Vazirlik buyruqlarining buxoro davlat universitetining pedagogika institutida ijro etilishi haqida hisobot



Download 45,71 Kb.
bet1/4
Sana21.01.2022
Hajmi45,71 Kb.
#396138
  1   2   3   4
Bog'liq
hisobot


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOMONIDAN 2021 YIL IV CHORAKDA QABUL QILINGAN BUYRUQLARNING BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTIDA IJROSI MONITORINGI BO‘YICHA HISOBOT

VAZIRLIK BUYRUQLARINING BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTIDA IJRO ETILISHI HAQIDA HISOBOT

2021-yil IV choragidagi vazirlik buyruqlari ijrosi monitoringi



Buyruq t.r.,

sana,

nomi

Buyruqda belgilangan vazifalar

OTMdan mas’ul rahbar (F.I.Sh., lavozimi, xizmat telefoni)

Ijrosi to‘g‘risida ma’lumot(buyruqlarda belgilangan topshiriqlarning bajarilish tartibi va erishilgan natijalar)

405;

23.09.2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Ota-onasi yoki ulardan biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab quvvatlash chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 585-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida


1.Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Ota-onasi yoki ulardan biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab quvvatlash chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 585-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadidagi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 23-sentabrdagi 405-sonli buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

E.Muxtorov



Tel:+99891 2431714

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-sentyabrdagi 405-sonli buyrug‘i ijro uchun qabul qilindi va institut direktorining 2021-yil 8-oktabrdagi 12 У sonli ichki buyrug‘i ishlab chiqildi.

Ota-onasi yoki ulardan biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab quvvatlash bo‘yicha institutda 9 kishidan iborat ishchi guruh tuzildi, ularning ro‘yxati shakllantirildi va Buxoro viloyat hokimligiga yuborildi.




419;

04.10.2021

21-oktabr O‘zbek tili bayrami kunini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida


1.Vazirlik huzuridagi tashkilotlar, Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, oliy ta’lim muassasalari hamda filliallarda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”shiori ostidagi bayram tadbirlarini keng miqyosda tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Ona tili-millat g‘ururi” ilmiy-ijodiy ishlar respublika tanlovi Nizomi 2-ilovaga, tanlov ishtirokchisi ariza anketasi 3-ilovaga, tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oliy ta’lim muassasalari rektorlari, filliallar, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari direktorlariga:

21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ta’lim muassasalarida ilmiy-amaliy anjumanlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash ;

talaba va o‘quvchilar o‘rtasida ona tilimizning buyukligi, boyligi, betakrorligi va jozibasini tarannum etuvchi “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”shiori ostidagi diktant, insho,chellenjlar tanlovlari,viktorinalar tashkil etish;

professor-o‘qituvchilar va talabalarning eng yaxshi maqolalari,intervyularini ommaviy axborot vositalari va ta’lim muassasasi veb-saytlarida keng yoritilishini ta’minlash ;

markaziy va hududiy ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar bo‘yicha o‘zbek, rus, va ingliz tillaridagi ma’lumotlarni, o‘tkazilgan tadbirlarga oid foto lavhalarni vazirlik Axborot xizmati (pres@edu.uz)ga taqdim etib boorish vazifalari yuklatilsin.

3. Oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filial direktorlariga:

Oliy ta’lim muassasalari va filliallarda davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritilishini ta’minlash borasida samarali mehnat qilayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarni 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan belgilangan tartibda moddiy rag‘batlantirish tavsiya etilsin.



