegram raqami: 90-329-54-01)ga 2-ilovaga muvofiq taqdim etib borilishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin.
|
Ishlar boshqarmasi boshlig‘i
Sh.A.Raximov
Tel:+998914441212
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-noyabrdagi 694-F-son farmoyishiga muvofiq oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari hududlarida 2021-yil kuz va 2022-yil bahor mavsumlarida ko‘kalamzorlashtirish, manzarali , mevali daraxt hamda buta ko‘chatlarini ekish ishlarini tizimli va uyushqoqlik bilan tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 19-noyabrdagi 482-sonli buyrug‘i ijro uchun qabul qilindi va institut direktorining 2021-yil 29-noyabrdagi 38 У sonli ichki buyrug‘i ishlab chiqildi. institut tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash jarayonida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi, har kim xohish va istagiga ko‘ra ishtirok etishi bo‘yicha tegishli choralarni amalga oshirildi.
Ko‘chat va qalamchalarni xarid qilish uchun talaba, xodimlar va professor o‘qituvchilardan noqonuniy pul yig‘ishiga yo‘l qo‘yilmadi.
|
483;
19.11.2021
Oliy ta'lim muassasalari rahbar va |