O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

E.Muxtorov



Tel:+99891 2431714

“21-oktabr O‘zbek tili bayrami kunini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 4-oktabrdagi 419-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut direktorining 2021-yil 13-oktabrdagi 14 У sonli ichki buyrug‘i ishlab chiqildi.2021-yilning 19-oktabr sanasida “Zamonaviy tilshunoslikning milliy yuksalish va ilmiy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

423:

07.10.2021

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Saylov bilimdoni” onlayn test tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida


1.Vazir o‘rinbosarlari, vazirlik tizimidagi bo‘linmalar, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 1008-IV/-QQ-233-IV-sonli qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “Aholining electoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha Milliy harakatlar dasturi ijrosi yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ning” 11-bandida belgilangan vazifalar rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2.”Saylov bilimdoni” onlayn test tanlovini o‘tkazish tartibi 1-ilovaga, tanlovni ikkinchi va uchinchi bosqichlarini o’tkazish uchun mas’ul oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3.Oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filliallar direktorlariga:

barcha talabalarni “Saylov bilimdoni”onlayn test tanlovini o‘tkazish tartibi bilan tanishtirsin;

tanlovni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida belgilangan muddatlarda talabalarni reja-garfik asosida kompyuter xonalari va axborot resurs markazlarida onlayn test sinovlarini shaffof va texnik kamchiliklarsiz o‘tkazish choralarini ko‘rsin;

tanlovning uchinchi bosqichida ishtirok etishga tavsiya etilgan talabalarni boshqa hududlarga borib-kelish sarf-xarajatlari o‘zining oliy ta’lim muassasalaridan o‘rnatilgan tartibda qoplansin.



Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i

S.Rajabov



Tel:+998909332810


Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Saylov bilimdoni” onlayn test tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 7-oktabrdagi 423-sonli buyrug‘i ijro uchun qabul qilindi va institut direktorining 2021-yil 18-oktabrdagi 16 У sonli ichki buyrug‘i ishlab chiqildi. “Saylov bilimdoni” onlayn test tanlovi bilan talabalar tanishtirildi.

Tanlovni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida talabalarni reja-garfik asosida kompyuter xonalari va axborot resurs markazida onlayn test sinovlari o‘tkazildi.




426;

07.10.2021

“Oliy ta'lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi respublika bosqichi yakuni to'g'risida


1. "Oliy ta'lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi respublika bosqichini o'tkazish bo'yicha Tashkiliy qo'mitaning 2021 - yil 6 - oktabrdagi 2 - son majlis qarori ma'lumot uchun qabul qilinsin.

O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

E.Muxtorov



Tel:+99891 2431714

“Oliy ta'lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi respublika bosqichi yakuni to'g'risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 7-oktabrdagi 426-sonli buyrug‘i ma’lumot uchun qabul qilindi va institut direktorining 2021-yil 18-oktabrdagi 17 У sonli ichki buyrug‘i ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 7-oktabrdagi 426-sonli “Oliy ta'lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi yakuni to‘g‘risidagi buyruqning 3 va 5-xat boshida ko‘rsatilgan kamchiliklar takrorlanmasligi barcha kafedra mudirlariga aytib o‘tildi.


431;

11.10.2021

O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi to'g'risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida


1. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi to'g'risidagi Namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oliy ta'lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlari: O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi to'g'risidagi Namunaviy nizom rahbarlik va ma'lumot uchun qabul qilsin;

tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida oliy ta'lim muassasalari ichki Nizomini ishlab chiqsin hamda o'rnatilgan tartibda tasdiqlasin.

3. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining "Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash, qabul va bitiruvchilarga respublika muassasalaridagi ehtiyoj va buyurtmalari asosida tegishli axborot bazasini yaratish bo'yicha me'yoriy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida" 2005-yi1 30-noyabrdagi 258-sonli buyrug'i 1-bandining beshinchi xatboshi o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.



Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i

SH.Umedov

Tel: +998914253642


O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi to'g'risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 11-oktabrdagi 431-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut direktorining 2021-yil 18-oktabrdagi 15 У sonli ichki buyrug‘i ishlab chiqildi.

443;

22.10.2021

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida Komplayens nazorat tizimini joriy etish va korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish to‘g‘risida




1.Vazirlik muassasalari (filiallari)rektor(direktor)lari, idoraviy mansub boshqarmalar boshliqlari mazkur buyruq bilan tasdiqlanga xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ichki hujjatlarini ishlab chiqsin hamda ushbu hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida rahbar-xodimlar, professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlarga tushuntirish ishlarini tashkil etsin.

O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

E.Muxtorov



Tel:+99891 2431714

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida Komplayens nazorat tizimini joriy etish va korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 22-oktabrdagi 443-sonli buyrug‘i ijro uchun qabul qilindi va institut direktorining 2021-yil 5-noyabrdagi 21 У sonli ichki buyrug‘i ishlab chiqildi.


451;

28.10.2021

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va talaba-qizlar, muassasa va tashkilotlarda ishlovchi xotin-qizlar o‘rtasidagi muloqotning yangi mexanizmini joriy etish to‘g‘risida


1.2021-yil 28-oktabrdan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va talaba-qizlar, muassasa va tashkilotlarda ishlovchi professor-o‘qituvchi va xodim ayollar o‘rtasida tegajog‘lik, tazyiq va zo‘ravonliklar bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa vositasi -himoya–otv-bot tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2.Tegajog‘lik, tazyiq va zo‘ravonliklar haqida murojaatlar bilan tezkor ishlashning quyidagi tartibi joriy etilsin.

3.Tegajog‘lik, tazyiq va zo‘ravonliklar bo‘yicha murojaatlar bilan ishlovchi ishlovchi ishchi guruh tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4.Oliy ta’lim muassasalari(filliallari), professional ta’lim muasasalari, akademik litseylar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarda quyidagilar to‘liq ta’minlansin:

5. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1006 ishonch telefoni hamda Himoya tarmog‘i orqali kelgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi yakunlari bo‘yicha mazkur muassasa rahbariyati va aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan intizomiy va boshqa ta’sir choralari qo‘llanilish amaliyoti kuchaytirilsin.

6.Oliy ta’lim muassasalari (filiallari), professional ta’lim muassasalari, akademik litseylar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarda turli hodisa va huquqbuzarliklar yuzasidan maxsus xabar berish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.



O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

E.Muxtorov



Tel:+99891 2431714

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va talaba-qizlar, muassasa va tashkilotlarda ishlovchi xotin-qizlar o‘rtasidagi muloqotning yangi mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-oktabrdagi 451-sonli buyrug‘i institutda rahbarlik va ijro uchun qabul qilindi. Ushbu buyruqning ijrosini ta’minlash maqsadida institut direktorining 2021-yil 5-noyabrdagi 20 У sonli ichki buyrug‘i ishlab chiqildi va direktor huzuridagi kengashda axborot berildi. Buxoro davlat universitetining Pedagogika institutida tegajog‘lik, tazyiq va zo‘ravonliklar bo‘yicha murojaatlar bilan ishlovchi 10 kishidan iborat ishchi guruh tuzildi. Turli hodisa va huquqbuzarliklar yuzasidan maxsus xabar berish tartibi tasdiqlanganligi hamda ushbu tartibda so‘zsiz amal qilinishi belgilanganligi ijro uchun qabul qilindi. Professor-o‘qituvchi, xodim va talaba xotin-qizlarga nisbattan hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo‘lish tizimi joriy etildi.

458;

01.11.2021

Davriy moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari va moddiy boyliklarni qayta sanoqdan o‘tkazish to‘g‘risida


1.2021-yil uchun yillik va 2022-yilda davriy (choraklik, yarim yillik, 9 oylik) moliyaviy hamda shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g‘risida hisobotlarni topshirish muddatlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2.Vazirlik tizimidagi barcha ta'lim muassasalari va tashkilotlar rahbarlari: moliyaviy hisobotlarni "UzASBO" dasturiy majmuasi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda taqdim qilsin;

xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobotlar (byudjet, innovatsiya, TK, RI, BMMJ, xorijiy valyutalar bo'yicha shaxsiy hisob varaqlar) ni tuzishda tasdiqlangan xarajatlar smetalariga belgilangan tartibda kiritilgan o'zgartirishlar hamda moliyalashtirilgan mablag'larning kassa va haqiqiy xarajatlarni hisob registrlarida to'g'ri yozilganligini tahlil qilsin;

byudjet tashkilotlari bo'yicha shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to'g'risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda shakllantirsin va tasdiqlanishini ta'minlasin; mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlari to'g'risidagi axborotlarni umumlashtirish, tahlil qilish va ularni tugatish bo'yicha zaruriy choralar ko'rilsin; barcha schyotlar bo'yicha mavjud asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni, moliyaviy qo'yilmalarni, tovar-moddiy boyliklarni, pul mablag'lari, moddiy boyliklar, qat'iy hisobdagi blanklarning hisob-kitoblarini inventarlashdan o'tkazilishini ta'minlasin; joriy yil oxiriga xo'jalik, qurilish va boshqa moddiy boyliklar qoldig'ini (barcha schyotlar bo'yicha) Moliya vazirligi tomonidan belgilangan va 2-ilovada keltirilgan me'yorlardan oshirmaslik choralarini ko'rsin; yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarda byudjetdan ajratilgan mablag'larni iqtisod qilinishining sabablari, debitorlik va kreditorlik qarzlarning vujudga kelish sabablari, muddati o'tgan qarzdorlikni undirish bo'yicha ko'rilgan choralar, beg'araz yordam va markazlashgan tartibda kelib tushgan moddiy qiymatliklar va boshqalar to'g'risida tushuntirish xatlari ilova qilinsin.



Ishlar boshqarmasi boshlig‘i

Sh.Raximov



Tel:+99891 4441212

Davriy moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari va moddiy boyliklarni qayta sanoqdan o‘tkazish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-noyabrdagi 458-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut direktorining 2021-yil 10-noyabrdagi 23 У sonli ichki buyrug‘i ishlab chiqildi. Institut tomonidan davriy moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirishni nazorat qilish va hisobotlarnining yakuni yuzasidan tegishli choralar ko‘rish takliflari kiritiladi. -joriy yil oxiriga xo'jalik, qurilish va boshqa moddiy boyliklar qoldig'ini (barcha schyotlar bo'yicha) Moliya vazirligi tomonidan belgilangan va 2-ilovada keltirilgan me'yorlardan oshirmaslik choralari ko'rildi.


461;

01.11.2021

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 7-son kengaytirilgan ochiq Hay'at majlisida qabul qilingan qarorlar ijrosini ta'minlash to'g'risida


1. Hay'at Kengashining 2021-yil 29-oktabrdagi 7-son majlisida qabul qilingan "Talabalarning yashash tarzi, odob-axloqi, ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish hamda talaba-qizlarga nisbatan zo'ravonlikning oldini olish to'g'risidagi 7/1-son qarori ijro uchun qabul qilinsin.

2. Oliy ta'lim muassasalari rektorlari va direktorlariga mazkur Hay'at qarori bandlarining ijrosi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qarorlarda belgilangan muddatlarda vazirlikning tegishli boshqarmasiga va har chorak yakunlari bo'yicha chorakning oxirgi oyi 25-sanasigacha Hay'at kotibiga o'rnatilgan tartibda to'liq hisobot taqdim etish vazifasi yuklansin. -



Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i

S.Rajabov



Tel:+998909332810


Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 7-son kengaytirilgan ochiq Hay'at majlisida qabul qilingan qarorlar ijrosini ta'minlash to'g'risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-noyabrdagi 461-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut direktorining 2021-yil 16-noyabrdagi 28 У sonli ichki buyrug‘i ishlab chiqildi. Ijarada yashovchi talabalarning yashash tarzi qizil, sariq, yashil toifaga bo‘lib o‘rganildi. Yashash tarzi yomon bo‘lgan talabalar boshqa xonadonga ko‘chirildi. institut talabalari odob-axloq qoidalari bilan tanishtirilib ro‘yxati shakllantirildi. Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida 42 fan to‘garaklari, 6 sport yo‘nalishidagi to‘garaklari 15 ta besh muhim tashabbus yo‘nalishida to‘garak va klublar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.


463;

05.11.2021

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 07/1-2628-sonli topshiriq xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash to'g'risida


1.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida joriy yilning 2-noyabr kuni o'tkazilgan selektor yig'ilishida har bir vazirlik hamda idoralar tomonidan o'zining tasarrufidagi tashkilot va muassasalarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning 10-dekabriga qadar daraxt va ko'chat ekish bo'yicha "Dolzarb 40 kunlik" e'lon qilingani rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Oliy ta'lim muassasalari rektorlari, filiallar direktorlari hamda Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlariga: ta'lim muassasalarida kuz mavsumida, ya'ni joriy yilning 10-dekabriga qadar hududning iqlimiga mos ravishda ko'kalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt, buta ko'chatlari hamda terak qalamchalarini ekish;

ko'chat ekish va ekilgan ko'chatlarni to'liq undirib olish uchun barcha amaliy tadbirlar, jumladan, sug'orish, ishlov va o'g'it berish, ekilgan ko'chatlarni parvarishlash, ularni zararkunadalardan himoya qilish va payhon etilishining oldini olish ustidan ta'sirchan nazorat o'rnatish;

talaba-o'quvchilar, o'qituvchilar hamda keng jamoatchilikka ko'chat ekib, bog' yaratish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan ekani, o'zimiz yashab turgan joyni ko'kalamzorlashtirish tufayli ko'nglimiz shodlikka to'lishi, turmushimiz fayzli va farovon bo'lishi to'g'risida targ'ibot ishlarini amalga oshirish;

ta'lim muassasalari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash jarayonida majburiy mehnatga yo'l qo'yilmasligi, har kim xohish va istagiga ko'ra ishtirok etishi bo'yicha tegishli choralarni amalga oshirish;

vazirlik tomonidan taqdim etilgan Nizomlar asosida "Ko'chat ekib, bog' yarataylik" loyihasi hamda "Yaxshidan bog' qoladi" degan g'oya doirasida ko'rik tanlovlar tashkil etish, bunda qalamchadan terak yoki boshqa ko'chatni ekib, o'stirganlar, landshaft-dizayn yaratganlar orasida g'olib o'qituvchi va talaba o'quvchilarni esdalik sovg' alari bilan rag'batlantirish ishlarini amalga oshirish; Yuqorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni joriy yilning 10-dekabrigacha har juma kuni soat 10:00 ga qadar taalluqliligi bo'yicha ekilgan ko'chatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni Texnik ta'minot va ekspluatatsiya bo'limiga (techdep@edu.uz elektron pochtaga) va o'tkazilgan ko'rik-tanlovlar bo'yicha ma'lumotlarni Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi (I.Choriyev, telegram raqami 93-549-41-09)ga taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.



Ishlar boshqarmasi boshlig‘i

Sh.Raximov



Tel:+99891 4441212

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 07/1-2628-sonli topshiriq xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash to'g'risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 5-noyabrdagi 463-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut direktorining 2021-yil 10-noyabrdagi 24 У sonli ichki buyrug‘i ishlab chiqildi. vazirlik tomonidan taqdim etilgan Nizomlar asosida “Ko‘chat ekib, bog‘ yarataylik” loyihasi hamda “Yaxshidan bog‘ qoladi” degan goya doirasida korik tanlovlar tashkil etib, bunda qalamchadan terak yoki boshqa kochatni ekib, ostirganlar, landshaft-dizayn yaratganlar orasida golib o’qituvchi va talabalarni esdalik sovgalari bilan ragbatlantirish ishlarini amalga oshirildi.

- talabalar, o’qituvchilar hamda keng jamoatchilikka kochat ekib, bog yaratish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan ekani, o‘zimiz yashab turgan joyni kokalamzorlashtirish tufayli ko’nglimiz shodlikka to‘lishi, turmushimiz fayzli va farovon bo’lishi to’g’risida targ‘ibot ishlarini amalga oshirildi.




Download 45,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish